Juraeva Madinaxon Anasbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04– “ Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayn ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim muassasidagi bolalar maxsus kiyim dizayn-loyihasini ishlab chiqishi tadqiqi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5995
Ilmiy rahbar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti., DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Po‘latova Sabohat Usmonovna, texnika fanlari doktori, professor; Toshpulatov Salix Shukurovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar kiyimini kirlanuvchanlik darajasini inobatga olib himoya kiyimlari dizayn loyihasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun turli mashg‘ulotlarda kiyishga mo‘ljallangan himoya kiyimi dizayn-loyihasi va eskiz modellari ishlab chiqilgan;
kiyim matosini tashqi ko‘rinishining o‘zgarishiga ta’sirini hisoblagan holda kiyimning kirlanganlik darajasini 10 ballik tizimda baholashning ekspert usuli ishlab chiqilgan;
to‘liq omilli tajribalarni rejalashtirish va amalga oshirish yo‘li bilan suyuqlikning miqdori, yog‘lilik darajasi hamda suyuqlik ta’sir vaqtining bolalar kiyimi kirlanish darajasiga ta’sirini ifodalovchi regression tenglama ishlab chiqilgan;
andozalar yuzasini analitik hisoblash usulidan foydalanib kiyimning kirlanganlik darajasi aniqlangan hamda kirlanishdan himoyalovchi ko‘rsatkichlarni kiritish orqali takomillashtirilgan bolalar kiyimining klassifikatsion sxemasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
turli rang bo‘yoq hamda moy ta’siridan himoyalovchi bolalar kiyimi uchun materiallar tanlangan;
taklif qilinayotgan materiallarni qo’llash hisobiga bolalar himoya kiyimini ekspluatatsiya jarayonini uzayishi evaziga iqtisodiy samaraga erishilgan;
iste’molchilar talab ehtiyojlari hamda mato xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bolalar himoya kiyimining zamonaviy modellari ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariga tavsiya etilayotgan himoya kiyimlarini ishlab chiqish hisobiga asosiy kiyimlarni doimiy yuvish va dazmollash jarayonini kamaytirishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar kiyimini ekspluatatsiya jarayonini( doimiy yuvish va dazmolash)ni uzaytirish maqsadida turli mashg‘ulotlarda kiyishga mo‘ljallangan himoya kiyimni ishlab chiqish natijasi asosida:
bolalar himoya kiyimning dizayn-loyihasi, konstruktor-texnologik hujjatlari “Ideal Tekstil Orzu” va “Saodat Sanoat Servis” MChJ korxonalariga joriy etilgan (Uzto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 22-dekabrdagi 02/06-2941-son ma’lumotnomasi). Natijada “Gemini” dasturidan foydalangan holda matoni optimallashtirilgan joylashuvi hisobiga 1 metr uzunlikdagi va 150 sm enli matodan 6 dona tayyor mahsulot olish imkoniyati yaratilgan, matodan foydalanish koeffisienti 30–35% ga oshirilgan hamda chiqindi tejamkorligi 82,6% ni tashkil qilgan. Bu esa bolalar himoya kiyimlarini ishlab chiqarishda moddiy resurslarni tejash va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish hisobiga korxonada 1 dona himoya kiyim ishlab chiqarishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 12900 so‘mni, bir oyda 3900 dona kiyim ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona uchun kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 603 mln 720 ming (olti yuz uch million etti yuz yigirma ming) so‘mni tashkil qilgan.