Vositov Shavkatjon Abdivaxabovichning 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek fitratshunosligining taraqqiyot tamoyillari (prof. H.Boltaboev ilmiy merosi asosida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD /Fil4054
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03. 
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Hamroeva Orzigul Jalolovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligining tafakkur darajasi, fitratshunoslikning taraqqiyot yo‘llari va estetik tamoyillarini professor H.Boltaboevning ilmiy merosi orqali yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hamidulla Boltaboevning jahon va o‘zbek adabiyoti bo‘yicha olib borgan konseptual ilmiy izlanishlari va komparativistik tadqiqotlari strukturaviy yondashuv asosida tizimlashtirilgan, Fitrat ijodiga doir nazariy-metodologik qarashlari umumlashtirilib, adib hayoti va ijodini talqin etishda olim tomonidan ishlab chiqilgan yangicha g‘oyaviy-estetik mezonlar aniqlangan;
adabiyotshunos olim tomonidan Fitratning adabiyot nazariyasi, mumtoz adabiyot va jadid adabiyotiga oid qarashlarini ilmiy-nazariy aspektda tahlil etish jarayoni, shuningdek, ushbu qarashlarni ilmiy-badiiy mezonlar asosida baholashda namoyon bo‘lgan xolislik, tizimlilik va metodologik izchillikning ko‘lami hamda nazariy darajasi kompleks ravishda ochib berilgan;
olimning ilmiy-nazariy qarashlarida ustuvor bo‘lgan yetakchi tamoyillar aniqlanib, uning o‘zbek fitratshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan ilmiy hissasi mavjud ilmiy manbalar va tadqiqotlar tahlili orqali atroflicha yoritilgan hamda uning ilmiy izlanishlaridagi individual mahorati, tahlil va tadqiq uslubining ishonchlilik , aniqlilik kabi ilmiy mezonlarga javob beruvchi ko‘rsatkichlari dalillangan;
xorijiy olimlarning Fitrat ijodi yuzasidan amalga oshirgan ilmiy izlanishlari va tadqiqotlari H.Boltaboev tomonidan ilmiy-nazariy mezonlar asosida tizimli ravishda o‘rganilib, ushbu tadqiqotlarga berilgan bahosi, ularga nisbatan ilgari surilgan ilmiy mulohaza va alohida yondashuvlari tahliliy asosda aniqlashtirilib, fitratshunoslikning xalqaro ilmiy maydondagi shakllanishi va rivojlanish jarayonida olimning o‘rni, metodologik yondashuvlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek fitratshunosligining taraqqiyot tamoyillari (prof. H.Boltaboev ilmiy merosi asosida) tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Hamidulla Boltaboevning jahon va o‘zbek adabiyoti bo‘yicha olib borgan konseptual ilmiy izlanishlari va komparativistik tadqiqotlari strukturaviy yondashuv asosida tizimlashtirilishi, Fitrat ijodiga doir nazariy-metodologik qarashlarining umumlashmasi, adib hayoti va ijodini talqin etishda olim tomonidan ishlab chiqilgan yangicha g‘oyaviy-estetik mezonlari aniqlangan o‘rinlardagi fikrlardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 24.05.2025. № 04-04-1/2495-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, H.Boltaboevning Fitrat ijodi haqidagi ilmiy qarashlari tizimli tahlil qilinib, adib hayoti va ijodiga yondashuvda olim tomonidan ishlab chiqilgan yangicha g‘oyaviy-estetik mezonlar bilan kengaytirilgan;
adabiyotshunos olim tomonidan Fitratning adabiyot nazariyasi, mumtoz adabiyot va jadid adabiyotiga oid qarashlarini ilmiy-nazariy aspektda tahlil etilishi, ushbu qarashlarni ilmiy-badiiy mezonlar asosida baholashda namoyon bo‘lgan xolislik, tizimlilik va metodologik izchillikning ko‘lami, nazariy darajasi kompleks ravishda ochib berilgan natijalar va materiallaridan O‘zR FA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri“ mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida dissertatsiyada bayon qilingan ilmiy natijalaridan va xulosalardan zarur o’rinlarda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti  04.07.2025. № 378/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot loyihasining mazmuni yangi nazariy ma’lumotlar bilan takomillashtirilgan;
olimning ilmiy-nazariy qarashlarida ustuvor bo‘lgan yetakchi tamoyillari, o‘zbek fitratshunosligi taraqqiyotidagi ilmiy manba va tadqiqotlarida tahlil va tadqiq uslublari dalillangan fikr-mulohazalardan O‘z MTRK “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan  (O‘z MTRK “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 12.06.2025. 05-09-898-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy-ommaviy mazmuni kengaytirilgan, hozirgi adabiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
xorijiy olimlarning Fitrat ijodi yuzasidan amalga oshirgan ilmiy izlanishlari va tadqiqotlari H.Boltaboev tomonidan ilmiy-nazariy mezonlar asosida tizimli ravishda o‘rganilgani, tadqiqotlarga berilgan bahosi, ilgari surilgan ilmiy mulohaza va alohida yondashuvlari, fitratshunoslikning xalqaro ilmiy maydondagi shakllanishi va rivojlanish jarayonida olimning o‘rni, metodologik yondashuvlari haqidagi xulosaviy fikrlardan O‘zR FA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 04.07.2025. № 377/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu xulosalar fitratshunoslik izlanishlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish