Jonibekov Jasurbek Jonibekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’minlashda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari misolida)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1291
Ilmiy maslahatchi: Nazarova Fatima Hakimovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich pedagogika fanlari doktori, professor, Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna pedagogika fanlari doktori, professor, Xolmurodov A’zam Shaxriyorovich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transformatsiya jarayonlari sharoitida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish mazmuni, ustuvor yo‘nalishlari va zamonaviy talablari ish beruvchilar ehtiyojlari hamda ta’lim xizmatlari bozorining dinamik talablari bilan integratsiyalashgan holda tizimli-pedagogik va marketing strategiyalari asosida kompleks tahlil qilingan;
ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari, shuningdek, institutsional-boshqaruv mexanizmlarining metodologik jihatlari tarixiy-evolyusion yondashuv, retrospektiv hamda diskurs tahlil metodlari asosida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish jarayonlarini modellashtirish ijtimoiy buyurtma va mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib, uning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik, kvalimetrik va monitoring komponentlari o‘zaro bog‘liq integrativ model sifatida aniqlashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan raqamli platforma konsepsiyasi hamda uni amalga oshirishni ta’minlovchi dasturiy ta’minot modeli ishlab chiqilib, ularning funksional imkoniyatlari va boshqaruv samaradorligini oshirish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish asosida raqobatbardoshlikni oshirish jarayonining samaradorlik va natijadorlik ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan, empirik tadqiqot natijalari asosida amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlar orqali amaliyotga tatbiq qilingan:
transformatsiya jarayonlari sharoitida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish mazmuni, ustuvor yo‘nalishlari va zamonaviy talablari ish beruvchilar ehtiyojlari hamda ta’lim xizmatlari bozorining dinamik talablari bilan integratsiyalashgan holda tizimli-pedagogik va marketing strategiyalari asosida kompleks tahlil qilishga oid taklif-tavsiyalar 60910200 - davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 23 iyuldagi 02/01-01-294-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmuni takomillashtirilgan.
ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari, shuningdek, institutsional-boshqaruv mexanizmlarining metodologik jihatlarini asoslashga yo‘naltirilgan takliflar “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish ahamiyati” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 23 iyuldagi 02/01-01-294-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirilgan.
oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish jarayonlarini modellashtirish ijtimoiy buyurtma va mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib, uning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik, kvalimetrik va monitoring komponentlari o‘zaro bog‘liq integrativ model sifatida aniqlashtirishga oid takliflar “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish ahamiyati” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 23 iyuldagi 02/01-01-294-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning innovatsion marketing strategiyalariga asoslangan modeli ishlab chiqilgan.
raqamli transformatsiya sharoitida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan raqamli platforma konsepsiyasi hamda uni amalga oshirishni ta’minlovchi dasturiy ta’minot modeli, ularning funksional imkoniyatlari va boshqaruv samaradorligini oshirish mexanizmlari asosida «med-master.uz» elektron platfrmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 23 iyuldagi 02/01-01-294-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning elektron dasturiy ta’minoti takomillashtirilgan.
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish asosida raqobatbardoshlikni oshirish jarayonining samaradorlik va natijadorlik ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan, empirik tadqiqot natijalari asosida amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish ahamiyati” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 23 iyuldagi 02/01-01-294-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining uslubiy ta’minoti mazmuni takomillashtirilgan.