Xasanov Jaxongir Alijon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doiraviy elastik plastinkalarning chiziqlimas tebranishlarini dinamik so‘ndirish masalalari”  (Zadachi dinamicheskogo gasheniya nelineynix kolebaniy kruglix uprugix plastin) 01.02.01 – Nazariy mexanika (fizika matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1234
Ilmiy rahbar: Dusmatov Olimjon Musurmonovich fizika matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.FM/T.16.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Kamaldjan Abbosovich texnika fanlari doktori, professor; Manglieva Juragul Hamroqulovna fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;  
Yetakchi tashkilot nomi:  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: garmonik kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi tebranishlardan himoyalanuvchi nomukammal elastik doiraviy plastinkalarni elastik dempferlovchi elementi materiali gisterezis tipidagi dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgichlar bilan chiziqli bo‘lmagan ko‘ndalang tebranishlarini matematik modellashtirish, tebranishlarining dinamik so‘ndirish effektivligini baholash, ustuvorligini tekshirish metodikalari ishlab chiqish hamda tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tebranishlardan himoyalanuvchi nomukammal elastik doiraviy plastinkalar va dinamik so‘ndirgichlar elastik dempferlovchi elementlari materiallarining gisterezis tipidagi dissipativ xususiyatlarini hisobga olib, garmonik kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’sirlaridagi ko‘ndalang chiziqlimas tebranishlarining matematik modellari yaratilgan;
doiraviy plastinkalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi chiziqlimas garmonik kinematik ko‘ndalang tebranishlarida uzatish funksiyalarini, tasodifiy tebranishlarida ko‘chishlari va absolyut tezlanishlarining o‘rtacha kvadratik qiymatlari ifodalarini analitik aniqlash metodikalari ishlab chiqilgan;
doiraviy plastinkalar materiallarining qaralayotgan jarayonlarda chiziqli bo‘lmagan gisterezis tipidagi dissipativlik xossalarini hisobga olgan holda tebranishlarini so‘ndirish effektivligi parametrlari bo‘yicha baholangan va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tebranishlardan himoyalanuvchi doiraviy plastinkalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi garmonik kinematik va tasodifiy ko‘ndalang chiziqli bo‘lmagan tebranishlarining ustuvorlik shartlarini aniqlash metodikalari ishlab chiqilgan hamda sonli echish uslubiyotlarini qo‘llash natijasida ustuvorlik chegaralari va sohalari dinamik so‘ndirgichlarning parametrlari bo‘yicha aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Garmonik kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlarda tebranishlardan himoyalanuvchi doiraviy plastinkalarning dinamikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
doiraviy plastinkaning dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlari matematik modeli va dinamikasini baholashning sonli tahlil etish uslubiyati Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasida transport vositalarining doiraviy plastinka shaklidagi qismi tebranishlarini o‘rganishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 09.07.2025 yildagi № 04/7150 sonli ma’lumotnomasi). Natijada dinamik so‘ndirgichni qo‘llanilishi o‘rnatilish nuqtasiga qarab tebranishlar amplitudasini 1.4 martadan 2.5 martagacha kamaytirilishiga erishilgan.
plastinkalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi chiziqlimas tebranishlarida kinematik qo‘zg‘alishlarda uzatish funksiyalarini, tasodifiy qo‘zg‘alishlarda ko‘chishlar va absolyut tezlanishlarning o‘rtacha kvadratik qiymatlarini analitik aniqlash metodikalaridan hamda plastinkalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarini ustuvorlik shartlari bo‘yicha ustuvorlik chegaralari va sohalarini aniqlashning sonli hisoblashlar algoritmlari davlat dasturlari doirasida 2024-2025 yillarda bajarilgan FL-7923051889-sonli “Cho‘yanlarning struktura hosil qilish va lokal deformatsiyalanishi jarayonlarini o‘rganish maqsadida yaxshilangan markalari hamda ularning fizik-mexanik tavsiflarini buzmasdan nazorat qilish usullari va vositalarini yaratish” mavzusidagi xalqaro fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 8.01.2026-yildagi № 04-01/95 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sistemalar dinamikasini o‘rganish va sonli tahlil etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish