Akbarov Sarvarbek Baxromboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Farg‘ona suv omborining ta’sir zonasi va unga tutash hududlar tuproqlarining ekomeliorativ holati», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V1584.
Ilmiy rahbar: Isakov Validjan Yunusovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Parpiev Gʻofurjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sotiboldieva Go‘zalxon Tolibjonovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘ona suv ombori ta’sir zonasidagi sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarning ekologik-meliorativ holati dinamikasini kompleks baholash hamda unga ta’sir etuvchi tabiiy va antropogen omillarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Fargʻona suv ombori taʼsir hududi va uning atroflaridagi tuproqlarining xossa-xususiyatlari va ekomeliorativ holati 2010-2015-2020-2025 yillardagi oʻzgarishlari dinamikasi hamda transformatsiyalanishi masofadan zondlash (NDVI) va matematik-statistik usullar yordamida ilk bor majmuaviy isbotlangan;
Markaziy Fargʻona suv ombori taʼsirida tadrijiy rivojlanayotgan tuproqlarning diagnostik belgilari aniqlangan, sho‘rxok va kuchli sho‘rlangan o‘tloq arziqli saz tuproq - > yangi o‘zlashtirilgan o‘tloq va o‘tloq arziqli saz tuproq - >sug‘oriladigan va yangidan sug‘oriladigan o‘tloq va o‘tloq arziqli tuproq yo‘nalishida transformatsiya jarayonlari kechishi aniqlangan hamda suv ombori atrofidagi gidrologik bosimning ortishi (suv yuzalarining 15 barobar kengayishi) va sizot suvlari sathining ko‘tarilishi o‘rtasida kuchli to‘g‘ri korrelyativ bog‘liqlik (r=0.88) aniqlangan;
ikkilamchi gidromorfizm va shoʻrlanish jarayonlarining rivojlanish qonuniyatlari GIS texnologiyalari (NDVI, NDWI, SI indekslari) yordamida aniqlandi; shoʻrlanishning ozuqa moddalarining harakatlanishiga cheklovchi ta’sirii tavsiflovchi regressiya matematik-statistik regressiya modellari ishlab chiqildi, arziq va gipsli qatlamlarning yuqori zichlik (1,74 g/cm3) va past g‘ovaklik (34%) tufayli kelib chiqadigan filtratsiyaga toʻsqinlik qiluvchi suv oʻtkazmaydigan toʻsiq vazifasini bajarishi matematik jihatdan dalillangan; 
suv omborining ta’sir zonasi va unga tutash hududlarni ekologik va meliorativ rayonlashtirish amalga oshirildi va mintaqada meliorativ sharoitlarni optimallashtirish va erlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Farg‘ona suv omborining ta’sir zonasi va unga tutash hududlar tuproqlarining ekomeliorativ holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Farg‘ona suv ombori ta’sir zonasidagi sug‘oriladigan o‘tloqi saz va arziq-shoxli tuproqlarning agrokimyoviy, agrofizik xossalari hamda meliorativ holatini ArcGIS dasturi, NDVI indekslari asosida baholash usullari, shuningdek, 2010–2024-yillar oralig‘idagi o‘zgarishlar dinamikasini aks ettiruvchi raqamli xaritalar Farg‘ona viloyatinung Yozyovon tumani qishliq xo‘jaligi boshqarmasida hududiy er resurslarini boshqarishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 27 avgustdagi 05/04-04-466-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning sho‘rlanish darajasi, sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasini aniq bashorat qilish hamda ekomeliorativ tadbirlarni rejalashtirish imkonini bergan;
Yozyovon tumanidagi “Solijonov Rustamjon” va “Muhiddinova Bibiyoisha” fermer xo‘jaliklarining 39 gektar ekin maydoni uchun tuzilgan agrokimyoviy (fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik) hamda sho‘rlanish kartogrammalari Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanining fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 27 avgustdagi 05/04-04-466-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ishlanmalar mineral o‘g‘itlardan tabaqalashtirilgan holda foydalanish, zaharli tuzlar miqdoriga qarab sho‘r yuvish me’yorlarini ilmiy asosda hisoblash va tuproq unumdorligini tiklash hamda qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish