To‘ychiev Xasanboy Toxir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Geterokompozit metall-polimer tizimlar va qoplamalarni qo‘llash bilan quruq ishqalanish sharoitida ishlaydigan konstruksiyalarni takomillashtirish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi hamda 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4431.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor, Ziyamuxamedova Umida Alijonovna (02.00.07)
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor, Bakirov Lutfillo Yuldoshalievich (05.02.01)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.10/2025.27.12.T.01.04 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kurbonov Mirtemir Shodievich – texnika fanlari doktori (DSc), professor; Riskulov Alimjon Axmadjanovich – texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida pnevmotransport ventilyatori parraklarida qo‘sh armirlash usuli bilan mustahkamlangan metall-polimer tizimi uchun geterokompozit polimer material va ishqalanish sharoitida eyilishga bardoshli antistatik qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pnevmotransport ventilyatori parraklarida uzlyuksiz ipak tolalari bilan armirlangan elastik qatlam hamda bazalt-kaolin binar to‘ldiruvchilari bilan modifikatsiyalangan mustahkamlovchi qatlamdan iborat qo‘sh armirlangan metall-polimer tizimli zarbga va vibratsiyaga chidamli geterokompozit material tarkibi ishlab chiqilgan;
binar to‘ldiruvchi tarkibidagi kaolin dispers zarrachalari geterokompozit materialning strukturasi shakillannish davrida epoksid smolasi fazoviy to‘rlari hamda uzlyuksiz va kalta tolalar orasidagi hosil bo‘ladigan bo‘shliqlar ko‘rinishidagi nuqsonlarni to‘ldirish hisobiga materialning fizik-mexanik xossalarini ortishiga olib kelishi aniqlangan;
pnevmotransport ventilyatorlari parraklarining ishchi yuzalari uchun quruq ishqalanish va abraziv eyilish sharoitida yuqori ekspluatatsion resursni ta’minlovchi metall-polimer tizimli geterokompozit materiallarning yangi tarkibi ishlab chiqilgan;
eyilishga bardoshli polimer qoplama tarkibidagi elektr o‘tkazuvchi dispers grafit va alyuminiy kukuni to‘ldiruvchilari hamda epoksid bog‘lovchisining fazoviy to‘rini shakllantirishda metil-5-norbornen-2,3-dikarbon angidrididan qotiruvchi agent sifatida foydalanish, tizimda sinergetik effektni yuzaga keltirishi aniqlangan;
epoksid smolasi asosidagi eyilishga bardoshli polimer kompozit qoplama tarkibiga grafit kukunining qo‘shilishi, ishqalanish jarayonida alyuminiy kukuni dispers zarrachalarining faollashuvi natijasida elektrostatik zaryad o‘tkazuvchi zanjirlar hosil qilib, materialning antistatik xususiyatini yaxshilashi havo oqimi aerodinamik qarshiligini kamaytirish orqali oqim barqarorligini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Geterokompozit metal-polimer tizimlar va qoplamalarni qo‘llash bilan quruq ishqalanish sharoitida ishlaydigan konstruksiyalarni takomillashtirish tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ventilyator ishchi yuzlariga 0,9-1,1 mm qalinlikdagi geterokompozit polimer qoplamalari «REAL AGRO COTTON» UK tasarrufidagi «Real Tex Toshkent» MChJ da amaliyotga joriy etigan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2773-son ma’lumotnomasi). Natijada ventilyatorning ishlash vaqtini 33-40% ga, ish samaradorligini esa 10-15% ga oshirish imkonini bergan;
konstruksiyasini geterokompozit polimer materialni qo‘llash orqali optimallashtirilib massasi engilashtirilgan ventilyator parragi «REAL AGRO COTTON» UK tasarrufidagi «Real Tex Toshkent» MChJ da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2773-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya sarfini 15-18 %ga kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan antifriksion va antifriksion-eyilishbardoshli kompozision termoreaktiv materiallar va qoplamalar olishning samarali texnologiyasi «REAL AGRO COTTON» UK tasarrufidagi «Real Tex Toshkent» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2773-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologiyaning joriy etilishi texnologik jixozlarning ishlash muddatini 1,5-1,8 marta oshirish imkonini bergan.