Abdusattarova Gavxar Shuxrat kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smir yoshdagi bolalarda noepileptik paroksizmal holatlarning klinik va nevrologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4555.
Ilmiy raxbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.11.01.
Rasmiy opponentlar: Saidazizova Shaxlo Xibziddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxkamova Nargiza O‘tkurovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Ozarbayjon davlat tibbiyot universiteti (Ozarbayjon).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda noepileptik paroksizmal holatlarning klinik-nevrologik xususiyatlarini baxolash va bemorlarni tashxislash xamda kuzatish uchun diagnostik kompleks yondoshuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir yoshdagi bemorlarda serotonin darajasi pasayishi bilan noepileptik paroksizmal holatlarning psixogen shakli rivojlanishi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik neyromediatorlarning disbalansi fonida ekanligi aniqlangan;
o‘smir yoshdagi bemorlarda sink miqdorining tanqisligi bilan somatovegetativ buzilishlar o‘rtasida neyrotransmission buzilishlar sababli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
noepileptik paroksizmal holatlar bilan kasallangan bemorlarda epileptiform o‘zgarishlarsiz generallashgan sekin to‘lqinli faollikning yuqori chastotasi hamda vegetativ tizimning vagotonik turi ustunligi aniqlangan;
ilk bor noepileptik paroksizmal holatlar bilan og‘rigan o‘smirlarda vagotonik va psixoemotsional buzilishlarda kardiointervalografiya, EEG-monitoringi, qonda sink, serotaninni aniqlash orkali qiyosiy tashxislashga yondoshuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘smir bolalarda NEPH klinik kechish xususiyatlari, neyropsixologik testlar natijalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘smir yoshdagi bemorlarda serotonin darajasi pasayishi bilan noepileptik paroksizmal holatlarning psixogen shakli o‘rtasida neyromediatorlarning disbalansi sababli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 23 apreldagi ilmiy kengash 9-son bayoennomasi bilan tasdiqlangan “Diagnostika i vedenie neepilepticheskix paroksizmal`nix sostoyaniy u podrostkov: Sovremennie podxodi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yilning 19 maydagi 43-sonli buyrug‘i va 2025 yil 26 maydagi “REASENTR TOSHKENT” klinikaning 38/I- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi : NEPH serotonin mikdorini erta bosqichlarida aniqlash, bolalarda jismoniy, ijtimoiy, hissiy faoliyatlarda hosil bo‘lgan etishmovchiliklarni erta bosqichlarda korreksiya qilish imkonini berdi, bemorlar tiklanish potensialini va ulardagi ijtimoiy va maktab dezadaptatsiyasini tufayli kommunikativ muammolarni yaxshilab, reabilitatsiya bosqichlarini takomillashtirilgani tufayli samarali xisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu taxlilni amaliy qo‘llash Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kuniga 160000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga, REASENTR TOSHKENT klinikasida esa— xar bir bemor uchun 246000 so‘mga erishishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘smir yoshdagi bemorlarda sink miqdorining tanqisligi bilan somatovegetativ buzilishlar o‘rtasida neyrotransmission buzilishlar sababli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 23 apreldagi ilmiy kengash 9-son bayoennomasi bilan tasdiqlangan “Diagnostika i vedenie neepilepticheskix paroksizmal`nix sostoyaniy u podrostkov: Sovremennie podxodi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yilning 19 maydagi 43-sonli buyrug‘i va 2025 yil 26 maydagi REASENTR TOSHKENT klinikaning 38/I- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: NEPH sink mikdorini erta bosqichlarida aniqlash bolalarda vegetativ nerv tizimi faoliyatida hosil bo‘lgan etishmovchiliklarni aniqlashga va ulardagi somatoform vegetativ buzilishlarni erta bosqichlarda korreksiya qilish, davolash choralarini optimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: NEPHga to‘g‘ri endoshib laborator taxlillar uz vaktida qilinsa, ushbu taxlilni amaliy qo‘llash Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kuniga 373000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga, REASENTR TOSHKENT klinikasida esa— xar bir bemor uchun 425000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: noepileptik paroksizmal holatlar bilan kasallangan bemorlarda epileptiform o‘zgarishlarsiz generallashgan sekin to‘lqinli faollikning yuqori chastotasi hamda vegetativ tizimning vagotonik turi ustunligi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 23 apreldagi ilmiy kengash 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Diagnostika i vedenie neepilepticheskix paroksizmal`nix sostoyaniy u podrostkov: Sovremennie podxodi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yilning 19 maydagi 43-sonli buyrug‘i va 2025 yil 26 maydagi REASENTR TOSHKENT klinikaning 38/I- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi.. Ijtimoiy samaradorligi: ambulatoriya sharoitida erta tashxislash diagnostika mezonlaridan foydalanish NEPH shakllanishi va ogirlashmasligini erta aniqlash imkonini beradi. Ushbu tekshiruvdan foydalanish ambulatoriya shifokorlariga davolashning maqsadli mezonini qo‘llash imkonini beradi. Puxta o‘tkazilgan ensefalografiya yordamida ambulator, maktab yoshdagi bolalarni psixologik, kognitiv faoliyati buzilishi alomatlarini erta aniklash, bolalarning bosh miya funksional holatini yaxshilanishi natijasida, o‘z navbatida, shifokorga murojaatlar sonini kamayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘z vaqtida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida tashxislash, davolanish choralari muddatlarini kiskarishiga yordam beradi va bu xar bir bemor uchun ketadigan xarajatlarni o‘rtacha 2 barobarga qisqartirishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor noepileptik paroksizmal holatlar bilan og‘rigan o‘smirlarda kardiointervalografiya va qonda sink, serotaninni aniqlash orkali qiyosiy tashxislashga yondoshuv takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2025 yil 23 apreldagi ilmiy kengash 9-son bayoennomasi bilan tasdiqlangan “Diagnostika i vedenie neepilepticheskix paroksizmal`nix sostoyaniy u podrostkov: Sovremennie podxodi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yilning 19 maydagi 43-sonli buyrug‘i va 2025 yil 26 maydagi REASENTR TOSHKENT klinikaning 38/I- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi : Paroksizmal xolatlari bulgan usmirlar birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari shifokorlariga kasallikni erta tashxislash imkonini beradi, o‘z o‘rnida xulk-atvor buzilishlarni erta aniqlash bolalarni ijtimoiy va maktab adaptatsiyasiga tez moslashish orqali hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: NEPH diagnostikasining iqtisodiy samaradorligi epilepsiyani keraksiz davolashni istisno qilish va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirish tufayli yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan diagnostika optimallashtirish (MRTdan oldin KIG,EEG + psixologik test) har bir bemor uchun xarajatlarni 1 mln. so‘mga kamaytiradi.