Akbarova Dono Rahmatdjonovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8954.
Ilmiy rahbar: Voxidova Norposhsha Xabibullaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi bir martalik DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Nodir Botirovich tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tibbiyot–pedagogika-sport fanlari integratsiyasiga ko‘ra jismoniy harakatlar aniqligi va koordinatsiyasini yuklamaga nisbatan fiziologik reaksiyalarni sensor-modulyasiya orqali nazorat qilishga yo‘naltirilgan didaktik maqsadlar birligi asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish metodikasi kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan “Nearpod” usulini refleksiv qo‘llashga ko‘ra fiziologik va funksional holatni tibbiy-pedagogik vaziyatlar simulyasiyasi asosida refleksiv baholash ko‘nikmasini metakognitiv darajada uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish modeli tibbiy-pedagogik nazoratning profilaktik, funksional va reabilitatsion bosqichlariga ko‘ra sensomotor faollik darajasini fiziologik va biomeanik holatni baholashning diskursiv mexanizmlari orqali refleksiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish samaradorligi jismoniy tiklanish jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarishga qaratilgan kasbiy mahorat komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra sportdagi taktik tafakkurni metakognitiv ko‘nikmalarning siklli shakllanishiga bog‘liqligini valeologik darajada baholash orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tibbiyot–pedagogika-sport fanlari integratsiyasiga ko‘ra jismoniy harakatlar aniqligi va koordinatsiyasini yuklamaga nisbatan fiziologik reaksiyalarni sensor-modulyasiya orqali nazorat qilishga yo‘naltirilgan didaktik maqsadlar birligi asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan
2024-420U-426 raqamli “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2024-yil
26-sentyabrdagi 2/3.1-son qarori). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarni o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish metodikasi kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan “Nearpod” usulini refleksiv qo‘llashga ko‘ra fiziologik va funksional holatni tibbiy-pedagogik vaziyatlar simulyasiyasi asosida refleksiv baholash ko‘nikmasini metakognitiv darajada uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan xulosa va takliflardan 2024-420U-426 raqamli “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2024-yil 26-sentyabrdagi 2/3.1-son qarori) singdirilgan. Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining va pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalashgan holda o‘qitish samaradorligiga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish modeli tibbiy-pedagogik nazoratning profilaktik, funksional va reabilitatsion bosqichlariga ko‘ra sensomotor faollik darajasini fiziologik va biomeanik holatni baholashning diskursiv mexanizmlari orqali refleksiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan 2024-420U-426 raqamli “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2024-yil 26-sentyabrdagi 2/3.1-son qarori). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlarini rivojlantirish samaradorligi jismoniy tiklanish jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarishga qaratilgan kasbiy mahorat komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra sportdagi taktik tafakkurni metakognitiv ko‘nikmalarning siklli shakllanishiga bog‘liqligini valeologik darajada baholash orqali aniqlashtirilgan xulosa va takliflardan 2024-420U-426 raqamli “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2024-yil 26 sentyabrdagi 2/3.1-son qarori). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tibbiy bilimlar rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish asosida samaradorligini aniqlashga erishilgan.