Muminova Nasiba Solijon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va ingliz paremiyalarida “haqiqat” konseptining kognitiv-pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4674
Ilmiy rahbar: Babaxanova Dilorom Axmatjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Sidiqov Qosim Abilovich, filologiya fanlari nomzodi, professor; Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz paremiyalarida “haqiqat/truth” konseptlarining ingliz va o‘zbek tillaridagi kognitiv-pragmatik xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillari paremiyalarida “haqiqat/truth” konseptining kognitiv-pragmatik xususiyatlari yaxlit tizim sifatida, ya’ni konseptual maydon, metaforik modellashuv, nutqiy strategiya va taktikalar uyg‘unligida chog‘ishtirma asosda tahlil qilindi, uning yadro va periferik komponentlarini aniqlash asosida metaforik, metonimik, skript va freym modellari tizimi takomillashtirilgan;
o‘zbek va ingliz materiallari asosida “haqiqat/truth” konsepti bilan motivatsiyalashgan paremiyalar orqali nutqiy strategiya va taktikalarning (nasihat, ogohlantirish, kesatish, tasalli, legitimatsiya, delegitimatsiya) kognitiv-pragmatik mexanizmlari tizimli tarzda aniqlanib, ularning Grays maksimalari va nutq aktlari nazariyasi bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
tadqiqotda “haqiqat/truth” konseptiga oid o‘zbek va ingliz paremiyalarining ekvivalentlik darajasi bo‘yicha yangicha tipologiya taklif qilinib, to‘liq paremiologik ekvivalentlar, qisman ekvivalentlar va izohli (deskriptiv) ekvivalentlar uch pog‘onali [PE]/[QE]/[DE] annotatsiya modeli asosida tavsiflandi hamda ekvivalentlik faqat formal-mazmuniy emas, balki konseptual-metaforik va aksiologik mezonlar asosida aniqlangan;
o‘zbek-ingliz va ingliz-o‘zbek tarjima lug‘atlarida “haqiqat/ truth” konseptiga oid paremiyalarni berish uchun konsept-markazli makromodel (truth/haqiqat lemmasi ostida majburiy paremiologik minimum + alohida sakkiz zonali mikrostrukturaviy model (sarlavha-birikma, grammatik belgi, semantik yadro, ekvivalentlar bloki, pragmatik-stilistik sharh, lingvomadaniy kommentariya, kontekstual misollar, kross-referenslar) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi paremiyalarda “haqiqat” konseptining qiyosiy-chog‘ishtirma tahlilini amalga oshirish va lingvomadaniy birliklarni tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida “haqiqat/truth” konsepti, konseptosferasining semantik maydonlari: adolat, haq, vijdon sinagri leksemalar bilan hosil qilishi qiyoslashlar va tahlillar orqali dalillanganligi, “haqiqat” konseptining leksik-semantik qolipi hadislar, xalq maqollari, aforizmlardagi tushunchalar kesimida ishlab chiqilib “odillik”, “xolislik” kabi leksik birliklarning badiiy matnda aks etgan pragmatik xususiyatlarini dalillashga doir xulosalaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani o‘zbek va inglizcha paremiyalarda haqiqat konsepti bilan bog‘liq qismini bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 31-may № 01/4-2233-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili va madaniyatini dunyoga targ‘ib qilishning mazmun-mundarijasi takomillashgan;
chog‘ishtiralayotgan ingliz va o‘zbek tillarida “haqiqat” konsepti mohiyatini ochib beruvchi leksemalarning sinonimlar tarkibini tasniflanganligi, ingliz va o‘zbek tillarida “haqiqat” konsepti kognitiv-pragmatik mohiyatini, berilgan konseptlarning leksik, pragmatik, kognitiv jihatlari ochishga doir xulosa va tavsiflardan 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 31-may 01/4-2234-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar orqali zaruriy loyiha ma’lumotlari boyitilgan;
o‘zbek va ingliz paremiyalarida konsept va konseptosfera orqali olamning lisoniy manzarasi aniqlanib, tilshunoslikda “haqiqat”, “adolat”, “qarash”, “munosabat” kabi konseptlarning leksik, pragmatik, kognitiv jihatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy-tahliliy ma’lumotlardan hamda dissertantning o‘zbek tilini lingvistik modellashtirishga doir tavsif va va xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilini milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025-yil 2-oktyabrdagi 667/01-01son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz paremiyalaiining ekvivalentlik dagajasi bo‘yicha yangicha tipologiya taklif qilingan uch pog‘onali IPE]4QE]{DE] annotatsiya modeli asosida tavsifl hamda - o‘zbek-ingliz, ingliz-o‘zbek tarjima lug‘atlarida “haqiqat” konseptiga oid raremiualagpi berish uchun konsept-markazli makgomodel sakkiz zonali mikgostrukfugaviy modeli natijalagidan 2021-202Z yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obgazlar tizimi, syujet motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitag fanlag ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 29.11 № 773/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashda frazeologik birliklar, paremiyalar hamda metaforalarning o‘ziga xos jihatlari hamda ular orasidagi sinonimik va antonimik munosabatlarni kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan.