19 mart kuni OAK raisi A.T.Yusupov tomonidan Toshkent shahrida Milliy estrada san’ati institutining ilmiy-pedagogik jamoasi hamda yosh ilmiy tadqiqotchilari bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuvda oliy ta’lim tashkilotining 135 nafar ilmiy-pedagogik jamoasi, xususan 35 yoshgacha bo‘lgan 102 nafar yosh tadqiqotchi ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ilm-fanning o‘rni, ilmiy-pedagogik kadrlar faoliyati va ilmiy-amaliy salohiyatining ahamiyati va bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa yosh olimlarni, ayol-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, munosib rag‘batlantirish borasidagi amliy ishlar xususida fikrlar bildirildi. Yuzma-yuz uchrashuvda yosh tadqiqotchilarning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar attestatsiyasiga doir 10 ta savoliga batafsil tushuntirishlar berildi va 1 nafar tadqiqotchining ilmiy faoliyati yuzasidan joyida namunaviy tarzda uslubiy yordam ko‘rsatildi.


Uchrashuv so‘nggida Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qarori asosida Milliy estrada san’ati institutining dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan bir guruh yosh pedagoglariga attestatlarni tantanali ravishda topshirish marosimi o‘tkazildi.
OAK Axborot xizmati.