Sadikova Gulnoza Kudratllaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta-ipak aralash tolali to‘qimachilik materiallarni kimyoviy pardozlashning nazariy asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T976.
Ilmiy maslahatchi: Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulom Nabijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Yaminzoda Zarrina Akram, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta-ipak aralash tolali to‘qimachilik materiallarini yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi yangi kimyoviy pardozlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtaning Porloq-1, Porloq-2, S-6524 navlari va ipak tarandisini rentgenostrukturaviy, sorbsion, skanirlovchi eletron mikroskopik taxlillari asosida, aralash tolali yigirilgan iplarining xossalarini kompleks baholash orqali eng yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini beruvchi paxta-ipak yigirilgan iplar uchun xomashyo va tolali tarkib nisbati ishlab chiqilgan;
paxta-ipak asosidagi to‘qimachilik yigirilgan iplarini sifatiga pardozlashga tayyorlashning asosiy kimyoviy reagentlarning ta’sirini tadqiq etilgan, to‘liq faktorli tajriba asosida pardozlashga tayyorlashning asosiy omili ipak tarandisining turli ulushida paxta-ipak yigirilgan iplarini pardozlashga tayyorlashning optimal texnologik rejimi aniqlangan;
skanirlovchi elektron mikroskop, sorbsiya izotermalari, spektroskopik tahlillar asosida, tola geometrik o‘lchamlari, yigirilgan ip hajmiy parametrlari sorblangan, fiksatsiya bo‘lgan bo‘yovchi modda miqdorlarini aniqlanish asosida yangi kimyoviy pardozlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
paxta-ipak yigirilgan iplarning rang sifatiga ta’sir etuvchi omillar ipak ipining ulushi, bo‘yash eritmasidagi elektrolit, soda va bo‘yash haroratini tolada bog‘langan bo‘yovchi modda miqdori, rang intensivligi orasidagi fazoviy bog‘liqlik, tajribalarni ko‘p faktorlik matematik rejalashtirish natijalari asosida turli tarkibli yigirilgan iplarni yuqori rang sifatini ta’minlovchi bo‘yash tarkibi va optimal texnologik omillari aniqlangan;
turli tarkibli ipak-paxta aralash tolali gazlamalarni uzlukli va yarim uzluksiz pardozlashga tayyorlash jarayonida kuchsiz ishqoriy reagentga almashtirish, Benzol Do fermentini miqdorini oshishi gazlamaning tindirish vaqtini kamayishini va yuqori sorbsion hajmiy xossalarni oshishini ta’minlanishi aniqlangan;
turli tolali tarkibga ega Atlas (ipak-paxta = 34:66 ) va Polotno (ipak-paxta = 26:74 ) o‘rilishli gazlamalarga gul bosishda rang sifat ko‘rsatgichlarini, bo‘yovchi moddadan foydalanish darajasini oshishini ta’minlovchi bentonit ishtirokidagi tarkibni IK-spektral, termogravametrik tahlillar asosida, tola qurilmasini bo‘shashtirib, ion xolatdagi alyuminiy va kremniy oksidlari orqali bo‘yovchi modda tola bilan qo‘shimcha bog‘lanishi jarayon mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta-ipak asosidagi aralash tolali to‘qimachilik materiallarining kimyoviy pardozlash texnologiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Porloq-2 va paxta-ipak aralash yigirilgan ip ishlab chiqarish “Medetex” MChJ korxona sharoitida sinovdan o‘tkazildi va ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 03.11.2025 yildagi №02/06-2606 ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasining seleksiya naviga nisbatan Porloq-2 va ular asosidagi aralash tolali paxta-ipak yigirilgan iplarning yuqori fizik-mexanik ko‘rsatkichlarga erishilgan;
Porloq-2 seleksion navli paxta-ipak asosidagi yigirilgan iplarni bo‘yashga tayyorlash va bo‘yashning texnologik rejimi “FBTEKS” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 03.11.2025 yildagi №02/06-2606 ma’lumotnomasi). Natijada paxta-ipak asosidagi yigirilgan ipning strukturaviy xususiyatlarini xisobga olgan holda yuqori oqlik, kapilyarlik fizik-mexanik xossalari ta’minlangan, bo‘yash jarayonini intensivlash va faol bo‘yovchi moddaning bentonit bilan qo‘shimcha fiksatsiyasi hisobiga bo‘yovchi modda sarfini va yuvish sonini qisqarishiga erishilgan, bu pardozlash korxonalarida oqova suv ifloslanishining kamayishiga olib kelgan xamda paxta-ipak yigirilgan ipni bo‘yash jarayonini intensivlash uchun bentonitni qo‘llanilishi bo‘yovchi moddadan foydalanish darajasini Porloq-2 asosidagi aralash ip seleksiya navida 21,1% gacha oshirishga erishilgan;
ipak-paxta asosidagi “Atlas”- 34:66 va “Polotno”- 26:74 nisbatdagi aralash gazlamalarini okartirish, bo‘yash texnologik rejimlari “Urganch Bahmal” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 03.11.2025 yildagi №02/06-2606 ma’lumotnomasi). Natijada bo‘yash vannasidagi mochevinani bentonitga almashtirish bo‘yovchi moddaning tolaga chuqur kirib borishiga yordam berishiga, rang intensivligini oshirishiga, intensifikatorni qo‘llash bo‘yovchi modda sarfini o‘rtacha 1,5 barobarga, yuvish jarayoni sonini kamayishiga erishilgan.