G‘ulomjonov Odiljon Raximjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda oila munosabatlariga dezinformatsiya ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fal1713
Ilmiy rahbar: Madumarov Talantbek Tolipjonovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.F.22.01  raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Nishonova  Nodiraxon Rayimjonovna, Falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilaviy munosabatlar tizimida dezinformatsiyaning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berish, uning oilaviy barqarorlikka ta’sirchan omil sifatidagi o‘rnini aniqlash hamda oldini olishga qaratilgan konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda oila munosabatlariga dezinformatsiyaning ta’siri kognitiv va ijtimoiy-falsafiy  nuqtai nazardan asoslangan;
globallashuv davrida oilaning jamiyatdagi o‘rni, u duch kelayotgan tahdidlar ijtimoiy-falsafiy asosida taxlil qilish  orqali ochib berilgan;
oilaviy qadriyatlarning o‘zgarish dinamikasi taxlili orqali dezinformatsiyaning oilaviy nizolarga  ta’siri empirik asoslarga  tayangan holda nazariy  jihatdan ochib berilgan;
milliy axborot siyosati orqali  oilaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari va media savodxonlikni oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Yangi O‘zbekistonda oila munosabatlariga dezinformatsiya ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etish asosida:
Yangi O‘zbekiston sharoitida oila institutining barqarorligini ta’minlash va milliy identifikatsiyani mustahkamlash jarayonida dezinformatsiyaning rolini har tomonlama falsafiy-ijtimoiy tahlil qilish orqali axborot maydonida oilaviy qadriyatlarning transformatsion o‘zgarishlarini yangi nazariy yondashuvlar asosida tadqiq etish natijalaridan amalga oshirilgan (Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining 2025-yil 5-fevraldagi 02/05-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oila institutini mustahkamlash va oilani rejalashtirish masalalari” mavzusidagi axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilganligi to‘g‘risida 2025-yil 24-noyabrdagi 02-03/479-son dalolatnomasi) amaliy loyihasida xizmat qilgan;
mazkur tadqiqot ilk bor oilada axborot xavfsizligini ta’minlash hamda dezinformatsiyaga qarshi madaniy-axborot immunitetini shakllantirishning kompleks sotsiogumanitar mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturining “Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar - korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizligi kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar” nomli dasturining VII bobi 15-bandi mahallalardagi uyushmagan yoshar ishtirokida “Oila - muqaddas dargoh” mavzusidagi ma’naviy-marifiy tadbirlarni tashkil etish ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 2025-yil 5-iyundagi 02/02/763-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, oilada axborot xavfsizligini ta’minlash va dezinformatsiyaga qarshi madaniy-axborot immunitetini shakllantirish jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun muhim omillardan biridir. Mazkur tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan kompleks sotsiogumanitar mexanizmlar axborot manipulyasiyasi tahdidlarini minimallashtirish, yoshlar va keng jamoatchilik orasida milliy ong va ma’naviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
tadqiqot doirasida dezinformatsiya oqimlarining gneseologik (haqiqat va yolg‘onning farqlanishi) hamda aksiologik (oilaviy qadriyatlarga nisbatan qadrsizlik munosabatini kuchaytirishi) jihatlari falsafiy asoslangan holda yangi ilmiy konseptual model sifatida ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining bir qator targ‘ibot dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 18-apreldagi 10/215-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, dezinformatsiya bosimi ostida oilaviy ijtimoiy barqarorlik sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Xususan, noto‘g‘ri yoki manipulyativ axborot oqimi oilaviy qadriyatlarni zaiflashtirish, ijtimoiy ishonchni pasaytirish va oilaviy institutsional mustahkamlikka zarar etkazish imkoniyatiga ega ekanligi aniqlangan. Natijada mazkur dasturlar mazmunan boyitilgan hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mohiyatini aholiga etkazishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish