Xamidova Gulchexraxon Poziljanovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tilida “Vatan” konseptining pragmatik, kognitiv tadqiqi (Muhammad Yusuf ijodi misolida), 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/Fil2413.
Ilmiy rahbar: Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.07.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Sidiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tilida “Vatan” konseptining pragmatik va kognitiv xususiyatlarini Muhammad Yusuf ijodi misolida tekshirish va aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Vatan” konsepti olam lisoniy manzarasining bir bo‘lagi bo‘lib, milliy tushuncha, g‘oya, tasvir va munosabatlarni aks ettiruvchi stereotip, mentalitet va dunyoqarash, ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizimi ekanligi dalillangan;
“Vatan” tushunchasi nafaqat so‘zning leksik ma’nosini, balki madaniy, ijtimoiy jihatlarini ham aks ettirib, tilda Vatanni ifodalash uchun mavjud birliklar turli madaniyat va jamiyatning g‘oyalarini tashkil etishi, madaniy jihatdan nafaqat moddiy obekt, balki madaniy xususiyatlar: an’analar va urf-odatlarni ham o‘z ichiga olishi dalillangan;
“Vatan” konsepti ko‘p qatlamli tushuncha bo‘lib, u muqaddas ma’noga ega bo‘lgan ramziy arxetipik tasvirlarni o‘z ichiga olishi kognitiv tahlillar bilan asoslangan;
“Vatan” konsepti o‘zbek xalqining madaniy yoki milliy qadriyatlari asosida ma’lum bir xalq hayotida sodir bo‘layotgan jarayonlarning mohiyatini aks ettiruvchi, kengayib yoki torayib boradigan verbalizatorlarning o‘ziga xos va aniq belgilangan tarkibiga egaligi asoslangan;
“Vatan” konseptida kodlangan ijtimoiy ierarxiya kognitivistik yondashuv negizida “Vatan” konseptining lisoniy aktuallashuvida tasviriy vositalarning o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Vatan” konsepti o‘zbek xalqining madaniy yoki milliy qadriyatlari asosida ma’lum bir xalq hayotida sodir bo‘layotgan jarayonlarning mohiyatini aks ettiruvchi, kengayib yoki torayib boradigan verbalizatorlarning o‘ziga xos va aniq belgilangan tarkibiga egaligi kabi xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbek tilida “Vatan“ konseptining pragmatik, kognitiv tadqiqi (Muhammad Yusuf ijodi misolida) mavzusida yozgan dissertatsiyasining ilmiy natijalaridan va ilmiy maqolalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi–o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanildi. Natijada konsept bir millatga mansub bo‘lgan hayotiy tajriba natijalarini o‘zida namoyon etuvchi bilim va tasavvurlar yig‘indisi, insonning borliqqa munosabati, uning dunyoni bilish natijasida orttirgan bilimlar jamlanmasi va tajribada namoyon bo‘lishi dalillandi.
Nutqiy faoliyatning yuzaga kelishida so‘zlovchi ruhiy holati alohida o‘rin tutishi, nuqt til birliklarining reallashuvi, faoliyati ekan, ular ruhiy holat natijasida birikishi va yaxlit ruhiy oqimni shakllantirishi, bu birikish jarayonida til birliklari ijtimoiylikdan ko‘ra ko‘proq individuallik kasb etishi izohlangan o‘rinlardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanildi. Natijada til yordamida inson dunyoning o‘ziga xos kognitiv modelini qurar ekan, tilning o‘zi kognitiv faoliyatdir. Ushbu qobiliyat yordamida inson an’anaviy obektiv dunyoni o‘zgartiradi va uni ko‘plab munosabatlarda idrok etishi dalillandi.
“Vatan” konseptining she’riy matnlardagi kognitiv tabiati yordamida inson tasavvurida an’anaviy obektiv dunyoni o‘zgartirishi va uni ko‘plab munosabatlarda idrok etishi, “Vatan” konsepti ostida tovlanayotgan, o‘ziga xos tarzda idrok etishni talab qilayotgan madaniyat jilolari inson tafakkurini boyitishi, o‘rganilayotgan tushunchaning semantik sohasini tashkil etuvchi leksemalarning chastotali qo‘llanishi orqali paremiologiya darajasida namoyon bo‘lishi, til o‘z sohibining ulkan murakkab neyron gipertarmoqlarni ta’minlashi, bu tildan foydalanishda inson bilimi dunyoning kognitiv modelida lingvistik semantik tushunchalar shaklida ifodalanishi haqidagi xulosalardan Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvida yurt va vatanga muhabbat, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tushunchalarini yoritishda foydalanilgan. Natijada vatanparvarlik bebaho qadriyat sifatida baholanishi haqidagi fikrlar, tinchlik tushunchasini ifodalovchi lingvistik birliklar tahlili bilan ushbu ko‘rsatuv mazmuni boyitilgan.