Karimov Rahmatillo Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kontaktsiz kommutatsiyalovchi qurilmalar asosida elektr energiya sifatini oshirish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T762.
Ilmiy rahbar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» mas’uliyati cheklangan jamiyat, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor; Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr energiya sifatini oshirish uchun kuchlanish stabilizatorining boshqaruv tizimini kontaktsiz qurilmalarni qo‘llash orqali takomillashtirish va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stabilizatorlarning ishonchligini oshirish uchun boshqaruv tizimini takomillashtirish asosida rezistiv elektr zanjirining matematik modellari tuzilgan;
stabilizator boshqaruv tizimi uzluksizligini ta’minlash maqsadida kuchli tok qismi va yuklamani gal`vanik ajratish asosida yangi optik-elektron kontaktsiz kuchlanish relesi yaratilgan;
optik-elektron va sabr-vaqtli optoelektronli kontaktsiz kuchlanish relelarining dinamik jarayonlari tadqiqi uchun MATLAB R2014a amaliy dasturini qo‘llagan holda kommutatsiyalovchi qurilmalarning modellari ishlab chiqilgan;
turli xil tipdagi yuklamalarda kuchlanish stabilligini o‘rganish uchun eksperimental tadqiqot asosida sabr-vaqtli kontaktsiz kuchlanish releli stabilizatorining energetik tavsiflari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
0,4 kV kuchlanishli maishiy elektr iste’molchilar uchun elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va iste’mol samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi optik-elektron kontaktsiz kuchlanish relesi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro uchun patent olingan (№ IAP 05122, 2015). Natijada avtotransformator va vol`t qo‘shuvchi transformatorning chulg‘amlarini kontaktsiz kommutatsiya qilishni takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan releni kuchlanish stabilizatorida qo‘llash orqali maishiy iste’molchilarda elektr energiya sifati yaxshilangan;
0,4 kV kuchlanishli maishiy elektr iste’molchilar kuchlanishining stabilligini ta’minlash maqsadida boshqaruv tizimi takomillashtirilgan kuchlanish stabilizatori “Surxondaryo HETK” AJ “Boysun TET” korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekenergo” AJning 2018 yil 29 dekabrdagi RR-01-21/7469-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kuchlanish stabilizatorini mazkur korxonaning GKTP-35 raqamli transformator podstansiyasidagi 0,4 kV kuchlanishli maishiy elektr iste’molchilariga joriy etish orqali bir yilda 52,6 mln so‘m kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikni olish imkoni yaratilgan.