Jo‘raeva Nasibaxon Ganievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy romanlar diskursining lisoniy tadqiqi (Muhammad Ali asarlari asosida)” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/Fil5458.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shohidaxon Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti,  DSc.03/2025.27.12.Fil.07.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Farhodjon Faxriddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Toshxujaeva Shoiraxon G‘anievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad Ali asarlari misolida tarixiy romanlar diskursini leksik-semantik, morfologik, lingvomadaniy va lingvopoetik tahlil tamoyillari asosida tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad Alining tarixiy romanlari diskursi olamning badiiy lisoniy manzarasi doirasida leksik-semantik, morfologik va lingvopoetik xususiyatlari, so‘z tanlashdagi uslubiy mahorati, arxaizm va istorizmlarni qo‘llashda tarixiylik va zamonaviylik tamoyillarining uyg‘unlashuvi, individual ifodalar va ravon ifoda yo‘sini kabi o‘ziga xosliklar tizimi ochib berilgan;
tarixiy davrni ifodalovchi leksik birliklar onomastik nomlar, shaxs nomlari, harbiy, soliq tizimiga oid leksemalar kabi 12 ta ma’noviy guruhga, so‘z turkumlari nuqtayi nazaridan esa 8 ta grammatik guruhga mansubligi aniqlangan;
Muhammad Alining uslubiga xos bo‘lgan ifodalarda eskirgan leksemalar orasidagi uyadoshlik, sinonimlik, antonimlik, omonimlik, graduonimik va partonimik munosabatlarning lingvomadaniy o‘ziga xosliklari aniqlangan;
romanlarning diskursiv va lingvopoetik xosligini ta’minlovchi badiiy ifoda vositalari – metafora, metonimiya, polisemantik birliklar, vulgarizm, dialektizm, epitet, o‘xshatish, takror, oksyumoron kabi stilistik vositalar asosida yuzaga kelgan poetik imkoniyatlar hamda muallifning okkazional ifoda yaratishdagi mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad Ali asarlari asosida tarixiy romanlar diskursining lisoniy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy romanlar diskursida olamning badiiy lisoniy manzarasi tushunchasi doirasida leksik-semantik, morfologik, lingvopoetik jihatdan so‘z tanlash mahorati, arxaizm va istorizmlarni qo‘llashdagi tarixiylik va zamonaviylik tamoyillarining uyg‘unlashuvi, individual ifodalar, ravon ifoda yo‘sini kabi o‘ziga xos xususiyatlari tizimimi o‘rganishga doir xulosalaridan Andijon davlat universitetida “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari markazining 2025-yil. 22-martdagi 04-992-son ma’lumotnomasi). Natijada faol diskursda lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya ijtimoiy ta’sirga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
tarixiy romanlardagi diskursiv va lingvopoetik individual xususiyatlarni ta’minlashda nuhim hisoblangan metafora, metonimiya, sinekdoxa asosidagi polisemantik so‘zlar poetikasi, vulgarizm, dialektizm, epitet, o‘xshatish, takror, oksyumoron kabi badiiy tasvir va ifoda vositalarining til xususiyatlari va iboralarning ifoda imkoniyatlari, adibning okkazional ifodalar yaratishdagi individual mahorati, umuman, tarixiy asarlar diskursning lisoniy tadqiqi borasidagi xulosalaridan 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyiha 2025-yil. 22-martdagi 04-991-son ma’lumotnomasi). Natijada diskurs tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
romanlarning diskursiv va lingvopoetik xususiyatlarini yoritishda badiiy tasvir va ifoda vositalarining til xususiyatlari va iboralarning ifoda imkoniyatlari tahlili orqali okkazional ifodalar yaratishdagi individual mahorati, adibning “Sarbadorlar” va “Ulug‘ saltanat” romanlarining til xususiyatlari borasidagi qimmatli xulosalar va fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” nomli dasturlar senariysini (2024-2025-yillar) tayyorlash jarayonida keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil. 6-martdagi 05-09-282-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati yanada mukammalashgan, qiziqarliligi, millatimiz va xalqimizning shonli kechmishi, tilimiz tarixi bilan bog‘liqligi, hayotiyligi, ilmiy dalillarga boyligi bilan ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish