Qarshiev Bekzod Abdikarim o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek qissalarida ong oqimi tasviri” (Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam va Qo‘chqor Norqobil qissalari misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3745.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.08
Rasmiy opponentlar: Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shofiev Obidjon Baxtiyorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek qissalarida ong oqimi tasviri va uni ifodalovchi vositalarni Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam va Qo‘chqor Norqobil qissalari asosida falsafiy-estetik, psixoanalitik yondashuvlar orqali dalillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy tasvirni muallif va qahramon dialektikasida idrok etilishini ta’minlovchi, jamiyat bilan uzviy bog‘lovchi hissiyot, o‘y-kechinma, tasavvurga aloqador ruhiy, murakkab tarkibli g‘ayrishuuriy voqeliklar silsilasi ong oqimining asosini tashkil qilishi “Galatepaga qaytish”, “Bayramdan boshqa kunlar” va “Ko‘l qa’ridan qaytgan muhabbat” kabi asarlar orqali ochib berilgan;
ong oqimining rivoya texnikasi tuyg‘u, taassurot va fikrlarni ifodalovchi ichki monolog, reallikdan aloqasi uzilgan, ro‘yo va hush oralig‘idagi obrazlarning gallyusinatsiyasi, zamon qonuniyatini yo‘qotuvchi, qahramonning orzu-xayollarini tashuvchi tush hamda asar g‘oyasini o‘tmishga qaytib yorituvchi xotirlash kabi psixopoetik vositalar orqali voqelanishi isbotlangan;
ong oqimi asosiga qurilgan qissalarda syujetning retrospektiv va xronikal turlari assotsiativ syujetga uyg‘unlashib, botiniy, ichki sezimlar negizidagi ruhiyat tasviri birinchi o‘ringa, obrazlar tizimini harakatlantiruvchi voqea-hodisalar bayoni ikkinchi o‘ringa o‘tgan syujet tipini hosil qilishi aniqlangan;
personajlar psixologiyasi aks ettirilgan “Mustafo”, “Otoyining tug‘ilgan yili” va “Kulib tur, azizim” kabi qissalarda badiiy xronotopning muallif bayonidagi birinchi darajali va qahramon ongidagi ikkinchi darajali binar, ya’ni ikkilangan ko‘rinishlari hosil bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek qissalarida ong oqimi tasvirini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
badiiy tasvirni muallif va qahramon dialektikasida idrok etilishini ta’minlovchi, jamiyat bilan uzviy bog‘lovchi hissiyot, o‘y-kechinma, tasavvurga aloqador ruhiy, murakkab tarkibli g‘ayrishuuriy voqeliklar silsilasi ong oqimining asosini tashkil qilishi “Galatepaga qaytish”, “Bayramdan boshqa kunlar” va “Ko‘l qa’ridan qaytgan muhabbat” kabi asarlar orqali ochib berilgan o‘rinlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2019/2021 yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 8 sentyabrdagi 01/04-5840-son ma’lumotnomasi). Natijada Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam va Qo‘chqor Norqobilning qissalari misolida o‘zbek nasridagi ong oqimi poetikasi, neosyujet tiplari asoslanishiga erishilgan;
ong oqimining rivoya texnikasi tuyg‘u, taassurot va fikrlarni ifodalovchi ichki monolog, reallikdan aloqasi uzilgan, ro‘yo va hush oralig‘idagi obrazlarning gallyusinatsiyasi, zamon qonuniyatini yo‘qotuvchi, qahramonning orzu-xayollarini tashuvchi tush hamda asar g‘oyasini o‘tmishga qaytib yorituvchi xotirlash kabi psixopoetik vositalar orqali voqelanishiga oid xulosalardan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2023/2024 yillarda bajarilgan “Open Food Innovation University – OFINU” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining 2025 yil 1 iyuldagi 04/1-894-son ma’lumotnomasi). Natijada ong oqimi falsafasini integratsiyalovchi, uning badiiy matnda voqelanishini ta’minlovchi psixopoetik vositalarga doir ma’lumotlarning kengayishiga erishilgan;
ong oqimi asosiga qurilgan qissalarda syujetning retrospektiv va xronikal turlari assotsiativ syujetga uyg‘unlashib, botiniy, ichki sezimlar negizidagi ruhiyat tasviri birinchi o‘ringa, obrazlar tizimini harakatlantiruvchi voqea-hodisalar bayoni ikkinchi o‘ringa o‘tgan syujet tipini hosil qilishi haqidagi ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi nasr va adabiy tanqid kengashlari va uyushmaning Samarqand viloyati bo‘limida ijodkor yoshlar bilan bo‘lgan seminarlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2025 yil 24 iyundagi 01-03/278-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar adabiy jarayondagi modern tafakkur tarzi va ong oqimi tasviri haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi;
personajlar psixologiyasi aks ettirilgan “Mustafo”, “Otoyining tug‘ilgan yili” va “Kulib tur, azizim” kabi qissalarda badiiy xronotopning muallif bayonidagi birinchi darajali va qahramon ongidagi ikkinchi darajali binar, ya’ni ikkilangan ko‘rinishlari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025 yil yanvar oyidagi “Til – millat ko‘zgusi” nomli ko‘rsatuvi va 2025 yil 13 avgust kuni efirga uzatilgan “Til – millat ko‘zgusi” eshittirishi uchun tayyorlangan dastur ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2025 yil 20 oktyabrdagi 01-07/348-son ma’lumotnomasi). Natijada modern va postmodern asarlarda uchraydigan binar, ya’ni ikkilangan makon va zamon konsepsiyasi xususidagi xulosalar ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.