Jamolova Aziza Urinbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postnatal ontogenezda bolalardagi darvoza vena rivojlanishining anatomik xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/B4013.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: postnatal ontogenezning turli davrida bolalarda darvoza vena uning ildizlari va shoxlarini tuzilishining individual o‘zgaruvchanligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalikda darvoza venaning konflyuensi shakllanishining yoshga bog‘liq xususiyatlari, ya’ni kattalarda dominant bo‘lgan A turidan farqli o‘laroq, C turining tarqalishi (40,4%) hamda variantlarning tarqalishidagi zamonaviy jins-yosh o‘zgaruvchanligi (r=0,051) (qizlar orasida C turi va o‘g‘il bolalarda A turining ustunligi) isbotlangan;
darvoza vena poyasi, jigar ichi shoxlari va ildiz venalarining (taloq, yuqori/pastki tutqich) diametri va uzunligining minimal jinsiy dimorfizm bilan barqaror o‘sishining yoshga bog‘liq dinamikasi hamda o‘g‘il bolalar foydasiga pastki tutqich venaning diametridagi ishonchli farq (p=0,020) isbotlangan;
darvoza vena poyasining fazoviy orientatsiyasi (vertikal–qiya–gorizontal) va umurtqa pog‘onasiga nisbatan shakllanish darajasidagi, darvoza gemodinamika rivojlanishining morfogenetik jihatlarini tavsiflaydigan, muntazam yoshga bog‘liq o‘zgarishlar, bolalik davrida “gorizontal/o‘zgaruvchan” konfiguratsiyadan o‘smirlik davridagi vertikal dominant konfiguratsiyaga ishonchli (r<0,05) o‘tish bilan aniqlangan;
tana massa indeksining ultratovush natijalariga minimal ta’sirida (R²≈2–3,5%) kuzatilgan morfometrik parametrlarning tana massa indeksi bilan o‘rtacha ijobiy korrelyasiyasiga asoslanib, klinik amaliyotda natijalarni talqin qilishda yoshga bog‘liq konstitutsiyaviy yondashuv zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Postnatal ontogenezning turli davrida bolalarda darvoza vena uning ildizlari va shoxlarini tuzilishining individual o‘zgaruvchanligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalikda darvoza venaning konflyuensi shakllanishining yoshga bog‘liq xususiyatlari, ya’ni kattalarda dominant bo‘lgan A turidan farqli o‘laroq, C turining tarqalishi (40,4%) hamda variantlarning tarqalishidagi zamonaviy jins-yosh o‘zgaruvchanligi (r=0,051) (qizlar orasida C turi va o‘g‘il bolalarda A turining ustunligi) isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/557-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda darvoza venaning topografik va anatomik xususiyatlarining yoshga bog‘liq o‘zgaruvchanligini morfologik baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: darvoza tizimi anatomik tuzilishini ikki instrumental usulda birgalikda baholash bolalarda diagnostika aniqligini oshirishi, jarrohlik jarayonlarida xato xavfini kamaytirishi, bemor xavfsizligini kuchaytirishi imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: samaradorligi: darvoza venaning anatomik o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda operatsiyalarni rejalashtirish jarrohlik xatolari va takroriy aralashuvlarni kamaytirish, operatsiya vaqtini qisqarish va xavfsizlikni oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: darvoza vena poyasi, jigar ichi shoxlari va ildiz venalarining (taloq, yuqori/pastki tutqich) diametri va uzunligining minimal jinsiy dimorfizm bilan barqaror o‘sishining yoshga bog‘liq dinamikasi hamda o‘g‘il bolalar foydasiga pastki tutqich venaning diametridagi ishonchli farq (p=0,020) isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/557-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda darvoza venaning topografik va anatomik xususiyatlarining yoshga bog‘liq o‘zgaruvchanligini morfologik baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda konflyuens variantlarini hisobga olish jarrohlik aralashuvlari vaqtida texnik qiyinchiliklarni oldindan bashorat qilish, operatsiya davomidagi asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: darvoza venaning anatomik o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda operatsiyalarni rejalashtirish jarrohlik xatolari va takroriy aralashuvlarni kamaytirish, operatsiya vaqtini qisqarish va xavfsizlikni oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: darvoza vena poyasining fazoviy orientatsiyasi (vertikal–qiya–gorizontal) va umurtqa pog‘onasiga nisbatan shakllanish darajasidagi, darvoza gemodinamika rivojlanishining morfogenetik jihatlarini tavsiflaydigan, muntazam yoshga bog‘liq o‘zgarishlar, bolalik davrida “gorizontal/o‘zgaruvchan” konfiguratsiyadan o‘smirlik davridagi vertikal dominant konfiguratsiyaga ishonchli (r<0,05) o‘tish bilan aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/557-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda darvoza venaning topografik va anatomik xususiyatlarining yoshga bog‘liq o‘zgaruvchanligini morfologik baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MSKT va UTT ma’lumotlarini talqin qilish, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolalarda patologik holatlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: darvoza venaning anatomik o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda operatsiyalarni rejalashtirish jarrohlik xatolari va takroriy aralashuvlarni kamaytirish, operatsiya vaqtini qisqarish va xavfsizlikni oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tana massa indeksining ultratovush natijalariga minimal ta’sirida (R²≈2–3,5%) kuzatilgan morfometrik parametrlarning tana massa indeksi bilan o‘rtacha ijobiy korrelyasiyasiga asoslanib, klinik amaliyotda natijalarni talqin qilishda yoshga bog‘liq konstitutsiyaviy yondashuv zarurligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 04-25/557-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda darvoza venaning topografik va anatomik xususiyatlarining yoshga bog‘liq o‘zgaruvchanligini morfologik baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: darvoza tizimining fazoviy anatomiyasini yanada aniqroq baholash jarrohlik rejalashtirishda xatolar xavfini kamaytirish, bolalar xavfsizligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: darvoza venaning anatomik o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda operatsiyalarni rejalashtirish jarrohlik xatolari va takroriy aralashuvlarni kamaytirish, operatsiya vaqtini qisqarish va xavfsizlikni oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish