Ismatova Nilufar Ravshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent shahri havosi ifloslanishining hududiy va davriy xususiyatlari”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Gr432.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Olimjon Isomiddinovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Bekmuxammedova Munisa Xamitovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahri atmosfera havosining ifloslanishida antropogen omillarning ta’sirini hamda asosiy ifloslantiruvchi moddalarning hududiy taqsimoti va davriy o‘zgarishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahri havosining SO₂, CO va NO₂ gazlari bilan ifloslanishining Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotlarini (1994-2023 yy.) tizimlashtirish va ArcGIS Pro dasturi IDW usuli orqali hududiy taqsimoti va areali aniqlangan;
shahar havosi ifloslanishining fasliy o‘zgarishida SO₂ qishda eng yuqori, yozda eng past, CO yozda eng yuqori, qishda eng past, NO₂ yozda eng yuqori, bahorda eng past, yillar bo‘yicha o‘zgarishida SO₂, CO, NO₂ gazlarining eng yuqori miqdori 2003-yilda, eng past miqdori mos ravishda 2013, 2018 va 2023-yillarda bo‘lganligi aniqlangan;
shahar havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi gazlarning asosiy omili antropogen faoliyat bo‘lib, o‘rganilgan gazlarning asosiy manbasi SO₂ niki ToshIES, transport vositalarining yoqilg‘i turiga ko‘ra CO niki benzin, NO₂ niki dizel tashlanmalarining kimyoviy differensiatsiyasi aniqlangan;
ArcGIS Pro dasturini qo‘llab Toshkent shahri havosining SO₂, CO va NO₂ gazlari bilan ifloslanishining 1994-2023 yillardagi (5 yillik intervalda) hududiy taqsimoti va davriy o‘zgarishini ko‘rsatuvchi o‘rta masshtabli (1:300 000) mavzuli kartalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toshkent shahri havosi ifloslanishining hududiy va davriy xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Gidrometeorologiya xizmati markazining 1994-2023 yillardagi ma’lumotlarini tizimlashtirish va ArcGIS Pro dasturi IDW usuli orqali Toshkent shahri havosining SO₂, CO va NO₂ gazlari bilan ifloslanishining hududiy tarqalish miqdori va arealini aniqlash natijalari va kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida atmosfera havosi holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 18 dekabrdagi 03-03/1-03/3-13809-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, SO₂, CO va NO₂ gazlari bilan yuqori ifloslangan hududlarni aniqlash imkoniyatini bergan;
Gidrometeorologiya xizmati markazining 1994-2023 yillardagi ma’lumotlari asosida Toshkent shahri havosi ifloslanishining fasliy o‘zgarishida SO₂ qishda eng yuqori, yozda eng past, CO yozda eng yuqori, qishda eng past, NO₂ yozda eng yuqori, bahorda eng past, yillar bo‘yicha o‘zgarishida SO₂, CO, NO₂ gazlarining eng yuqori miqdori 2003-yilda, eng past miqdori mos ravishda 2013, 2018, 2023-yillarda bo‘lganligini aniqlash ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringini yuritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 18 dekabrdagi 03-03/1-03/3-13809-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, SO₂, CO va NO₂ gazlari miqdorining fasllar va yillar bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash imkoniyatini bergan;
Toshkent shahar havosiga chiqariladigan SO₂ gazining asosiy manbasi ToshIES, CO gaziniki benzindan foydalanuvchi transport va NO₂ gazining asosiy manbasi dizel yoqilg‘isidan foydalanuvchi transport vositalari ekanligini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida atmosfera havosi ifloslanish manbalarini to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 18 dekabrdagi 03-03/1-03/3-13809-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish ishlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
GAT texnologiyalarining ArcGIS Pro dasturini qo‘llab yaratilgan Toshkent shahri havosining SO₂, CO va NO₂ gazlari bilan 1994-2023 yillarda hududiy va davriy ifloslanishini ko‘rsatuvchi 1:300 000 masshtabli kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida ifloslantiruvchi manbalar monitoringining axborot-kartografik ma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 18 dekabrdagi 03-03/1-03/3-13809-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahri havosining SO₂, CO va NO₂ gazlari bilan ifloslanishi monitoringining axborot-kartografik ma’lumotlar bazasini takomillashtirish imkoniyatini bergan.