Buxorov Ismoil Ne’matovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
 e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini androgogik yondashuv asosida rivojlantirish”, 13.00.02–“ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped7295
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: pedagogika fanlari doktori, professor, Usarov Jabbor Eshbekovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (mustaqil kengash).
Rasmiy opponentlar: Xadjibekov Sadriddin Nasriddinovich pedagogika fanlari doktori, dotsent; Isaqov Abdusaid Jalilovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini andragogik yondashuv asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy jihatlari va didaktik imkoniyatlari mutaxassislikka kirish jarayonining diagnostika, korreksiya, stimulyasiya bosqichlarini mustaqil ta’lim mazmuniga ustoz shogird munosabatida kiritish orqali ochib berilgan;
andragogik yondashuv sharoitida bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish modeli kasbiy faoliyatga oid akademik topshiriqlarni o‘zlashtirishning raqamli mobilligini ta’minlash usullarini reproduktivlik, produktivlik, kreativlik kabi kasbiy etilish darajalari bilan didaktik sinergiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini andragogik yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi talabalarda tezkorlik, ijtimoiy sergaklik, tizimli boshqarish kabi pedagogik ta’sir kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Edumen”, “PR-menedjer”, “AndroPed” kabi interfaol usullarni ishbilarmonlik va SMART-time muhitida konstruktiv-instrumental qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari kuzatish, o‘rganish va qo‘llash kabi transformativ ko‘nikmalar hamda metodik yo‘nalganlik malakalarini “bilimdan tajribaga” munosabatidagi ijodiy topshiriqlar mazmuniga nazoratli impuls asosida kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarning kasbiy kompetentligini andragogik yondashuv asosida rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak mutaxassis kadrlarning andragogik kompetentligini shakllantirishning nazariy jihatlari va didaktik imkoniyatlari mutaxassislikka kirish jarayonining mustaqil ta’lim mazmuniga ustoz-shogird munosabatida kiritish asosida “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyurug‘iga asosan №491212-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda ustoz shogird munosabatlari shakllanishiga asos bo‘lgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish modeli reproduktivlik, produktivlik, kreativlik kabi kasbiy etilish darajalariga ustuvorlik berish asosidagi takliflar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyurug‘iga asosan №804134-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijodiy-kasbiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik  imkoniyati oshirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini andragogik yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi talabalarda tezkorlik, ijtimoiy sergaklik, tizimli boshqarishga yo‘naltirilgan “Blis”, “PR-menedjer”, “AndroPed” kabi interfaol usullarni ishbilarmonlik va SMART-time muhitida konstruktiv-instrumental qo‘llashga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining “ZO‘R TV” telekanalida efirga uzatilgan “O‘zimizda” tok shou ko‘rsatuvi mazmunida bayon etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 13-fevraldagi 01/01-01-90-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning andragogik yondashuv asosida o‘qitish metodikasini konstruktiv-instrumental qo‘llashga doir ilmiy qarashlar munosabati o‘rnatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish