Yusupova Iroda Axmadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajriba sharoitidagi immobilizasion stressda me’da osti bezining funksional va strukturaviy o‘zgarishlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6291.
Ilmiy rahbar: Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yariev Alisher Alijonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir va surunkali eksperimental stressda me’da osti bezining funksional va morfologik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
immobilizatsion stress sharoitida ilk bor modda almashinuvi va gormonal regulyasiya mexanizmlari kompleks tahlil qilinib, insulin, S-peptid, HOMA-IR va CARO indekslari, glikolizlangan gemoglobin hamda kontrinsulyar gormonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi va ularning stress sharoitida metabolik disfunksiya rivojlanishidagi patogenetik ahamiyati asoslangan;
assotsiativ tahlillar asosida immobilizatsion stress sharoitida aniqlangan lipaza, proteaza va amilaza fermentlari faolligidagi o‘zgarishlarning oshqozon osti bezi fermentativ disfunksiyasining rivojlanishidagi hamda funksional buzilishlarning erta prediktor sifatidagi ahamiyati isbotlangan;
eksperimental stress ta’sirida oshqozon osti bezining keng qamrovli morfologik va immunogistokimyoviy tavsifiga asoslanib, atsinar hujayralarda distrofik o‘zgarishlarning rivojlanishi, stroma shishi, proliferativ faolligi susayishi va apoptotik jarayonlar kuchayishi asoslangan;
immobilizatsion stress sharoitida oshqozon osti bezida patogenetik o‘zgarishlar insulinrezistentlik rivojlanishi bilan bog‘liqlikning stress keltirib chiqaradigan oshqozon osti bezi disfunksiyasini erta tashxislash va davolashga patogenetik jihatdan yo‘naltirilgan yondashuvlarni takomillashtirish uchun diagnostik va prognostik qiymati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir va surunkali eksperimental stressda me’da osti bezining funksional va morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental immobilizatsion stress sharoitida modda almashinuvi parametrlari (insulin, C-peptid, HOMA-IR va CARO indekslari, glikolizlangan gemoglobin) va gormonal regulyasiya mexanizmlari (kontrinsulyar gormonlar) o‘rtasidagi ishonchli korrelyasiyalar aniqlanib, ularning stress sharoitida metabolik disfunksiya rivojlanishidagi patogenetik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 dekabrda 11-25/482-t-son bilan tasdiqlangan «Kompleksniy podxod k monitoringu gormonal`nix i metabolicheskix izmeneniy pri xronicheskom stresse» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.11.2025 yildagi 01-10/81-son hamda Andijon tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2025 yildagi 5515-1-16-TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 12 yanvardagi 01/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immobilizasion stress holatlarida oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchiligining erta diagnostikasi va patogenetik tuzatishning joriy etilishi ijtimoiy samaradorlikni sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Oshqozon-ichak tizimi (OIT) funksional buzilishlari, jumladan, oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchiligi va ichak disbiozi, sport tibbiyotida yuqori samaraga erishish uchun muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: yangi profilaktika va erta korreksiya usullarini joriy etish bemorlarni shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish, dori-darmonlar uchun xarajatlarini kamaytirish va diagnostika samaradorligini oshirish natijasida 2100000 so‘m miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: assotsiativ tahlillar asosida immobilizatsion stress sharoitida aniqlangan lipaza, proteaza va amilaza fermentlari faolligidagi o‘zgarishlarning oshqozon osti bezi fermentativ disfunksiyasining rivojlanishidagi hamda funksional buzilishlarning erta prediktori sifatidagi ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbyot universitetning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 dekabrda 11-25/482-t-son bilan tasdiqlangan «Kompleksniy podxod k monitoringu gormonal`nix i metabolicheskix izmeneniy pri xronicheskom stresse» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.11.2025 yildagi 01-10/81-son hamda Andijon tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2025 yildagi 5515-1-16-TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 12 yanvardagi 01/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immobilizasion stress sharoitida oshqozon osti bezi fermentlarining faolligini baholash, fermentativ disfunksiyani aniqlash va patogenetik korreksiyani joriy etish, umumiy ijtimoiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Taklif etilgan usullar ishonchli tashxis, erta korreksiya va yuqori samaraga erishishga yo‘l ochadi. Buning natijasida sportchilarda jismoniy va psixoemotsional yuklamalarga ishonchli qarash orqali ish vaqtini saqlab qolish va yangidan yomonlashuvlarning oldini olishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: immobilizasion stress sharoitida fermentativ disfunksiyaning erta aniqlanishi va patogenetik tuzatish tufayli mehnat qobiliyatini saqlash va asoratlarini erta oldini olish orqali shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish, dori-darmonlar uchun xarajatlarni kamaytirish, diagnostika va reabilitasiya samaradorligi oshirish natijasida 2407500 so‘m miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental stress ta’sirida oshqozon osti bezining keng qamrovli morfologik va immunogistokimyoviy tavsifiga asoslanib, atsinar hujayralarda distrofik o‘zgarishlarning rivojlanishi, stroma shishi, proliferativ faolligi susayishi va apoptotik jarayonlar kuchayishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbyot universitetning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 dekabrda 11-25/482-t-son bilan tasdiqlangan «Kompleksniy podxod k monitoringu gormonal`nix i metabolicheskix izmeneniy pri xronicheskom stresse» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.11.2025 yildagi 01-10/81-son hamda Andijon tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2025 yildagi 5515-1-16-TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 12 yanvardagi 01/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: innovasion diagnostika va davolash usullarini joriy etish, surunkali immobilizasiya stress bilan bog‘liq buzilishlarni erta aniqlash va korreksiya qilishga qaratilib, chekka xududlar tibbiy faoliyatida yuqori ijtimoiy samaraga erishishni ko‘rsatadi. Ushbu usullarning tatbiqi ambulator ko‘riklar sonini qisqartirishga, shifoxonada yotish muddatini kamaytirishga va davolash jarayonini optimallashtirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: innovasion diagnostika va davolash usullarini joriy etish ambulator ko‘riklar sonini qisqartirish, shifoxonada yotish muddatini kamaytirish va davolash jarayonini optimallashtirish natijasida 1934800 so‘m miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: immobilizatsion stress sharoitida oshqozon osti bezida patogenetik o‘zgarishlar insulinrezistentlik rivojlanishi bilan bog‘liqlikning stress keltirib chiqaradigan oshqozon osti bezi disfunksiyasini erta tashxislash va davolashga patogenetik jihatdan yo‘naltirilgan yondashuvlarni takomillashtirish uchun diagnostik va prognostik qiymati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbyot universitetning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 dekabrda 11-25/482-t-son bilan tasdiqlangan «Kompleksniy podxod k monitoringu gormonal`nix i metabolicheskix izmeneniy pri xronicheskom stresse» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.11.2025 yildagi 01-10/81-son hamda Andijon tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2025 yildagi 5515-1-16-TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 12 yanvardagi 01/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: stressga qarshi profilaktika va davolash bo‘yicha ilmiy asoslar va amaliy yo‘nalishlarni ishlab chiqish natijasida, stress holatlarining kelib chiqishi va ta’sirini bartaraf etish uchun yangi usullar ishlab chiqilgan. Bu usullar funksional buzilishlar, jumladan, oshqozon-ichak tizimi va metabolik buzilishlarini bartaraf qilishda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: joriy etilgan innovasion diagnostika, davolash va profilaktika usullaridan foydalanish asoratlar, nogironlik va ular bilan bog‘liq ijtimoiy oqibatlarni kamaytirish orqali shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish, dori-darmonlar uchun xarajatlarni kamaytirish, diagnostika va reabilitasiya samaradorligi oshirish natijasida 4070000 so‘m miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi.