Xoliqov Muxridin Baxromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mosh navlarini parvarishida  biostimulyatorlarni  qo‘llashning  o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi  hamda don hosiliga ta’siri (Farg‘ona  viloyati  o‘tloqi–saz  tuproqlar misolida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1700
Ilmiy rahbar: Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannopovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Abdullaev Ismoyiljon Ibroximjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloq–saz tuproqlari sharoitida yetishtirilayotgan mosh navlarini parvarishlashda, urug‘likka va o‘simlikning o‘suv davrida barg orqali biostimulyatorlarni qo‘llash muddatlari va me’yorlarini moshning ko‘chat qalinligiga bog‘liq holda o‘simlikniing o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mosh navlari urug‘lariga hamda o‘simliklarning o‘suv davrida “Avangard Start” biostimulyatori bilan ishlov berilgan variantlarda biostimulyatorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantiga nisbatan amal davri oxirida ko‘chatlarni saqlanuvchanligi “Durdon” navida 1,7 % ga, Marjon navida esa 2,5 % gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
Moshning Durdona va Marjon navlari urug‘lariga va o‘simlikni o‘suv davrida “Avangard Start” biostimulyatori bilan ishlov berilgan variantlar biostimulyatorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantiga nisbatan tuganak bakteriyalar vazni mosh navlariga mos ravishda 200 ming/ga variantida 4,87–5,23 g/tup ga, 300 ming tup/ga ko‘chat qalinlikdagi biostimuliytorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantga nisbatan 5,54–4,87 g/tup ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
Mosh navlari urug‘lariga hamda o‘simliklarning o‘suv davrida “Avangard Start” biostimulyatori bilan ishlov berilgan variantlarda biostimulyatorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantiga nisbatan Durdona navida barg sathi ko‘chat qalinlikdagiga mos ravishda 2,4–3,7 ming m2/ga, quruq massa to‘plashi 12,4–11,9 g/tup, fotosintez sof mahsuldorligi 2,3–2,4 g m2/kunga, Marjon navida barg sathi ko‘chat qalinlikdagi mos ravishda 2,6–2,7 ming m2/ga, quruq massa to‘plashi 12,6–12,2 g/tup, fotosintez sof mahsuldorligi 2,5–2,5 g m2/kunga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
Mosh navlari urug‘lariga hamda o‘simliklarning o‘suv davrida “Avangard Start” biostimulyatori bilan ishlov berilgan variantlarda biostimulyatorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantiga nisbatan Durdona navida bir tupdagi dukkaklar soni ko‘chat qalinlikdagiga mos ravishda 8,9–9,1 dona, donlar soni 96,7–118,9 dona, donlar vazni 1,6–1,3 g, 1000 dona don og‘irligi 5,6–4,6 g, don hosildorligi 3,0–3,9 s/ga gacha, Marjon navida bir tupdagi dukkaklar soni ko‘chat qalinlikdagi mos holda 9,9–9,1 dona, donlar soni 165,6–129,1 dona, donlar vazni 1,7–1,5 g, 1000 dona don og‘irligi 4,0–3,9 g, don hosildorligi 3,6–4,2 s/ga gacha yuqori bo‘lib, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari nazorat variantiga nisbatan Durdona navida sof daromad ko‘chat qalinlikdagi mos ravishda 3424010–4158515 so‘m/ga, rentabellik ko‘rsatkichi 27,59–33,29 foizga, Marjon navida sof daromad 3843632–4472946 so‘m/ga, rentabellik ko‘rsatkichi 30,65–35,27 foizga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-saz tuproqlari sharoitida mosh navlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda biostimulyatorlardan foydalanish usullarini va maqbul ko‘chat qalinligini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Mosh navlari parvarishida biostimulyatorlarni qo‘llashning ahamiyati” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 26-maydagi 05/05–04–252-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida moshning Durdona va Marjon navlaridan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Moshning Durdona va Marjon navlarini ekish me’yorlari va biostimuliyatorlar bilan ishlov berish usullari ishlab chiqarish sharoitida Qo‘shtepa tumanida 9  gektar, Beshariq tumanida 35 gektar, Quva tumanida 7 gektar maydonlardagi jami 51 gektar er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 26-maydagi 05/05–04–252-son ma’lumotnomasi). Natijada mosh navlari urug‘larni Avangard Start biostimulyatori bilan urug‘ga ishlov berishda 1,5 l/t, 3–4 chin bargda 1,0 l/ga, shonalashda 2,0 l/ga va gullash davrida 2,0 l/ga me’yorlarda qo‘lanilgan maydonlarda yuqori samaradorlikka erishilgan. 
Moshning Durdona va Marjon navlari urug‘lariga biostimuliyatorlar bilan ishlov berilib, song o‘suv davrida ishlov berish texnologiyasi Quva, Qo‘shtepa, Beshariq tumanlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 26-maydagi 05/05–04–252–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash hisobiga Avangard Start biostimulyatori bilan urug‘ga ishlov berishda 1,5 l/t, 3–4 chin bargda 1,0 l/ga, shonalashda 2,0 l/ga va gullash davrida 2,0 l/ga me’yorlarda qo‘lanilganda bir gektar maydondan mosh navlariga mos ravishda o‘rtacha 20,8–21,7 sentnerdan don hosili olinib, nazoratga nisbatan 4,1–4,5 sentner yuqori don hosili olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish