Bobokeldieva Aziza Abdusamatovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Didaktik o‘yinlar vositasida talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.3.PhD/Ped2456
Ilmiy rahbar: Norboshova Maqsuda Ochilovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxsieva Aziza Shamsitdinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jumaeva Gulnora Tursunpo‘latovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish hamda bolalarda didaktik o‘yinlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi art-usullarni didaktik maqsadalarda qo‘llashga ko‘ra axborotlarni ijodiy darajada intuitiv va refleksiv qayta ishlash orqali metakognitiv monitoringni pedagogik generativligi asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi didaktik o‘yinlar ta’sirida divergent tafakkurni shakllanishiga ko‘ra o‘quv kompetensiyalarni ijodiy diada ta’sirida akademik va strukturalangan darajada binar qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlarning transformatsion shakllari vositasida kreativlikni rivojlantirish texnologiyasi raqamli ssenariylar va simulyativ modellarning integrativ qo‘llashga ko‘ra ijodiy faoliyatni divergent tafakkur fleksibilligi orqali kognitiv algoritmni diskursiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
didaktik o‘yinlar vositasida talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasining samaradorligi metokognitiv strategiyalarning o‘zaro uyg‘unligiga ko‘ra divergent tafakkurni art-texnikalar asosida verbal intellekt bilan uyg‘un shakllanganlik darajasini novatsion generativligi orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi didaktik o‘yinlar vositasida talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi art-usullarni didaktik maqsadalarda qo‘llashga ko‘ra axborotlarni ijodiy darajada intuitiv va refleksiv qayta ishlash orqali metakognitiv monitoringni pedagogik generativligi asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda art-terapiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2023 yil 24 iyuldagi 252-MX sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 252-MX-020 raqamli nashr guvohnomasi. ISBN: 978-9943-91-56-8-8). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda maktabgacha ta’lim jarayonini zamonaviy interfaol metodlari, usullar va texnologiyalarini takomillashtirgan holda bola shaxsini tarbiyalash, rivojlantirish, kreativ qobiliyatlarini shakllantirish jarayoniga innovatsion yondashuvlarni samarali qo‘llashga erishilgan;
talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi didaktik o‘yinlar ta’sirida divergent tafakkurni shakllanishiga ko‘ra o‘quv kompetensiyalarni ijodiy diada ta’sirida akademik va strukturalangan darajada binar qo‘llash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 233-0306 raqamli nashr guvohnomasi. ISBN: 978-9943-8343-3-0). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni psixologik bilimlarini, dunyoqarashini boyitish hamda bolalar guruhlarida didaktik o‘yinlarni tashkil etish kompetensiyalarini oshirish orqali kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlarning transformatsion shakllari vositasida kreativlikni rivojlantirish texnologiyasi raqamli ssenariylar va simulyativ modellarning integrativ qo‘llashga ko‘ra ijodiy faoliyatni divergent tafakkur fleksibilligi orqali kognitiv algoritmni diskursiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “60110200-Maktabgacha ta’lim” hamda “60110300-Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi” ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 22-apreldagi 02/01-01-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni bola guruhlarida mashg‘ulotlar o‘tkazish va didaktik o‘yinlarni interfaol usullar orqali tashkil etish kompetensiyalarini oshirishda kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
didaktik o‘yinlar vositasida talabalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasining samaradorligi metokognitiv strategiyalarning o‘zaro uyg‘unligiga ko‘ra divergent tafakkurni art-texnikalar asosida verbal intellekt bilan uyg‘un shakllanganlik darajasini novatsion generativligi orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar Termiz davlat universitetida 2021-2025 yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida amaliyotga tadbiq etilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 16-sentyabrdagi 06/12-3487-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni zamonaviy ta’lim jarayonida tahliliy-tanqidiy fikrlash, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularda ijodkorlik, kreativ dunyoqarash, yangi innovatsion ilmlarni o‘ylab topishga undash, bilim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, tubdan yangilash hamda didaktik mashg‘ulotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida olib borish yangi innovatsion g‘oyalarni ta’lim-tarbiya jarayonida sinab ko‘rishga bo‘lgan intilishini oshirishga erishilgan.