Nigmatullina Ilmira Ildarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlashtirilgan prenatal skrining dasturining samaradorligi va informativligini qiyosiy tahlil qilish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib3466.
Ilmiy raxbar: Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Dilrabo Talmasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika Perinatal markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlikning birinchi trimestrida homila xromosoma anomaliyalari xavfi bo‘lgan ayollarda birlashtirilgan prenatal skrining dasturlari va noinvaziv prenatal test samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik amaliyotda uchta birlashtirilgan prenatal skrining dasturining kiyosiy tahlili amalga oshirilgan va ularning xromosoma anomaliyalari yukori xavf guruhidagi homiladorlarda diagnostik samaradorligi miqdoriy jihatdan aniqlangan;
ilk bor birinchi trimestrda xromosoma anomaliyalari yukori xavfli homiladorlarni boshqarishda, ona qonidagi erkin fetal DNK tahliliga asoslangan noinvaziv prenatal testdan foydalanish orqali differensirlangan taktika asoslab berildi va bu yondashuv aneuploidiyalarni aniqlashning aniqligini oshirishga, asossiz invaziv aralashuvlar sonini kamaytirishga, perinatal o‘lim xavfini pasaytirishga va tashxisning aniqligini oshirishi isbotlangan;
ilk bor birlashtirilgan skriningning turli chegaraviy qiymatlarida noinvaziv prenatal test samaradorligi qiyosiy tahli qilinib, ushbu usulning ≤1:50 xavf darajasida yuqori sezuvchanligi (98,2%) hamda 1:51–1:100 xavf oralig‘ida yuqori diagnostik aniqligi (95,6%) saqlanib qolishi asosida prenatal tekshiruv taktikasining samaradorligi aniqlangan;
I trimestrda homila xromosomal anomaliyalarini aniqlashga qaratilgan, xavf darajasiga qarab NIPT va invaziv prenatal diagnostika usullarini differensial yondashuv asosida optimallashtirilgan prenatal diagnostika algoritmi ishlab chiqilgan va uning xromosoma anomaliyalarini erta aniqlash aniqligini oshirish hamda asossiz invaziv aralashuvlar sonini kamaytirish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlashtirilgan prenatal skrining dasturlari va noinvaziv prenatal testning samaradorligi hamda informativligini qiyosiy tahlil qilish natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik amaliyotda uchta birlashtirilgan prenatal skrining dasturining kiyosiy tahlili amalga oshirilgan va ularning xromosoma anomaliyalari yukori xavf guruhidagi homiladorlarda diagnostik samaradorligi miqdoriy jihatdan aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 48-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning birinchi trimestrida prenatal skrining samaradorligi va informativligini oshirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 21.06.2025 yildagi 45-son hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 26.05.2025 yildagi 65-son buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prenatal skrining dasturlarining sezgirlik, spesifiklik va aniqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tahlili mazkur dasturlarning diagnostik samaradorligini baholash imkonini berdi. Bu esa homiladorlikni olib borish taktikasini takomillashtirish, homilada I trimestrda xromosom anomaliyalari yuqori xavfini stratifikatsiya qilish hamda ayollarni maqsadli yo‘naltirish (marshrutizatsiya) tizimini optimallashtirishga xizmat qildi. Natijada minimal iqtisodiy xarajatlar sharoitida diagnostika samaradorligi sezilarli darajada oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: prenatal skrining dasturlarining sezgirlik, spesifiklik va aniqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazilishi mazkur dasturlarning diagnostik samaradorligini baholash, I trimestrda homilada xromosom anomaliyalari yuqori xavfini stratifikatsiya qilish va ayollarni maqsadli yo‘naltirishni optimallashtirish imkonini berdi. Bu esa instrumental va laborator diagnostika xarajatlarini 139 nafar patsientda jami 43661533 so‘mga qisqartirishga erishish imkonini yaratdi. Xulosa: prenatal skrining dasturlarining sezgirlik, spesifiklik va aniqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tahlil natijalari diagnostik jarayonni optimallashtirish orqali har bir bemorga o‘rtacha 3384615 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor birinchi trimestrda xromosoma anomaliyalari yukori xavfli homiladorlarni boshqarishda, ona qonidagi erkin fetal DNK tahliliga asoslangan noinvaziv prenatal testdan foydalanish orqali differensirlangan taktika asoslab berildi va bu yondashuv aneuploidiyalarni aniqlashning aniqligini oshirishga, asossiz invaziv aralashuvlar sonini kamaytirishga, perinatal o‘lim xavfini pasaytirishga va tashxisning aniqligini oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 48-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning birinchi trimestrida prenatal skrining samaradorligi va informativligini oshirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 21.06.2025 yildagi 45-son hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 26.05.2025 yildagi 65-son buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf darajasi ≤1:50 bo‘lgan guruhda NIPT (noinvaziv prenatal test) aneuploidiyalarni 98,2% holatda yuqori ehtimol bilan aniqlaydi. Homilaning xromosoma anomaliyalari rivojlanish xavfi 1:51-1:100 bo‘lgan guruhda esa NIPT xromosoma anomaliyasini 95,3% holatda tasdiqlaydi, manfiy natijaning aniqligi esa 96,7% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar 1:51-1:100 xavf guruhidagi ayollarda invaziv aralashuv o‘tkazish maqsadga muvofiqligi masalasini hal qilish uchun NIPTni qo‘llash asosli ekanligini isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash homilador ayollarda perinatal yo‘qotishlar xavfini kamaytirish va diagnostika aniqligini oshirish maqsadida FISH usuli bilan amniotsentez o‘tkazishdan oldin NIPTdan foydalanish imkonini berdi. Bu diagnostika jarayonini optimallashtirishga va 139 nafar bemor misolida 41746980 so‘m mablag‘ni tejashga xizmat qildi. Xulosa: NIPTning ≤1:50 xavf guruhida aneuploidiyani 98,2% aniqlikda, 1:51-1:100 xavf guruhida esa 95,3% tasdiqlash va 96,7% manfiy natija aniqligi bilan ko‘rsatishi 1:51-1:100 guruhidagi ayollarda ushbu testni qo‘llash asosli ekanligini tasdiqlaydi. Bu iqtisodiy xarajatlarning qisqarishiga olib keladi va har bir bemor uchun o‘rtacha 323620 so‘m miqdoridagi moddiy mablag‘larni tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor birlashtirilgan skriningning turli chegaraviy qiymatlarida noinvaziv prenatal test samaradorligi qiyosiy tahli qilinib, ushbu usulning ≤1:50 xavf darajasida yuqori sezuvchanligi (98,2%) hamda 1:51–1:100 xavf oralig‘ida yuqori diagnostik aniqligi (95,6%) saqlanib qolishi asosida prenatal tekshiruv taktikasining samaradorligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 48-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning birinchi trimestrida prenatal skrining samaradorligi va informativligini oshirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 21.06.2025 yildagi 45-son hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 26.05.2025 yildagi 65-son buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf darajasi ≤1:50 bo‘lgan guruhda NIPT aneuploidiyalarni 98,2% holatda yuqori ehtimol bilan aniqlaydi.. Homilaning xromosoma anomaliyalari rivojlanish xavfi 1:51-1:100 bo‘lgan guruhda esa NIPT xromosoma anomaliyasini 95,3% holatda tasdiqlaydi, manfiy natijaning 96,7% holatdagi aniqligi esa bolada xromosoma anomaliyalari kuzatilmasligiga olib keladi. Bu esa xromosoma anomaliyalari rivojlanish xavfi darajasini yuqori aniqlik bilan qayd etish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash 1:51-1:100 xavf guruhida FISH usulida invaziv diagnostika o‘tkazishdan oldin va uning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qilishda NIPTdan foydalanish, ≤1:50 xavf guruhida esa bevosita invaziv diagnostika o‘tkazish imkonini berdi. Bu diagnostika jarayonini optimallashtirishga va 139 nafar bemor misolida 41746980 so‘m mablag‘ni tejashga xizmat qildi. Xulosa: Homilador ayollarda xavf darajasiga qarab, FISH usulidagi amniotsentez o‘tkazishdan oldin NIPT orqali differensial va maqsadli diagnostikani qo‘llash iqtisodiy xarajatlarning qisqarishiga olib keladi va har bir bemor uchun o‘rtacha 323620 so‘m miqdoridagi moddiy mablag‘larni tejash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor birlashtirilgan skriningning turli chegaraviy qiymatlarida noinvaziv prenatal test samaradorligi qiyosiy tahli qilinib, ushbu usulning ≤1:50 xavf darajasida yuqori sezuvchanligi (98,2%) hamda 1:51–1:100 xavf oralig‘ida yuqori diagnostik aniqligi (95,6%) saqlanib qolishi asosida prenatal tekshiruv taktikasining samaradorligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 26 fevraldagi 48-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikning birinchi trimestrida prenatal skrining samaradorligi va informativligini oshirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 21.06.2025 yildagi 45-son hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 26.05.2025 yildagi 65-son buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlikning I trimestrida homilada xromosom anomaliyalarini aniqlashga qaratilgan prenatal diagnostika bo‘yicha optimallashtirilgan algoritm ishlab chiqildi. U xavf darajasiga qarab NIPT (noinvaziv prenatal test) va invaziv prenatal diagnostika usullarini differensial qo‘llash tamoyiliga asoslanadi. Mazkur algoritmning samaradorligi xromosom anomaliyalarini erta aniqlash aniqligini oshirish va asossiz invaziv aralashuvlar sonini kamaytirish orqali isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlikning I trimestrida xromosom anomaliyalarini aniqlash bo‘yicha optimallashtirilgan algoritmni amaliyotga joriy etish diagnostik jarayonni optimallashtirish imkonini berdi hamda 139 nafar patsientda jami 41746980 so‘m mablag‘ni tejashga erishildi. Xulosa: yuqori xavf darajasi (≤1:50; 1:51–1:100) ga qarab NIPTni amniotsentez va FISH usulini o‘tkazishdan oldin differensial va maqsadli qo‘llash iqtisodiy xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 323620 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.