Sodiqov Rafikjon Turobjon-o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini boshqarish jarayonini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)”, 13.00.07 – Taʼlimda menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11197
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yuldashev Maqsud Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baybaeva Muhayyo Xudayberganovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Shoymardonov Tuymurod Turdialievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini boshqarish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida raqamli texnologiyalar asosida boshqarish jarayonini rivojlantirish mazmuni pedagogik-metodologik hamda empirik tadqiqotlar asosida ichki (ma’lumotlarni yaratish va ularning turlari) va tashqi (texnik uskunalar ta’minoti) omillarning o‘zaro ta’siri ta’lim tashkilotining raqamli metabolizmini belgilovchi axborot oqimlari, boshqaruv signallari va raqamli qaror qabul qilish funksiyalarini uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirish algoritmi ta’lim jarayonini boshqarish konturi va maqsadga yo‘naltirilgan axborot-metodik interfeyslar o‘rtasidagi “tahlil-maqsad-integratsiya-monitoring” funksional sikliga kiberpedagogik modulyasiyani birlashtirish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarini boshqarishda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan model CIPP baholash (kontekst, rejalar kiritish, jarayon, baholash) asosida ichki monitoringda (so‘rovnoma, diagnostik test, darajani aniqlovchi testlar) qo‘llash tizimini kiberanalitik verifikatsiya bosqichlari orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarini ta’lim sifatini baholovchi mezonlar ta’lim resurslari (pedagogik kadrlar salohiyati, raqamli va an’anaviy texnik-infratuzilma, ta’lim-metodik ta’minot, ta’lim muhiti), ta’lim jarayonining sifati (o‘qitish metodlari va texnologiyalari, o‘quv dasturlarining ijrosi, baholashning diagnostik-adaptiv tizimi), ta’lim natijalari (o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, xalqaro baholashlardagi ishtirok, ijtimoiy ta’sir, mehnat bozori talablariga moslashgan bitiruvchilar) kabi kompleks-indikatorli ekspertizasi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini boshqarish jarayonini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
umumta’lim maktablarida raqamli texnologiyalar asosida boshqarish jarayonini rivojlantirish mazmuni pedagogik-metodologik hamda empirik tadqiqotlar asosida ichki (ma’lumotlarni yaratish va ularning turlari) va tashqi (texnik uskunalar ta’minoti) omillarning o‘zaro ta’siri ta’lim tashkilotining raqamli metabolizmini belgilovchi axborot oqimlari, boshqaruv signallari va raqamli qaror qabul qilish funksiyalarini uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilishga oid takliflar “O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish va rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Menejerlik o‘quv kurslari” dasturlarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi 03-33-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, menejerlik o‘quv kurslari o‘quv dasturlarini mazmuni va o‘quv-metodik ta’minotining yaxshilanishiga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirish algoritmi ta’lim jarayonini boshqarish konturi va maqsadga yo‘naltirilgan axborot-metodik interfeyslar o‘rtasidagi “tahlil-maqsad-integratsiya-monitoring” funksional sikliga kiberpedagogik modulyasiyani birlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda O‘zbekiston milliy teleradiokanalida “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi 03-33-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarining umumta’lim muassasalarini boshqarish jarayonini takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
umumta’lim maktablarini boshqarishda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan model CIPP baholash (kontekst, rejalar kiritish, jarayon, baholash) asosida ichki monitoringda (so‘rovnoma, diagnostik test, darajani aniqlovchi testlar) qo‘llash tizimini kiberanalitik verifikatsiya bosqichlari orqali takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Menejerlik o‘quv kurslari” spesifikatsiyasini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi 03-33-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, menejerlik o‘quv kursi tinglovchilarining yakuniy sinov jarayonlarini baholashda foydalanilmoqda;
umumta’lim maktablarini ta’lim sifatini baholovchi mezonlar ta’lim resurslari (pedagogik kadrlar salohiyati, raqamli va an’anaviy texnik-infratuzilma, ta’lim-metodik ta’minot, ta’lim muhiti), ta’lim jarayonining sifati (o‘qitish metodlari va texnologiyalari, o‘quv dasturlarining ijrosi, baholashning diagnostik-adaptiv tizimi), ta’lim natijalari (o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, xalqaro baholashlardagi ishtirok, ijtimoiy ta’sir, mehnat bozori talablariga moslashgan bitiruvchilar) kabi kompleks-indikatorli ekspertizasi asosida aniqlashtirishga oid takliflar “O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish va rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Menejerlik o‘quv kurslari” dasturlarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi
03-33-493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanishlari uchun ta’limiy muhit yaratish bosqichlarini belgilay oladi.