Umarova Zulxumar Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy texnologiyalar asosida So‘x er osti suv konining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini baholash», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/GM267.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» Davlat muassasasi, DSc.31/2025.27.12.GM.05.01.
Rasmiy opponentlar: Xushvaktov Saydulla Xolbazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Begimqulov Dilshod Qalandarovich, geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida So‘x er osti suv konining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini baholash hamda kelajakda er osti suvlaridan unumli foydalanishda ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt elementlari yordamida So‘x er osti suv koni holatiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, er usti va er osti suvlarining bog‘liqligini ifodalovchi sizilish oqimi strukturasi tasnifi ishlab chiqilgan;
zamonaviy geoaxborot texnologiyalar yordamida hududning ko‘p yillik ma’lumotlari retrospektiv tahlil qilinib, So‘x chiqarma konusida er osti suvlarining hosil bo‘lish, harakatlanish va to‘planish qonuniyatlari aniqlangan;
PMWIN dasturiy ta’minoti yordamida er osti suvlari dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida gidrogeodinamik va gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishi tendensiyasi baholangan;
global iqlim ilishi sharoitini hisobga olgan holda, So‘x er osti suv konidan kelajakda samarali foydalanish, suv resurslarini tizimli boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘x er osti suv konining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini baholash va kelajakda samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan er osti va er usti suvlarining bog‘liqligini ifodalovchi sizilish oqimi strukturasining tasnifi Farg‘ona gidrogeologiya stansiyasini amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 14 iyuldagi 08-2101-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishi sharoitida er osti suvlarini shakllanish hududida gidrogeologik jarayonlarni hamda tadqiqot maydonidagi ko‘p yillik gidrogeologik va gidrologik ma’lumotlarni to‘liq tahlil qilish orqali er osti suvlarining tarqalishini aniqlash imkonini bergan;
zamonaviy geoaxborot texnologiyalar asosida aniqlangan So‘x chiqarma konusida er osti suvlarining hosil bo‘lish, harakatlanish va to‘planish qonuniyatlari Farg‘ona gidrogeologiya stansiyasini amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 14 iyuldagi 08-2101-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlarining kuzatuv punktlarini optimal joylashtirish va ularni samarali monitoring qilish imkonini bergan;
PMWIN dasturiy ta’minoti yordamida er osti suvlarining oqimi va dinamikasi bo‘yicha ko‘p yillik ma’lumotlar tahlili asosida baholangan er osti suvlarini gidrogeodinamik va gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlari Farg‘ona gidrogeologiya stansiyasining amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil
14-iyuldagi 08-2101-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini hisobga olgan holda ularni nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
So‘x er osti suv konidan kelajakda oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan tavsiyalar Farg‘ona gidrogeologiya stansiyasining amaliy-tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 14 iyuldagi 08-2101-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlaridan maqsadli foydalanishni rejalashtirish, gidrogeologik tadqiqotlarni loyihash va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslashga imkon bergan.