Sattarov Alijon Bozorboevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasihaqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «GOST 28147-89 algoritmi bardoshliligini chiziqli-differensial va algebraik kriptotahlil usullari yordamida baholash va bardoshliligi yuqori bo‘lgan shifr yaratish», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM190.

Ilmiy rahbar: Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM.01.02.

Rasmiy opponentlar: Tuychiev G‘ulom Numonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Xudoyqulov Zarif To‘raqulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: «UNICON.UZ» davlat unitar korxonasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: GOST 28147-89 shifrlash algoritmi bardoshliligini chiziqli-differensial va algebraik kriptotahlil usullari yordamida baholash hamda kriptobardoshliligi yuqori bo‘lgan blokli simmetrik shifrlash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kriptografik akslantirishlarni quyi darajali algebraik tenglamalar orqali ifodalash usuli ishlab chiqilgan;

SP tarmog‘iga asoslangan shifrlash algoritmi yaratilgan hamda uning bardoshliligi baholangan;

o‘rin almashtirish asosida maksimal algebraik immunitetga va yuqori chiziqsizlik darajasiga ega bo‘lgan 8x8 o‘lchamli S-blok qurish algoritmi ishlab chiqilgan;

chekli maydonda aniqlangan 8x8 o‘lchamli tezkor va involyutiv MDS matrisa ishlab chiqilgan;

SP tarmog‘iga asoslangan va bardoshliligi yuqori bo‘lgan yangi blokli simmetrik shifrlash dasturi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

ishlab chiqilgan S-blok qurish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi «Zebra» dasturiy ta’minotida S-bloklarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazining 2019 yil 8 apreldagi 20/2061-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ixtiyoriy chekli sondagi turli xil S-blok jadvallarini qisqa vaqt davomida ishlab chiqishga imkon bergan;

ishlab chiqilgan S-blok qurish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi «Generator» dasturiy ta’minotida S-bloklarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazining 2019 yil 8 apreldagi 20/2061-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi yuqori chiziqsizlik darajasiga ega bo‘lgan o‘lchami 8x8 bo‘lgan almashtirish jadvallarini qisqa vaqt davomida ishlab chiqishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish