Matholiqov Ro‘zali Bahtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Bo‘z mintaqa botqoq-o‘tloqi landshaftlarining biogeokimyoviy xususiyatlari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1428.
Ilmiy rahbar: Isag‘aliev Murodjon To‘ychiboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor; Turbimetov Shaxobiddin Muhitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasi botqoq-o‘tloqi landshaftlari biogeokimyoviy xususiyatlari, ekomeliorativ holati, makro- va mikroelementlar miqdorlarini sizot suvlari ta’sirida o‘zgarishini aniqlash, tuproqlar unumdorligini oshirish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy tavisyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eskidan sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarning morfogenetik belgilari, agrokimyoviy, fizik-kimyoviy xossalari, meliorativ holati va biogeokimyoviy xususiyatlari hamda geokimyoviy barerlari chuqurligi, provinsiyalari sizot suvlari sathiga bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan;
botqoq-o‘tloqi tuproqlar va o‘simliklar tarkibida Na, Sm, Lu, U, Yb, Au, Nd, As, Br, Ca, La, Ce, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb, Ta, Fe, Eu, Sb ning miqdorlari, geokimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlari aniqlangan hamda sizot suvi sathi pasayishiga bog‘liq holda keltirilgan elementlar miqdorlari kamayib borish tendensiyasi ilmiy asoslangan;
sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarda gumus, C:N va ozuqa elementlarning tuproq genetik qatlamlarida tarqalishi bimodal xarakterga ega bo‘lib, antropogen omil ta’sirida botqoq tuproqlardan botqoq-o‘tloqi tuproqlar tomon evolyusiyalanganligi dalillangan;
sizot suvlari sathining pasayishi natijasida tuproq, o‘simliklar tarkibidagi harakatchan ozuqa elementlari (P va K) va biomikroelementlar (Mo, Mn, Zn, Co) miqdorlari ortib borishi hamda botqoq-o‘tloqi tuproq–o‘simlik o‘rtasida ijobiy korrelyasiya mavjudligi, korrelyasiya koeffisienti 0,75-0,96 oralig‘ida tebranishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘z mintaqa kamari botqoq-o‘tloqi tuproqlarining biogeokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlar sharoitida tarqalgan o‘simliklarning ekologiyasi va biogeokimyoviy xususiyatlari asosida “Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarda kartoshka yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilib, tasdiqlangan va qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/05-04-755-son ma’lumotnomasi). Natijada, botqoq-o‘tloqi tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish, kartoshkadan yuqori, sifatli hosil olishda majmuaviy agrotexnik, agrokimyoviy va meliorativ tadbirlar tizimini amalga oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sizot suvlari 0,5 m dan yuqori joylashgan sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlar fizik, agrokimyoviy va kimyoviy xossalari aniqlangan, shu asosda serdaromad ekinlarni joylashtirishga qaratilgan tavsiyalar Farg‘ona shahar “Iqbol”, “Karim ota”, “Odil-S” fermer xo‘jaliklarining jami 70,1 ga yer maydonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/05-04-755-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona shahri shimoliy qismida shakllangan meliorativ holati qoniqarsiz, yer osti suvlari ko‘tarilgan, kuchsiz sho‘rlangan sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlar unumdorligini saqlash, oshirishga xizmat qilgan hamda atirgul, xrizantema va boshqa serdaromad o‘simliklar joylashtirilgan;
sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarning 1:5000 masshtabli mukammal raqamli agrokimyoviy xaritanomasi Farg‘ona shahri Umid nigohi massivi “Jo‘ydam”, “Karim ota”, “Iqbol”, “Odil-S” fermer xo‘jaliklari qarashli jami 148,8 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/05-04-755-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘z mintaqaning gidromorf sharoitida shakllangan sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun majmuaviy agrotexnik, agrokimyoviy tadbirlar tizimini amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlari, uni hosil qiluvchi ona jinslari va qishloq xo‘jaligi ekinlarida Na, K, Mn, Sm, Mo, Lu, U, Yb, Au, Nd, As, W, Br, Ca, La, Ce, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb, Zn, Co, Ta, Fe, Eu, Sb va boshqa elementlarning miqdori, biogeokimyoviy xususiyatlari “Iqbol”, “Karim ota”, “Odil-S” fermer xo‘jaligining 70,1 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/05-04-755-son ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tuproqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini tavsiflash, tuproq-ekologik monitoringini olib borish, sabzavot ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish, ekologik toza o‘simlik xomashyolari yetishtirishda asos sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish