Do‘schonov Shodyorbek Yo‘ldoshovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining ijodiy loyihalar orqali maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. (texnologikta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped.10015
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolmatova Ziroat Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Ro‘ziev Erkin Iskandarovich; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Juraev Akmal Rozzoqovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti  
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining ijodiy loyihalar orqali maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy kontekstidagi loyihalash, ijodiy-innovatsion, texnologik-metodik komponentlarini tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarga ta’sirini darajali differensiallash, amaliy faoliyatga yo‘naltirishni innovatsion-amaliy foaliyatga integratsiyalashni refleksiv modulli baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsad-jarayon-natija uzviyligida ijodiy loyihalarni rivojlantirish bosqichlarini mustaqillik, ijodkorlik amaliy kompetensiyalarga muvofiqligini ta’minlash, loyihaviy ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining ijodiy loyihalar orqali maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’lim mazmunining maqsadga muvofiqligini natijaga yo‘naltirilgan real muammoli loyihalarga dual ta’lim elementlarini singdirish, ijodiy-mustaqil izlanishga innovatsion-texnik-didaktik vositalarini metodik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy loyihalar orqali maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishni nazorat qilish va baholash mezonlari ijodiy va amaliy foliyatni rag‘batlantirishni real kasbiy ko‘nikmalarda aks ettirish, indikator va deskriptorlarini kiritish orqali monitoring va tahlilni kuchaytirish asosida optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining ijodiy loyihalar orqali maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Tadqiqot natijalari tahlili asosida aniqlangan xulosa, taklif va tavsiyalar bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijodiy loyiha ishlarini tayyorlash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur ilmiy tavsiyalar “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” va “Texnologiya ta’limi metodikasi” fanlari uchun o‘quv qo‘llanma yaratish jarayonida nazariy va amaliy asos sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘i asosida);
tadqiqot natijalari oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining (buyumlarni loyihalash, ijodiy yondashuv, tadbirkorlik va ishbilarmonlik hamda robototexnikaga oid) maxsus kompetensiyalarini “Creative project method” (ijodiy loyihalash metodi), Dizayn fikrlash (Design thinking), Case-study metodlari asosida o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan, maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishning diagnostik baholash (reproduktiv, produktiv va kreativ) mezonlari aniqlangan. Qoriy Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqolpog‘iston filialidagi “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasida “Xalq hunarmandchilgiga oid ijodiy loyihalarni bajarish orqali yoshlarning milliy va tarixiy qadriyatlarga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otish” qismini bajarishda foydalanilgan. (Qoriy Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqolpog‘iston filialining 2025-yil 17-noyabrdagi 432-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’limning mazmuni takomillashgan bo‘lib, ta’lim oluvchilarning bilimlari va tadbirkorlik ko‘nikmalari yanada oshganligini ko‘rish mumkin:
tadqiqot ishida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ijodiy loyihalar tayyorlash bosqichlari, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasini o‘rgatish uchun yaratilgan materiallar, taklif va tavsiyalardan “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fanidan va “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘i asosida) ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish