Karimov Xurshid Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qiynoqqa solishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Yu16.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Muxtorov Nodirjon Ilxomjonovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: qiynoqqa solishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini o‘rganish, qiynoqqa solganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur jinoyatning oldini olishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida qiynoqqa solganlik uchun asosiy jazo bilan birga, qo‘shimcha jazo muayyan huquqdan mahrum qilishni kiritish zarurligi asoslab berilgan;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ham qiynoq jabrlanuvchisi bo‘lishi mumkinligi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida qiynoqqa solganlik uchun axloq tuzatish ishlari jazosining belgilanligi maqsadga muvofiq emasligi asoslab berilgan;
qiynoqqa solish huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yoki boshqa davlat organi xodimining dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan sodir etilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qiynoqqa solishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jinoyat kodeksidagi qiynoqqa solganlik uchun asosiy jazo bilan birga qo‘shimcha jazo sifatida muayyan huquqdan mahrum qilishning kiritilishi haqidagi taklif Jinoyat koeksi 235-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari sanksiyasiga muayyan huquqdan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo kiritilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 18 iyuldagi 557-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi qiynoqqa solganlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxslarni qayta shunday jinoyat sodir etishlarining oldini olishga xizmat qilgan;
qiynoqdan nafaqat jinoyat protsessi ishtirokchilari, balki ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ham jabrlanuvchi bo‘lishi mumkinligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksi 235-moddasining dispozisiyasiga ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning kiritilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 18 iyuldagi 557-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi qiynoqdan jabr ko‘rishi mumkin bo‘lgan shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilgan;
qiynoqqa solish huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yoki boshqa davlat organi xodimining dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkinligi haqidagi taklif JKning 235-moddasi birinchi qismi dispozisiyasiga kiritilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 18 iyuldagi 557-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi qiynoqqa solganlik uchun aybdor shaxslarning qilmishini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga xizmat qilgan;
Jinoyat kodeksida qiynoqqa solganlik uchun axloq tuzatish ishlari jazosi belgilanishi maqsadga nomuvofiqligi va bu jazoning mazkur jinoyat uchun javobgarlik belgilangan 235-modda birinchi qismi sanksiyasidagi axloq tuzatish ishlari jazosini bekor qilinishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 18 iyuldagi 557-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi qiynoqqa solganligi uchun javobgarlikka tortilgan shaxslarga odilona jazo tayinlanishiga xizmat qilgan.