Ibragimova Dildoraxon Qaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi biostimulyatorlar va insektisidlarni qo‘llash usullarini g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: I2024.3.PhD/Qx1481
Ilmiy rahbar: Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Nosirov Baxtiyor Salaxiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za parvarishida yangi biostimulyatorlar hamda insektisidlarni birgalikda va yakka tartibda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish va samaradoligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning o‘suv davrida yangi biostimulyatorlar va insektisidlarni birgalikda hamda yakka tartibda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
G‘o‘zaning o‘suv davrida bargi orqali biostimulyatorlar va insektisidlarni birgalikda hamda yakka tartibda qo‘llashning samaradorligi aniqlangan;
Gulliver + Avangard + Antikolorad Maks preparatlari g‘o‘zaning 2–3 chin barg chiqarish, shonalash, gullash-ko‘sak tugish davrlarida (1,5-1,5-0,5 l/ga) birgalikda qo‘llanilishi natijasida ko‘sak qurtiga qarshi insektisid ta’siri samaradorligi yuqori darajada namoyon bo‘lishi isbotlangan;
G‘o‘zaning o‘suv darida Gulliver + Avangard + Antikolorad Maks preparatlari bilan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 1,0+0,5+0,3 l/ga, shonalash-gullash davrida 1,5+1,0+0,3 l/ga, gullash-hosil tugish davrida 1,5+1,5+0,5 l/ga me’yorlarda bargi orqali ishlov berish tola chiqishini 37,7 foizga yuqori bo‘lishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za parvarishida yangi biostimulyatorlar hamda insektisidlarni birgalikda va yakka tartibda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish va samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “G‘o‘za parvarishida biostimulyatorlar va insektisidlarni barg orqali qo‘llashning samarasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 11.11.2025 yildagi №05/04-04-750-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Biostimulyatorlar va insektisidlarni yakka tartibda va birgalikda qo‘llash texnologiyasi Quva tumani “Qaxramon davlat sahovati” fermer xo‘jaligida 16,0 gektar, “PSUEAITI Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi”ning ishlab chiqarish dalasida 8,0 gektar, Qo‘shtepa tumani “Xumoyun mirzo tulporlari” fermer xo‘jaligida 22,0 gektar, Toshloq tumani “Boyqovul mirzo” fermer xo‘jaligida 12,0 gektar, jami 58,0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 11.11.2025 yildagi №05/04-04-750-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning 2-3 chinbarg chiqarish, shonalash-gullash va gullash-hosil tugish davrida Avangard Start (1,0:1,5:2,0 l/ga) va Gulliver (1,0:1,5:2,0 l/ga) preparatlari bilan bargi orqali oziqlantirilganda yuqori samaradorlikka erishilgan;
G‘o‘zaning 2-3 chinbarg chiqarish, shonalash-gullash va gullash-hosil tugish davrlarida Avangard Start (1,0:1,5:2,0 l/ga) va Gulliver (1,0:1,5:2,0 l/ga) preparatlari bilan bargi orqali oziqlantirish texnologiyasi Quva, Qo‘shtepa va Toshloq tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 11.11.2025 yildagi №05/04-04-750-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali Avangard Start (1,0:1,5:2,0 l/ga) preparati bilan bargi orqali oziqlantirilgan maydonlardan 34,4 s/ga, Gulliver (1,0:1,5:2,0 l/ga) preparati bilan bargi orqali oziqlantirilgan maydonlardan 34,3 s/ga paxta hosili etishtirilib, rentabellik darajasi Gulliver (1,0:1,5:2,0 l/ga) preparati qo‘llanilganida 26,0 foizga, Gulliver (1,0:1,5:2,0 l/ga) preparati qo‘llanilganida 25,8 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish