Toshev Tajiddin Ungboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qayta tiklanuvchan energiya manbalarida ishlovchi elektr stansiyalari elementlarining tarkibini optimallashtirish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4252 
Ilmiy rahbar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Alisher Bekmurodovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Energetika muammolari instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi elektr stansiyalarining tashkiliy elementlari optimal tarkibini tanlashining samarali modellari, usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh fotoelektr qurilmasi va akkumulyator batareyasiga ega bo‘lgan avtonom tizim elementlarining tarkibini optimallashtirish masalasining matematik modeli va uni chiziqli ko‘rinishga keltirish asosida echish usuli ishlab chiqilgan;
dizel generatori va elektr tarmog‘i bilan parallel ishlovchi quyosh fotoelektr qurilmalari bazasidagi tizimlarda jihozlar tarkibini optimallashtirish masalalarining matematik modellarini takomillashtirilgan va ularni simpleks usuli asosida echish algoritmlari yaratilgan;
avtonom tarzda ishlovchi shamol qurilmasi va akkumulyator batareyasiga ega bo‘lgan tizim elementlarining optimal tarkibini barcha texnik cheklovlarni hisobga olgan holda iqtisodiylik mezoni asosida tanlash masalasining matematik modeli va uni chiziqli dasturlash asosida echish usuli ishlab chiqilgan;
dizel generatori va elektr tarmog‘i bilan parallel ishlovchi shamol qurilmalari bazasidagi tizimlarda jihozlar tarkibini optimallashtirish masalalarining matematik modellari takomillashtirilgan va ularni chiziqli dasturlash usullari asosida echish algoritmlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qayta tiklanuvchan energiya manbalarida ishlovchi elektr stansiyalari bazasidagi tizim elementlari tarkibini unga ta’sir etuvchi faktorlarni hisobga olib optimallashtirish masalalarining matematik modellari va echish algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida olingan natijalar asosida:
    avtonom va elektr energetika tizimi bilan parallel ishlovchi quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) va shamol elektr stansiyasi (ShES) elementlarining optimal tarkibini tanlash masalasining matematik modeli va uni echish usuli “Qamashi don qabul qilish” MChJning iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025 yil 03 yanvardagi 01-02-54/8 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tizim jihozlarining me’yoriy xizmat ko‘rsatish davri davomida elektr tarmog‘idan olinuvchi elektr energiya miqdorining keskin kamayishi hisobiga iste’molchi va elektr tarmog‘ining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan;
    elektr energetika tizimi bilan parallel ishlovchi quyosh fotoelektr stansiyasida o‘rnatiluvchi jihozlar tarkibini optimallashtirish masalasini matematik modeli va u asosida hisoblash algoritmi “Qamashi don qabul qilish” MChJ qoshida o‘rnatiluvchi quyosh fotoelektr stansiyasini loyhalashtirish jarayoniga joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 03 yanvardagi 01-02-54/8 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu stansiyada o‘rnatiluvchi jihozlarning tanlangan optimal tarkibi 7,7  yilda o‘zini qoplash imkoniyati yaratilgan;      
quyosh fotoelektr stansiyasi elementlarining tarkibini optimallashtirish modeli va algoritmi “Qamashi don qabul qilish” MChJda qurilmaning me’yoriy xizmat ko‘rsatish davriga keltirilgan umumiy xarajatlar miqdorini kamaytirish uchun joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025 yil 03 yanvardagi 01-02-54/8 - son ma’lumotnomasi). Natijada, elementlar tarkibini optimallashtirilishi hisobiga erishiluvchi yillik iqtisodiy samaradorlik 105,43 mln so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish