Abdulxamidov Alibek Abduboki ug‘li ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Son suyagi singan bemorlarda perioperatsion analgeziyada perikapsulyar nervlar guruhi blokadasining roli va samaradorligini baholash”, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2591.
Ilmiy rahbarlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi,  DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Shimoliy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi  Son suyagining proksimal qismi singan bemorlarda perioperatsion davrda perikapsulyar nervlar guruhlarining blokadasini qo‘llash orqali og‘riqsizlantirish samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ultratovush nazorati ostida perikapsulyar nervlar guruhi blokadasining son nerv blokadasiga nisbatan samaradorligi gemodinamik ko‘rsatkichlar va raqamli baholash shkalasi asosida isbotlangan; 
perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi bemorning qulay mustaqil o‘tirish burchagini 90° ga yaxshilashi va son oldingi mushak guruhlarining kuchini saqlab qolishi aniqlangan, bu esa operatsiyadan keyingi birinchi sutkada bemorlarning tezroq faollashishiga imkon berishi isbotlangan; 
perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi narkotik analgetiklarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, analgetik ta’sirni uzaytirish, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish va bemorning shifoxonada yotish muddatini qisqartirishdagi samaradorligi asoslangan;
perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi uchun mahalliy anestetikning optimal hajmi kompyuter tomografiyasi va klinik ma’lumotlarga asoslanib ilmiy jihatdan isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3-fevral sanasidagi № 02/24 - sonli bayoni xulosasiga ko‘ra, olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
Tadqiqot natijalariga asoslangan holda, “Son suyagining proksimal sohasi sinishlari bilan bemorlarda og‘riqsizlantirishda perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi” uslubiy tavsiyanomalari ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotida joriy etilgan (RShTYoIM Ilmiy Kengashining 2025 yil 6 martdagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasi). 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3-fevral sanasidagi № 02/24 - sonli bayoni xulosasiga ko‘ra, olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
birinchi ilmiy yangilik: ultratovush nazorati ostida perikapsulyar nervlar guruhi blokadasidan foydalanish bilan tavsiya etilgan og‘riqsizlantirish usuli fonida gemodinamik ko‘rsatkichlarning zuriqishini kamayishi va og‘riqning raqamli reytingli shkalasi buyicha kamayishi samaradorligi isbotlandi. Mazkur usul Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 22 apreldagi № 17 - raqamli buyruq), hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 2 maydagi № 102/1-raqamli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: son suyagi proksimal sohasi sinishlarida tavsiya etilgan samarali va xavfsiz usuli, perioperatsion davrda ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali tibbiy yordam sifatini ijobiy klinik natijalar bilan yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi yordamida operatsiyadan keyngi davrda umumiy opioid iste’molini 44% kamaytirish xisobiga (43 nafar bemor uchun taxminan 380000 ming so‘m) tejash imkonini beradi. Xulosa: ul`tratovush nazorati ostida perikapsulyar nervlar guruxi blokadasi samarodor va iqtisodiy jixatdan foydalik usul bulib, ogriqni kamayishi xisobiga opioidlar sarfini kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi yordamida og‘riq sindromi kamaygani xisobiga intraoperatsion davrda spinal anesteziya vaxtida bemorlarning 900 da qulay mustaqil o‘tirish burchagini yaxshilashi  va opiatlar (fentanil) ishlatilishi keskin kamaytirishi isbotlandi, xamda ushbu son oldingi guruh mushaklarini kuchini saqlagan xolda, barcha bemorlarni operatsiyadan keyingi erta davrda (birinchi sutkada) aktivlashtirishga imkon berishi isbotlangan. Usul Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 22  apreldagi № 17 - raqamli buyruq), hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 2 maydagi № 102/1-raqamli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan og‘riqsizlantirish usuli son suyagini proksimal sohasi sinishi bulgan travmatologik operatsiya qilingan bemorlarda intraoperativ davrda og‘riq sindromini davolash natijasida narkotik analgetiklar sarfini kamaytirish, spinal anesteziya texnikasini osonlashtirish va son oldingi guruh mushaklarini zaifligini chaqirmasligi xisobiga, operatsiyadan keyngi davrda bemorlarni tezroq faollashtirishni yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: son suyagi proksimal sohasi sinishi bulgan bemorlarda perikapsulyar nervlar guruhi blokadasidan foydalanish spinal anesteziya vaxtida bemorlarning 900 da qulay mustaqil o‘tirish burchagini 44% yaxshilashi xisobiga, anesteziya texnikasini utkazilishini osonlashtirishga va fentanil sarfini 44% ga kamaytirishga imkon beradi (43 nafar bemor xisobiga 85000 sum mablag‘ tejalishi taminlanadi). Son oldingi guruh mushaklarini kuchiga tasir etmaganligi uchun, 4 baravar kuproq bemorlarni faollashtirishga erishildi. Xulosa: son suyagi proksimal sohasi sinishi bulgan bemorlarda perikapsulyar nervlar guruhi blokadasidan foydalanish spinal anesteziya texikasini osonlashtirib, opiatlar sarfini qisqartirish va bemorlarni erta faollashtirirish uchun samarali va iqtisodiy jihatdan maqbul usuli hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: narkotik analgetiklarga ehtiyojni kamayishi, og‘riqsizlantirish ta’sirining davomiyligi ortishi, faollashtirilgan bemorlarning soni ortishi va asoratlarning kamaytirishi isbotlangan. Mazkur usul Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 22  apreldagi № 17 - raqamli buyruq), hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 2 maydagi  № 102/1-raqamli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi operatsiyadan keyngi davrda (birinchi sutkada) umumiy narkotik analgetiklarni sarfini 44% kamaytirish, opiatlarni birinchi talab vaxtini 57% ortishiga,  og‘riqsizlantirish davomiyligini 60% oshirishga, xamda operatsiyadan keyngi deliriy sonini 7 baravar kamaytirishga imkon berdi. Taklif etilgan tavsiyalar natijasida operatsiyadan keyingi erta davrda 4 baravar ko‘proq bemorlarni faollashtirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu usul qo‘lanilishi natijasida bemorlarni shifoxonada yotishi 37,5% kiskarish va 37% iqtisodiy samaradorlikga erishildi (43 nafar bemor xisobiga 9300000 mln so‘m mablag‘ tejalishi taminlanadi). Xulosa: perikapsulyar nervlar guruhi blokadasi operatsiyadan keyngi davrda son suyagi proksimal sohasi sinishi bulgan bemorlarda adekvat og‘riqsizlantirish xisobiga umumiy opiatlar qabul qilinishini kamaytiradi, operatsiyadan sungi asoratlarni kamaytirib, bemorlarni shifoxonada yotishi 37,5% kiskarishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kontrastlik kompyuter tomografiyasi ma’lumotlari va klinik ma’lumotlar bilan taqqoslash natijasida perikapsulyar nervlar guruxi uchun optimal maxalliy anestetik xajmi 15-20 ml ekanligi aniqlandi. Mazkur ssul Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 22  aprel, № 17 - raqamli buyruq), hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali anesteziologiya va travmatologiya bo‘limlari amaliyotiga (2025 yil 2 may,   № 102/1-raqamli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Kontrastlash bilan KT ga asoslangan holda perikapsulyar nervlar guruhi blokadasida mahalliy anestetikning optimal hajmi 15-20 ml bo‘lib hisoblanadi, va klinik jihatdan samaraning 40% ga davomli ta’siri bilan, og‘riqning 33% va 45% ga kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu usul qo‘lanilishi natijasida bemorlarni shifoxonada yotishi 37,5% kiskarish va 37% iqtisodiy samaradorlikga erishildi (43 nafar bemor xisobiga 9300000 mln so‘m mablag‘ tejalishi taminlanadi). Xulosa: taklif etilgan usul maxaliy anestetikni 15-20 ml xajimda ishlatish adekvat og‘riqsizlantirish imkonini beradi. 
Ilmiy yangilikning kengaytirilgan joriy qilinishi: “Son suyagi singan bemorlarda perioperatsion analgeziyada perikapsulyar nervlar guruhi blokadasining roli va samaradorligini baholash” dissertatsiyasi natijalarini boshqa tibbiyot muassasalarida keng miqyosda joriy etish uchun ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2026 yil 19 yanvar 02-02/155-sonli xati yuborilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish