Qosimov Nurmuxamad Dursinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sangzor vodiysi tabiatidan foydalanishni takomillashtirishda havzaviy yondashuvni qo‘llash”, 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Gr210.
Ilmiy rahbar: G‘o‘dalov Mirkomil Ravshanovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Abror Ubaydullaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sangzor daryo havzasi tabiatidan foydalanishni havzaviy yondashuvni qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sangzor daryosi va unga quyiluvchi soylar bir butun va ayni paytda alohida geotizm ekanligi asoslangan hamda GAT texnologiyalari asosida 1:100000 masshtabli kartasi yaratilgan; 
GAT texnologiyalarini qo‘llab Sangzor daryosi va unga quyiluvchi soylar R.Horton tasnifi asosida 5 ta oqim yo‘nalishiga ajratilgan hamda ularning morfometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Sangzor daryo havzasi birinchi darajali (78 ta) irmoqlari havzalarining tabiiy geografik xususiyatlariga asoslanib tabiatidan foydalanish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va yirik mashtabli (1:100 000) kartasi yaratilgan; 
havza tabiatidan qishloq xo‘jaligi, rekreatsiya va turizm maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan sifatiy (qulay emas, kamroq qulay, qulayroq, qulay, juda qulay) baholangan  hamda amaliyotda foydalanish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sangzor daryo havzasi tabiatidan foydalanishni takomillashtirishda havzaviy yondashuvni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sangzor daryosi va unga quyiluvchi soylarning GAT texnologiyalari asosida yaratilgan 1:100 000 masshtabli “Sangzor daryo havzasining tabiiy kartasi” va “Sangzor daryo havzasining tabiatidan foydalanish kartasi” Jizzax viloyati “Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” amaliyotida er usti suvlari obektlarida suvning oqilona boshqarilishida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 04/19-4015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sangzor daryosi suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalariga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Sangzor daryosi va unga quyiluvchi soylarning GAT texnologiyalarini qo‘llab, aniqlangan morfometrik ko‘rsatkichlari va ma’lumotlar bazasi Jizzax viloyati “Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” amaliyotida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 04/19-4015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sangzor daryo havzasi suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Sangzor daryosi va uning birinchi darajali 78 ta irmoqlari havzalarining tabiiy geografik xususiyatlariga asoslanib ishlab chiqilgan tabiatdan foydalanish chora-tadbirlari Jizzax viloyati “Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” amaliyotida o‘rta va quyi bo‘g‘inda suvdan samarali foydalanishni tashkil etishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 04/19-4015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzalariga zararli ta’sirlarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan eng maqbul chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
havza tabiatidan qishloq xo‘jaligi, rekreatsiya va turizm maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan sifatiy baholash natijalari hamda amaliyotda foydalanish uchun berilgan taklif va tavsiyalari Jizzax viloyati “Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” faoliyatida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 04/19-4015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suvdan kompleks foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlashni takomillashtirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish