Zulfiqorov Rustam Raxmidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment”  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD.Ped2788
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha talim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Ilmiy rahbar: Shin Agrippina Vasilevna, Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01
Rasmiy opponentlar: Eshpulatov Komiljon Abdisalomovich- pedagogika fanlari doktori, dotsent; Temirov Anvar Amir o‘g‘li- pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi andragogik ta’lim dasturining moduli tizimda joriy etilishi hamda andragogik ta’lim tamoyillari, modulli o‘qitish va boshqaruv muammolarini mustaqil hal etishga yo‘naltirilgan aralash o‘qitish metodlarini kompleks qo‘llashga ko‘ra takomillashtirilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish va boshqarish kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni direktorning iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llashda loyihalovchi, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlar uzviyligini funksional bog‘liqligi hamda uzlyuksiz teskari aloqaga asoslangan integrativ mexanizmni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining boshqaruv faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etishni rivojlantirish modeli ta’lim mazmuni, qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish metodlari va innovatsion yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklar uzviyligini tizimli-strukturaviy va funksional yondashuv asosida loyihalash hamda baholash mexanizmlarini uyg‘unlashtirish usuli orqali ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining boshqaruv faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari reproduktiv, produktiv va ijodiy hamda mustaqil innovatsion bilimlarni o‘zlashtirish bosqichlari monitoringiga diagnostik baholash, ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilish va natijalarning taqqoslama monitoringi orqali ustuvorlik berilgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakillantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari androgogik ta’lim dasturini amalga oshirishning modulli tizimiga ustuvorlik berish orqali iqtisodiy muammolarni mustaqil hal qilishda ta’lim metodlariga ko‘ra aralash o‘qitish usulini qo‘llashga oid  taklif va tavsiyalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2022-yil 10-oktyabrdagi 05-1071-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 15-iyuldagi 02-04/5-1071-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini samarali rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarining iqtisodiy qobiliyatini aks ettiruvchi maxsus kompetensiyasini shakillantirish jarayoni shaxsning ajralmas sifati hamda rahbarning iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashda loyihalovchi, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi va refleksiv bosqichlarini uzviyligini ta’minlashga oid takliflari Maktabgacha ta’lim agentligi tuzilmasidagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini takomillashtirishga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlar loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 15-apreldagi 03-52-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish kurslari sifatini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari iqtisodiy kompetentligini baholash mezonlari, iqtisodiy faoliyatiga qadriyatli yo‘naltirilganlikning shakllanganligi, shaxsiy sifatlarning shakllanganligi va moslanuvchanligi hamda iqtisodiy-huquqiy bilimlarni o‘zlashtirish darajalari monitoringiga oid tavsiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim agentligi tuzilmasidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish jarayonlarida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 15-iyuldagi 02-04/5-1071-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tadqiqotchisi Zulfiqorov Rustam Raxmidinovichning “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.07 – “Ta’limda menejment” ixtisosligi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyaning tajriba-sinov ishi natijalari va ushbu natijalar asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar haqiqatdan ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarini innovatsion yondashuvlar asosida boshqarishni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish