Xasanova Mutabar Toshmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning tafakkur rivojlanishiga psixologik ta’siri”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P663.
Ilmiy rahbar: Baxrom Juraev psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Milieva Muattar Gaffarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning tafakkur rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish hamda uning o‘ziga xos jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilish jarayonlarining rivojlanishiga bilingvizmning ta’siri natijasida lug‘at zahirasi va fikrlash egiluvchanligini parallel ortishiga ko‘ra kognitiv moslashuvchanlikni metolingvistik ong darajasida so‘z mantiqiy tafakkurga bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda lingvistik qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra tafakkur operatsiyalarining yoshga bog‘liq rivojlanishi tufayli monolingval o‘quvchilarning grammatik tuzilmalarga yo‘naltirilganligini, bilingvallarda ikki til tizimi o‘rtasidagi tezkor farqlash qobiliyatiga muvofiq mantiqiy javoblar berish imkoniyatini kuchaytirishi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning tafakkur rivojlanishiga psixologik ta’siri natijasida kognitiv murakkablikni o‘zlashtirish layoqati ularning bilish faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatishiga asoslanib bilingval o‘quvchilarda tushunchalar hajmining refleksiv fikrlash, tafakkur egiluvchanligiga bog‘liq ravishda kengayishi dalillangan;
kichik maktab yoshida lingval qobiliyatlarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra bilingval o‘quvchilarda tafakkur faoliyati mantiqiy munosabatlar va tezkor reaksiyalar asosida amalga oshishiga asoslanib, ularda fikrlash tezligi hamda turli vaziyatlarga moslashish qobiliyatining yuqori darajada rivojlanishi bilingval muhitda yuzaga chiqishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning tafakkur rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kichik maktab yoshidagi bilingval o‘quvchilarda mantiqiy tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini tez va aniq anglash, so‘z-mantiqiy tafakkur asosida muammoli vaziyatlarga echim topish ko‘nikmasi shakllanishi natijasida, ular qat’iy fikrlash strategiyalariga ko‘proq murojaat qilishlari bilan ajralib turadi va bu holat bilingvizmning bilish jarayoniga integratsiyalanganligi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-469-sonli buyrug‘i bilan «Diffirensial psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-469a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizm rivojlanishi natijasida, ularning bilish jarayonida mantiqiy tahlil qilish, sabab-oqibat bog'liqliklarini tezroq anglash, so‘z-mantiqiy tafakkur bilan muammolarni hal qilish hamda qat'iy fikrlash usuliga ko‘proq tayanishini asoslashga erishilgan;
monolingval o‘quvchilarning grammatik tuzilmalarga yo‘naltirilganligi ularning lingvistik analizga asoslangan yondashuvini ifodalasa, bilingvallar esa ikki til tizimi o‘rtasida tezkor farqlash qobiliyati orqali mantiqiy asoslangan javoblar berish imkoniyatiga ega bo‘lishi bilan ajralib turishi dalillanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-469-sonli buyrug‘i bilan «Diffirensial psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-469a-son ma’lumotnomasi). Natijada, monolinguallar grammatik reaksiyalar bo‘yicha ustunlikka egaligi natijasida, grammatik tuzilmalarga ko‘proq e’tibor berishi, bilinguallar esa ikkita til tizimi bilan ishlash natijasida mantiqiy reaksiyalarda tezkor javob berishi bilan ajralib turishini isbotlashga erishilgan;
bilingval o‘quvchilarda tushunchalar hajmining kengayishi, reflektiv fikrlash, tafakkur egiluvchanligi va kognitiv murakkablikni o‘zlashtirish layoqati ularning bilish faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatishi asoslanganligiga doir yangiliklar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-469-sonli buyrug‘i bilan «Diffirensial psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-469a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kognitiv maydonga mustaqil, refleksivlik, tushunchalar ko‘lami va bilish faoliyati nazoratining kengligi, kognitiv murakkablik, tafakkur tezligi hamda egiluvchanlik shakllanishi natijasida, bilingvizmning tafakkur rivojlanishiga ijobiy ta’sirini aniqlashga xizmat qilgan;
monolingval o‘quvchilarda grammatik strukturalarga asoslangan qat’iy yondashuv shakllangan bo‘lsa, bilingvallarda esa mantiqiy reaksiyalar orqali tafakkur tezligi va moslashuvchanlik darajasi yuqoriligi bilan ustunlik qilishi isbotlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-469-sonli buyrug‘i bilan «Diffirensial psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-469a-son ma’lumotnomasi). Natijada, trening natijalari orqali, monolingual o‘quvchilarda grammatik reaksiyalar shakllanishi va tilning grammatik tizimiga e’tibor qaratishini aniqlashtirishga erishilgan