Po‘latova Gulxayo G‘ofurjon qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili tezaurusi uchun sifat leksemalarning semantik munosabatlari tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4749.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori; Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbekcha sifatlarning tezaurus sinsetlarini leksikografik jihatdan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik tezaurus lug‘atlarining yaratilish bosqichlari, rivojlanish an’ana va tendensiyalari, leksikografik tamoyillari tadqiq qilinib, WordNet tipidagi lug‘atchilik tajribalari asosida o‘zbek tili sifat so‘z turkumi leksik birliklarining sinonimlar tizimi (sinsetlar), mazmuni hamda kontekstdagi o‘zaro ma’noviy munosabatlari nazariy asosda dalillangan;
tezaurus yaratishning leksikografik yondashuvi asosida sifat leksemalarning sinonimik, graduonimik va antonimik hodisalarning paradigmatik, sintagmatik munosabatlar orqali voqelanishi nazariy jihatdan asoslangan;
lingvistik tezaurus modeli asosida o‘zbek tilidagi sifat leksemalarning ma’noviy munosabatidagi – semantik yadro (to‘g‘ridan-to‘g‘ri, obektiv ma’no) belgilanib, kontekstual almashinish, sinonimlar o‘rtasidagi uslubiy moslikka ko‘ra graduatsiya (darajalanish), sinsetlar orasidagi qarama-qarshilik, ma’no ko‘chish orqali semantik kengayish va torayish hodisalari yoritib berilgan;
elektron tezaurus lug‘atlari modeli asosida o‘zbek tili sifat leksemalarining xarakter-xususiyat, maza-ta’m, rang-tus, holat, shakl-hajm, hid, makon-zamon kabi faol va nofaol ma’noviy guruhlarini ifodalovchi birliklarning semantik jihatdan kontekstda qo‘llash amaliyoti (http://thesaurus.uzbekcorpus.uz/uz/ havolasida) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili tezaurusi uchun sifat leksemalarining semantik maydonlari tahliliga oid ilmiy natijalar asosida:
lingvistik tezaurus lug‘atlarining yaratilish bosqichlari, rivojlanish an’ana va tendensiyalari, ularning shakllantirish yo‘llari hamda tamoyillari kompleks yondashuv asoslari bo‘yicha tizimlashtirilgan, WordNet tipidagi lug‘atlarda berilgan o‘zbek tili sifat so‘z turkumi leksik birliklari semantik maydon konsepsiyasi asosida semantik tuzilishi, sinsetlararo shakli va mazmuni kontekstdagi o‘zaro ma’noviy munosabatlar orqali aniqlangan o‘rinlardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan “IL-7823051524 raqamli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi 04/11-16384-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili tezaurusi uchun sifat leksemalarining semantik maydonlari tahliliga oid sinonimni (tezaurus yordamida) tanlash va shu orqali tarjima sifatini oshirish yo‘llari osonlashgan;
tezaurus yaratishning leksikografik yondashuvi asosida sifat leksemalarning sinonimik, graduonimik va antonimik hodisalarning paradigmatik, sintagmatik munosabatlar orqali voqelanishi nazariy jihatdan asoslab berilishidagi taklif, tavsiya va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-2025-yilda bajarilgan “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada onlayn ma’lumotlar bazasi yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslari o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi 1529-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zbek tilidagi so‘z ma’nolarini avtomatik tahlil qilish hamda ularning muqobillarini aniqlash jarayonlari takomillashgan;
lingvistik tezaurus modeli asosida o‘zbek tilidagi sifat leksemalarning semantik munosabatlaridagi – semantik yadro (to‘g‘ridan-to‘g‘ri, obektiv ma’no) belgilanib, kontekstual almashuvchanlik, sinonimlar o‘rtasidagi uslubiy moslikka ko‘ra graduatsiya (darajalanish) hodisasi va sinsetlar orasidagi qarama-qarshilik, ma’no ko‘chish orqali semantik kengayish, torayish hodisalari denototivlik va konnotativlik tamoyillar asosida dalillangan hamda WordNet tipidagi tezaurus lug‘atlari modeli asosida sifat leksemalarning xarakter-xususiyat, maza-ta’m, rang-tus, holat, shakl-hajm, hid, makon-zamon kabi faol va nofaol ma’noviy guruhlari uzbekcorpus.uz sayti ma’lumotlar bazasi tizimida http://thesaurus.uzbekcorpus.uz/uz/ manbasiga to‘plangan va ularning elektron kontekstlarda qo‘llanish holatlari amaliy jihatdan isbotlangan ma’lumotlardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “REP-25112021/113 – UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi 04/11-16385-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi tabiiy tilni qayta ishlash jarayonlari yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan.