Xalmuratova Shaxnoza Bekmurzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/ Ped8557.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.17.12.Ped.09.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibraximov Sanjar Urunbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan jarayon tuzilmasi global, lokal va umumpedagogik tendensiyalarning ijtimoiy-tarixiy rivojlanish dinamikasiga muvofiq tarzda risk profilaktikasiga doir retrospektiv tahlil konstruktini maqsadli kiritish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish modelining tizimli-tuzilmali bloki voqelik, futurizatsiya, xatolikka yo‘l qo‘yish tamoyillarini hisobga olish orqali kasbiy risklarni minimallashtirishga qaratilgan vaziyatlarni imitatsiyalashga doir texnologiyalarni adaptiv tarzda loyihalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari “risklardan qochish” pozisiyasidan “kasbiy rivojlanish resursi” va “risklarni boshqarish” transformatsiyasiga yoʻnaltirilgan kvazikasbiy faoliyat traektoriyasini ta’lim mazmuni bilan integrativligiga erishish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi aksiologik, faoliyatli, subektiv bosqichlardan iborat talabalarning moslashuvchanlik, kreativ, adaptiv va resilient qobiliyatlarini rivojlantirishga doir pedagogik risklar reestri boʻyicha faoliyat algoritmini loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan jarayon tuzilmasini global, lokal va umumpedagogik tendensiyalarning ijtimoiy-tarixiy rivojlanish dinamikasiga muvofiq tarzda risk profilaktikasiga doir retrospektiv tahlil konstruktini maqsadli kiritish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun “Qánigelikke kirisiw” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 997093-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida real ta’limiy va hayotiy muammolarga mos qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish modelining tizimli-tuzilmali blokini voqelik, futurizatsiya, xatolikka yo‘l qo‘yish tamoyillarini hisobga olish orqali kasbiy risklarni minimallashtirishga qaratilgan vaziyatlarni imitatsiyalashga doir texnologiyalarni adaptiv tarzda loyihalash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun “Tábiyiy pánler teoriyası hám metodikası” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-son buyrug‘i, 650511-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini “risklardan qochish” pozisiyasidan “kasbiy rivojlanish resursi” va “risklarni boshqarish” transformatsiyasiga yoʻnaltirilgan kvazikasbiy faoliyat traektoriyasini ta’lim mazmuni bilan integrativligiga erishish orqali takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun “Qánigelikke kirisiw” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 997093-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirishning didaktik parametrlarini kengaytirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasini aksiologik, faoliyatli, subektiv bosqichlardan iborat talabalarning moslashuvchanlik, kreativ, adaptiv va resilient qobiliyatlarini rivojlantirishga doir pedagogik risklar reestri boʻyicha faoliyat algoritmini loyihalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun “Tábiyiy pánler teoriyası hám metodikası” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-son buyrug‘i, 650511-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining riskologik madaniyatini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.