Ibragimov Shexrozbek To‘lqinjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Roman tarjimasida tasviriy vositalarning lingvopragmatik tadqiqi (Harold Lambning “Bobur-Yo‘lbars” romani tarjimasi asosida), 10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3489
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy matndagi metafora, metonimiya, mubolag‘a, tashbih, epitetlarning pragmatik mohiyatini H.Lambning “Bobur-Yo‘lbars” romani va uning o‘zbekcha tarjima matni yuzasidan tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
g‘arbda badiiy tasviriy vositalarning tasnifida leksik, sintaktik, ritorik hamda konseptual jihatlar bilan belgilanganda, sharqda ularning ma’no va mazmunlari yuzasidan turlarga bo‘lishga moyillik yuqoriligi aniqlandi;
Harold Lamb metaforani asosan inson va tabiat tasviridagi majoziylikda, tashbihning to‘rta vositasi: o‘xshatilgan narsa, o‘xshayotgan narsa, o‘xshatish vositasi va sababini berish maqsad qilinganda, metonimiyani assotsiatsiyaning butun bilan qism, javobgar uchun makon munosabatlarini ifodalashda, epitetni tasviriy ekspressivlikni berish uchun foydalanganda va mubolag‘ani tablig‘ va ig‘roq turlaridan foydalangani isbotlandi;
tarjimon “Bobur-Yo‘lbars” romanidagi metafora, metonimiya va mubolag‘a vositasida berilgan jumlalar ko‘p hollarda adekvat, ekvivalent so‘z va so‘z birikmasini tanlash, tag ma’noni berish, ularni tarjimada tushurib qoldirish hamda ayrim jumlalar tarjimasida tasviriy vositalarni (ayniqsa, metafora) qayta yaratish kabi tarjima usullaridan foydalanganligi aniqlandi;
tarjimon tomonidan “Bobur-Yo‘lbars” romani asliyatidagi metafora, metonimiya, mubolag‘a, tashbih va epitet vositasida ifodalangan kommunikativ-pragmatik munosabatlar (nutqiy aktlar) ayrim vaziyatlarda tarjimada adekvat tarzda berilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘rinlarda bunday munosabatlar tarjimaga qo‘shimchalar kiritish hamda ma’lumotlarni tarjima tilida aniqlashtirish kabi yondoshuvlar bilan berilgani dalillandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Roman tarjimasida tasviriy vositalarning lingvopragmatik tadqiqi (Harold Lambning “Bobur - Yo‘lbars” romani tarjimasi asosida)” mavsusida olib borilgan tadqiqot ishi asosida:
g‘arbda badiiy tasviriy vositalarning tasnifida leksik, sintaktik, ritorik hamda konseptual jihatlar bilan belgilanganda, sharqda ularning ma’no va mazmunlari yuzasidan turlarga bo‘lishga moyillik yuqoriligi aniqlanligidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetida “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi FZ-201912099 raqamli amaliy ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2025-yil 12-noyabrdagi 2019-099/84-son ma’lumotnomasi). Natijada, multimedia mahsulotlarini yaratish jarayonida dissertatsiya ishida keltirilgan badiiy tasvir vositalariga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.
Harold Lamb metaforani asosan inson va tabiat tasviridagi majoziylikda, tashbihning to‘rta vositasi: o‘xshatilgan narsa, o‘xshayotgan narsa, o‘xshatish vositasi va sababini berish maqsad qilinganda, metonimiyani assotsiatsiyaning butun bilan qism, javobgar uchun makon munosabatlarini ifodalashda, epitetni tasviriy ekspressivlikni berish uchun foydalanganda va mubolag‘ani tablig‘ va ig‘roq turlaridan foydalangani isbotlanganligi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining 2023-2024-yillardagi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid ilmiy lohiyalari doirasida foydalanilgan (Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining 2025-yil 13-yanvardagi 2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini o‘zida aks ettirgan yutuqlardan loyiha doirasida ilmiy-amaliy dastur, qo‘llanma va konfrensiya to‘plamlarida nashr qilingan.
tarjimon “Bobur-Yo‘lbars” romanidagi metafora, metonimiya va mubolag‘a vositasida berilgan jumlalar ko‘p hollarda adekvat, ekvivalent so‘z va so‘z birikmasini tanlash, tag ma’noni berish, ularni tarjimada tushurib qoldirish hamda ayrim jumlalar tarjimasida tasviriy vositalarni (ayniqsa, metafora) qayta yaratish kabi tarjima usullaridan foydalanganligi aniqlanganiga bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi, Namangan shahar “Axsikent” Xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasida “Boburnoma” tadqiqiga oid ilmiy izlanishlarda, anjumanlarda, Bobur ma’rifiy, adabiy merosi haqida risolalar tayyorlashda, davra suhbatlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi, Namangan shahar “Axsikent” Xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasining 03.01.2025 sanasidagi №125 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasida Bobur biografiyasi haqida ma’lumot beradigan roman badiiyatida metafora metonimiya va mubolag‘aning voqelanishi hamda ularni o‘zbek tiligan amalga oshirilgan tarjimadagi ifodasi bilan ilmiy-amaliy konfrensiyalarning uslubiy xilma-xilligi yuksalgan;
tarjimon tomonidan “Bobur-Yo‘lbars” romani asliyatidagi metafora, metonimiya, mubolag‘a, tashbih va epitet vositasida ifodalangan kommunikativ-pragmatik munosabatlar (nutqiy aktlar) ayrim vaziyatlarda tarjimada adekvat tarzda berilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘rinlarda bunday munosabatlar tarjimaga qo‘shimchalar kiritish hamda ma’lumotlarni tarjima tilida aniqlashtirish kabi yondoshuvlar bilan berilgani dalillanganiga oid xulosalardan O‘z MTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Adabiy jarayon”, “Millat va ma’naviyat” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining 2022-2024-yillardagi sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM ning 2024-yil 2-iyuldagi 04-36-798 son ma’lumotnomasi). Natijada, asliyat va tarjimada kommunikativ-pragmatik mazmun ifodasi haqidagi ma’lumotlardan ko‘rsatuvlarning ilmiy va amaliy jihatlarini boyitishga xizmat qilgan.