Raximova Dilbar Muxitdinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oilaviy hayotga etuklikning ijtimoiy-psixologik omillari» 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P464.
Ilmiy rahbar: Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02. 
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Umarov Baxriddin Mengbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘spirin yoshidagi yigit va qizlarda oilaviy hayotga etuklikning ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq etish orqali oilaviy hayotga itimoiy-psixologik tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlik davrida yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllanishi jamiyatdagi ijtimoiy muhitning psixologik sifati va shaxslararo munosabatlarning mazmuniy yo‘nalishiga bevosita bog‘liqligi tufayli, qadriyatlar intereorizasiyasi orqali namoyon bo‘lishi dalillangan.
o‘spirinlik davri yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari oiladagi gender va funksional rollarga oid kognitiv sxemalari, oila funksiyalarini anglash darajasi hamda oila qurishga oid motivasion yo‘nalishlari faol shakllanadigan psixologik jihatdan sezgir rivojlanish bosqichi ekanligi tufayli shaxsning kelajakdagi oilaviy munosabatlarga nisbatan qadriyatli-orientasion tizimi va normativ xulq-atvor yo‘nalishlari mazmunan rivojlanishi asoslangan.
o‘spirin yoshlarning shaxsiy etuklik darajasi o‘zini anglash, mas'uliyat, refleksivlik va ijtimoiy moslashuv komponentlari bilan oila vazifalari haqidagi tasavvurlarining shakllanishi o‘rtasida statistik va mazmuniy jihatdan ahamiyatli, barqaror o‘zaro bog‘liqliklarga asoslanib   oilaviy hayotga etuklikni ta’minlovich psixologik determinant ekanligi dalillangan.
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida ijtimoiy–psixologik etuklikni shakllantirishga yo‘naltirishning kognitiv, affektiv, motivasion va xulq-atvor komponentlarning integrasiyasiga asoslanib, yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, konstruktiv shaxslararo munosabatlari hamda barqaror oilaviy qadriyatlarining shakllanishi muhim psixologik omil ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oilaviy hayotga etuklikning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
o‘spirinlik davrida yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllanishi jamiyatdagi ijtimoiy muhitning psixologik sifati va shaxslararo munosabatlarning mazmuniy yo‘nalishiga bevosita bog‘liqligi tufayli, qadriyatlar intereorizasiyasi orqali namoyon bo‘lishi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga etuklik xususiyatlari va oilaviy hayot haqidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarini shakllantirish samaradorligiga erishilgan;
o‘spirinlik davri yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari oiladagi gender va funksional rollarga oid kognitiv sxemalari, oila funksiyalarini anglash darajasi hamda oila qurishga oid motivasion yo‘nalishlari faol shakllanadigan psixologik jihatdan sezgir rivojlanish bosqichi ekanligi tufayli shaxsning kelajakdagi oilaviy munosabatlarga nisbatan qadriyatli-orientasion tizimi va normativ xulq-atvor yo‘nalishlari mazmunan rivojlanishi asoslangan malumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilik  sifatida «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarning taʻlim jarayonida o‘spirin yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini va ijtimoiy-psixologik bilimlarini shakllantirishlari orqali barkamol avlodni tarbiyalashda sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
o‘spirin yoshlarning shaxsiy etuklik darajasi o‘zini anglash, mas'uliyat, refleksivlik va ijtimoiy moslashuv komponentlari bilan oila vazifalari haqidagi tasavvurlarining shakllanishi o‘rtasida statistik va mazmuniy jihatdan ahamiyatli, barqaror o‘zaro bog‘liqliklarga asoslanib   oilaviy hayotga etuklikni ta’minlovich psixologik determinant ekanligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilik sifatida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarning o‘spirin yoshlar bilan ishlashda  shaxsiy etuklik darajasi, o‘zini anglash, mas’uliyat, refleksivlik va ijtimoiy moslashuv komponentlari bilan oila vazifalari haqidagi tasavvurlarini shakllanlantirish borasidagi tajribalari oshirilgan;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida ijtimoiy–psixologik etuklikni shakllantirishga yo‘naltirishning kognitiv, affektiv, motivasion va xulq-atvor komponentlarning integrasiyasiga asoslanib, yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, konstruktiv shaxslararo munosabatlari hamda barqaror oilaviy qadriyatlarining shakllanishi muhim psixologik omil ekanligi aniqlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilik tarzida «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 08-iyulidagi PM 86-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy–psixologik etuklikni shakllantirishga yo‘naltirilgan kompleks model asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining mazmuni yangilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish