Amonova Zarrina Djomievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homilador ayollarda bachadon bo‘ynining saraton oldi kasalliklari rivojlanishining immun-biologik mexanizmlari, diagnostikasi va davolashni takomillashtirish yo‘llari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.PhD/Tib4380.
Ilmiy raxbar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.25.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nadjmiddinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlarda bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari rivojlanishining immunobiologik mexanizmlarini aniqlash va shu asosda ularni tashxislash va davolashga yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari bo‘lgan homiladorlarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan mahalliy immunitet va qin mikrobiotasidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan o‘ziga xos immunobiologik buzilishlar majmuasi shakllanishi isbotlangan;
OPV infeksiyasini tashxislashning noinvaziv usullaridan foydalanish (siydikning PZR tekshiruvi, E6/E7 onko-oqsillarini aniqlash) homilador ayollarda OIV infeksiyasining klinik jihatdan ahamiyatli shakllarini aniqlashni oshirishga imkon berishi isbotlangan;
bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari bo‘lgan homiladorlarda qin disbiotik buzilishlari va qo‘shma virus-bakterial infeksiyalar chastotasi OPV-manfiy homiladorlarga qaraganda sezilarli darajada yuqori ekanligi isbotlangan;
homilador ayollarda III trimestrda OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni kasalliklarini kompleks davolash tarkibida ul`tratovush kavitatsiyasini qo‘llash yallig‘lanish o‘zgarishlarini kamaytirishga, bachadon bo‘yni epiteliysi holatini yaxshilashga va tug‘ruqdagi asoratlarni oldini olishga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan natijalar asosida homilador ayollar orasida OPV bilan assotsiatsiyalashgan bachadon bo‘yni kasalliklarining takomillashtirilgan skriningini qo‘llash, shuningdek, servikal intraepitelial neoplaziyalar aniqlanganda ularni olib borish taktikasi asoslab berildi.
birinchi ilmiy yangilik: OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari bo‘lgan homiladorlarda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan mahalliy immunitet va qin mikrobiotasidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan o‘ziga xos immunobiologik buzilishlar majmuasi shakllanishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 20 mayda 01-R\130-son bilan tasdiqlangan "Odam papilloma virusi bilan kasallangan homilador ayollarni tashxislash va olib borishga kompleks integratsiyalashgan yondashuv" va Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 iyundagi 06-25/656-son bilan tasdiqlangan "Homiladorlarda OPV infeksiyasida qin mikrobiomasining roli" nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 28 iyuldagi 74-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 16 iyuldagi 103-son buyruqlari bilan amalietga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi ayollarga xos bo‘lgan batafsil tibbiy-ijtimoiy xavf omillari asosida homiladorlarni parvarishlashda xavfga mo‘ljallangan yondashuvni joriy etishdan iborat. Yuqori xavf guruhlarining ajratilishi quyidagi imkoniyatlarni yaratdi: homiladorlarni dispanser kuzatuvi tizimini optimallashtirish; akusherlik-ginekologiya xizmatining profilaktik yo‘nalishini kuchaytirish; saraton oldi jarayonlarini erta aniqlash darajasini oshirish; bachadon bo‘yni patologiyasining o‘tkazib yuborilgan shakllari uchrab turishini kamaytirish. Mazkur yondashuvning tatbiq etilishi onalar kasallanishini kamaytirishga, mehnatga layoqatli yoshdagi ayollar nogironligining oldini olishga, ularning reproduktiv salohiyatini saqlashga va demografik ko‘rsatkichlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Xavf guruhlarini shakllantirish va o‘z vaqtida profilaktik va davolash chora-tadbirlarini o‘tkazish 1 kun davomida onkolog maslahati uchun 100000 so‘m va statsionar davolanish uchun 300000 so‘m xarajatlarni oldini olish imkonini beradi. Umumiy tejamkorlik bitta bemor uchun 400000 so‘mni tashkil etadi. 239 nafar homilador ayolni tekshirish va davolashda bir kunlik iqtisodiy samara 95600000 so‘mdan ortiqni tashkil etadi. Xulosa: homilador ayollarda OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni kasalliklarining tibbiy-ijtimoiy xavf omillarini batafsil tahlil qilish dispanser kuzatuvining xavfga yo‘naltirilgan modelini joriy etishni asoslash imkonini berdi. Yuqori xavf guruhlarini ajratish saraton oldi jarayonlarini aniqlashni oshirish va akusherlik-ginekologik yordam tizimida profilaktika ishlarini optimallashtirishni ta’minladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: OPV infeksiyasini tashxislashning noinvaziv usullaridan foydalanish (siydikning PZR tekshiruvi, E6/E7 onko-oqsillarini aniqlash) homilador ayollarda OPV infeksiyasining klinik jihatdan ahamiyatli shakllarini aniqlashni amalga oshirishga imkon berishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 20 mayda 01-R\130-son bilan tasdiqlangan "Odam papilloma virusi bilan kasallangan homilador ayollarni tashxislash va olib borishga kompleks integratsiyalashgan yondashuv" va Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 iyundagi 06-25/656-son bilan tasdiqlangan "Homiladorlarda OPV infeksiyasida qin mikrobiomasining roli" nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 28 iyuldagi 74-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 16 iyuldagi 103-son buyruqlari bilan amalietga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu algoritmni qo‘llash quyidagilarni ta’minlaydi: tekshiruvdan oldingi psixologik to‘siqni kamaytirish; homilador ayollarning skriningga sodiqligini oshirish; profilaktika dasturlari bilan qamrab olishni kengaytirish; bachadon bo‘yni saraton oldi o‘zgarishlarini erta aniqlash; bemorlarni oqilona yo‘naltirish. Bosqichma-bosqich diagnostika modelini joriy etish bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanishni kamaytirishga va reproduktiv yoshdagi ayollarda onkologik patologiya bilan bog‘liq ijtimoiy yukni kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy milliy standartlar bo‘yicha barcha homilador ayollarni bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklariga skrining tekshiruvidan o‘tkazish zarurligini hisobga olsak, 1 nafar homilador ayolni PZR diagnostika usulida tekshirish uchun 200000 so‘m, sitologiyaga surtmani tekshirish uchun 200000 so‘m sarflanishini inobatga olsak, 1 nafar homilador ayolni tekshirish uchun 400000 so‘m sarflanishi kelib chiqadi. Har yili respublikada bir millionga yaqin xotin-qizlar ro‘yxatga olinadi. Shunday qilib, bachadon bo‘yni saratonini skrining qilish xarajatlari 40 milliard so‘mni tashkil etadi. Ekspress-testlar qo‘llanilganda, chuqur tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak bo‘lgan homilador ayollar umumiy sonining taxminan 28% aniqlanadi. Xulosa: OPV tashuvchanlik va intraepitelial neoplaziya uchun ekspress testlardan foydalanish har yili 28 milliard so‘mni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: Bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari bo‘lgan homiladorlarda qin disbiotik buzilishlari va qo‘shma virus-bakterial infeksiyalar chastotasi OPV-manfiy homiladorlarga qaraganda sezilarli darajada yuqori ekanligi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 20 mayda 01-R\130-son bilan tasdiqlangan "Odam papilloma virusi bilan kasallangan homilador ayollarni tashxislash va olib borishga kompleks integratsiyalashgan yondashuv" va Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 iyundagi 06-25/656-son bilan tasdiqlangan "Homiladorlarda OPV infeksiyasida qin mikrobiomasining roli" nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 28 iyuldagi 74-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 16 iyuldagi 103-son buyruqlari bilan amalietga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/15-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: OPV bilan kasallangan homilador ayollarda qin mikrobiotsenozini kompleks baholash va aniqlangan disbiotik buzilishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish imkoniyatidan iborat. Bu quyidagilarga imkon beradi: homiladorlikning infeksion-yallig‘lanish asoratlari chastotasini kamaytirish; erta tug‘ruq xavfini kamaytirish; perinatal asoratlarning oldini olish; tug‘ruqdan oldin tug‘ruq yo‘llarining sanatsiyasini ta’minlash; reproduktiv natijalarni yaxshilash. Mikrobioma diagnostikasiga kompleks yondashuv ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga, onalar va perinatal kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Femoflor 16 usuli qin mikrobiotsenozini o‘rganishning zamonaviy usullaridan biri bo‘lib, nafaqat qin mikrobiotasining 16 tagacha turdagi mikroorganizmlarini, balki ularning miqdoriy tarkibini ham aniqlash imkonini beradi. Qo‘zg‘atuvchilarning 4-5 turini aniqlash imkonini beruvchi ajralmalarni ekish bitta tadqiqot uchun 300000 so‘mga, 3-4 qo‘zg‘atuvchining IFA diagnostikasi esa – 350000 so‘mga tushishini hisobga olsak, bitta homilador ayolni tekshirish (to‘liq bo‘lmagan hajmda) uchun xarajatlar 650000 so‘mga tushadi. Femoflor 16 (sifat va miqdoriy) usulida 16 ta mikroorganizmni o‘rganish 450000 so‘mga tushadi. Xulosa: shunday qilib, zamonaviy usulni qo‘llagan holda ayollarni tekshirishda iqtisod qilish 1 ayol uchun 150000 so‘mni tashkil etadi. Har yili 1 millionga yaqin homilador ayolni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zarurligini hisobga olsak, yiliga 150 milliard so‘m tejaladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda III trimestrda OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni kasalliklarini kompleks davolash tarkibida ul`tratovush kavitatsiyasini qo‘llash yallig‘lanish o‘zgarishlarini kamaytirishga, bachadon bo‘yni epiteliysi holatini yaxshilashga va tug‘ruqdagi asoratlarni oldini olishga yordam berishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 20 mayda 01-R\130-son bilan tasdiqlangan "Odam papilloma virusi bilan kasallangan homilador ayollarni tashxislash va olib borishga kompleks integratsiyalashgan yondashuv" va Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 iyundagi 06-25/656-son bilan tasdiqlangan "Homiladorlarda OPV infeksiyasida qin mikrobiomasining roli" nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2025 yil 28 iyuldagi 74-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 16 iyuldagi 103-son buyruqlari bilan amalietga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 22.09.2025 yildagi 25/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: har yili bir millionga yaqin homilador ayollarni qamrab olgan holda taklif etilgan bachadon bo‘yni saratoni skrining dasturini amalga oshirish xavf guruhlarini o‘z vaqtida aniqlash, dispanser kuzatuvi tizimini shakllantirish va tug‘ruqqa tayyorgarlik davrida tug‘ruq yo‘llarini sanatsiya qilish imkonini beradi. Tug‘ruqdan keyingi davrda saraton oldi jarayonlarini kompleks kuzatish va davolash bachadon bo‘yni patologiyasi sonini kamaytirishga va ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, bu esa bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurashda muhim ijtimoiy-profilaktik ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: har yili 1 mln nafar homilador ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish orqali bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini erta aniqlash va davolash bachadon bo‘yni saratonining og‘ir shakllari va o‘tib ketgan shakllarini oldini olish imkonini beradi, bitta bemorni davolash jarrohlik davolash uchun ko‘p millionli xarajatlarni (12-15 mln. , kimyoterapiya (1800000 so‘m) va nur terapiyasi (bir seans uchun 350000 so‘m). Xulosa: Bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklarini o‘z vaqtida tashxislash va ratsional davolash ushbu patologiya bilan bog‘liq nogironlik va o‘limning rivojlanishini samarali oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, erta aniqlash va davolashning optimallashtirilgan usullarini joriy etish har bir ayolga o‘rtacha 17250000 so‘m iqtisodiy samarani ta’minlaydi.