Berdiev Xushnud Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tovuq fuzariotoksikozining samarqand viloyati parrandachilik xo‘jaliklarida diagnostikasi va profilaktikasi”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V187
Ilmiy rahbar: Salimov Xait Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadullaev Gulmurod Hamidovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Bozorov Xayrillo Kengashevich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samargand davlat tibbiyot universiteti huziridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati parrandachilik xo‘jaliklarida tovuq fuzariotoksikozining epizootologik holati, tarqalish darajasini o‘rganish, kichik parrandachilik fermalarida, shaxsiy xonadonlarda jo‘jalarni parvarishlashda, fuzariotoksikozning diagnostikasi va profilaktika maqsadida antioksidant dori moddalari va mahalliy probitik Innoprovetni sinovdan o‘tkazish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida tekshirilgan tovuq va jo‘jalarda fuzariotoksikoz tarqalganligi mos ravishda tovuqlarda 15% va jo‘jalarda 32% holatlarda aniqlangan;
omixta em va oziqabop qo‘shimchalarni nam sharoitda saqlash fuzarium zamburug‘ining rivojlanishi hamda parrandalarni ushbu zamburug‘ tomonidan ajraladigan zaharli moddalar bilan zararlanishi asosiy omil bo‘lishi aniqlangan;
broyler jo‘jalarining fuzariotoksikozida loxaslik, ishtaxaning keskin pasayishi, shilimshiqli ich ketish, patlarining hurpayishi, harakat koordinatsiyasining buzilishi, konyuktivit kabi klinik, og‘iz bo‘shlig‘idagi nekrotik jarayonlar, oshqozon va ichak shilliq qavat nekrozi va qon quyilishlar, jigarda distrofik o‘zgarishlar kabi patologoanatomik o‘zgarishlar aniqlangan;
fuzarium zamburug‘i oddiy oziqa muhitlarida o‘smasligi, Suslo agarida oqimtir pushti rangdagi 4-6 sm kattalikdagi momiq sifat koloniya hosil qilib o‘sishi aniqlangan;
fuzariotoksikozni davolash maqsadida antioksidant dori vositasi “Tokso-bond” preparati omixta emga 1 kg ga 1,0 gr miqdorda 10 kun davomida uzlyuksiz berish 93-95 % samara berishi aniqlangan;
jo‘jalar fuzariotoksikozining profilaktikasida mahalliy “Innoprovet” probiotigini 1 litr suvga 1 ml miqdorda 10 kun davomida ichirish fuzariotoksikozni oldini olishda 95-100% gacha samara berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovuq fuzaritoksikozining parrandachilik xo‘jaliklarida diagnostikasi va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Broyler jo‘jalarni parvarishlash, ularda uchraydigan fuzariotoksikozning diagnostikasi va profilaktikasi” bo‘yicha tavsiyanomatasdiqlangan, Samarqand viloyatining pararandachilik xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 1-dekabrdagi № 02/23-883-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash evaziga tovuqlar fuzaritoksikoz bilan zaharlanishining oldini olishga erishilgan;
tovuqlar fuzaritoksikozini davolash va oldinin olish uchun “Tokso-bond” (1 kg omixta emga 1 g) absorbent dori qo‘lash usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 1-dekabrdagi № 02/23-883-son ma’lumotnomasi). Natijada tovuqlar fuzaritoksikoziga qarshi kurash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
tovuq fuzariotoksikozini davolash va oldini olishda “Innoprovet” probiotigini (1 litr suvga 1 ml) qo‘llanilishi natijasida, ayniqsa yosh jo‘jalarda ichaklar funksiyasini tiklaydi, immunitetni mustahkamlaydi, toksinlarni so‘rilishini kamaytiradi, o‘sishini 12-20 % ga oshiradi, ozuqa o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, vazn ortishini tiklaydi. Natijada parrandalar fuzariotoksikozi tovuq va jo‘jalarda samarali davolash va oldini olish imkoniyati yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 1-dekabrdagi №02/23-883-son ma’lumotnomasi). Ushbu kompleks davolash usullarini qo‘llanilishi evaziga, bir ming (1000) bosh broyler jo‘jalarini o‘sish davrida (6-20-kunlar) parvarishlashda fuzariotoksikozni kimyoprofilaktikasi uchun tavsiya etilgan dori vositasi qo‘llanilganda iqtisodiy samaradorlik 2808000 (ikki million sakkiz yuz sakkiz ming) so‘mni tashkil etib, 1 so‘m veterinariya xarajatiga samaradorlik 5,0 (besh) so‘mni tashkil etgan.