Nasirova Muqaddas Baxtiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkaklar notipoviy qomatiga mos kiyimlarni ishlab chiqish tadqiqi” 05.06.04 –“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6238
Ilmiy rahbar: Nabijonova Nargiza Nasimjanovna,  texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.15.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mastura Kabulovna, texnika fanlari doktori, professor
Nazarova Matlyuba Abdurashid qizi, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Notipoviy (bukchaygan) erkak uchun qomatiga mos bo‘lgan kiyim to‘plamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora Respublikamizdagi Notipoviy qomatli erkaklarning kiyimiga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib uni tahlil qilish asosida qomatga mos, qulay va zamonaviy kiyim to‘plamlarining kostruksiyasi ishlab chiqilgan;
inson qomatidan yakka tartibda o‘lcham olishda umurtqaning egilish darajasi tipoviydan farqli bo‘lgan Notipoviy qomatli erkaklar uchun kostyum to‘plamlarining optimal texnologik echimi ishlab chiqilgan;
erkaklarning Notipoviy qomatiga mos kiyim ishlab chiqarishda umurtqaning egilish burchagi x2=45˚daraja bo‘lganida kostyumning taxlama qatlamlarini ochilish parametrlari maqbul qiymatlari aniqlangan;
M.Müller & Sohn konstruksiyalash metodikasi asosida tayyorlangan kiyim detallarining ort bo‘lak kurak sohasida joylashgan taxlamalarning ochilishi elka chizig‘i bo‘yicha, eng o‘mizidan yon tomonga o‘tgan chizig‘i bo‘yicha qo‘shimcha berish hisobiga bukchaygan qomatga mos kiyim to‘plamlarining konstruktiv modellashtirish chizmallari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkaklar Notipoviy qomatiga mos kiyim to‘plamlarini ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
sorochka pidjak va shimning eskiz model chizmalari, asos konstruksiya kiyim maketi va tayyor kiyim namunalari “IDEAL TEXTIL- ORZU” MChJ korxonasida hamda “NURLI YuSUFBEK” oilaviy korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etildgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 11 dekabr, 2025 yildagi, № 02/06-2863 son ma’lumotnomasi). Natijada notipoviy qomatdagi erkaklar uchun kiyim ishlab chiqarish 59,8% rentabellik darajasi bilan iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. 1 so‘m harajat 1.60 so‘m daromad keltiradi, bu esa biznesning barqororligini ta’minlangan, oyiga 100 dona maxsulot ishlab chiqarish va sotish holatida yillik foyda 368 million 400 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish