Rahmatova Sevara Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Eshqobil Shukur she’riyatida takrorning konnotativ-pragmatik xususiyati” 10.00.01. – o‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Fil4326
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.12
Rasmiy opponentlar:
Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich filologiya fanlari doktori, professor
Yusubova Ra’no Norboevna filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shoir Eshqobil Shukur she’rlarida qo‘llangan takrorlar orqali poetik konnotatsiyaning ifodalanish xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Eshqobil Shukur she’rlarida takrorning konnotativ-pragmatik xususiyati fonetik sath doirasida alliteratsiya, assonans, unli va undoshlarning ikkilantirilishi orqali ifodalanib, natijada she’riy matnda ajablanish, hayrat, tahsin kabi konnotativ ma’nolar hamda intonatsion bog‘liqlik yuzaga keltirilganligi aniqlandi;
ijodkor she’rlarida konnotativ ma’no sathlar doirasida quyidagicha tasniflandi: leksik sathda sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlar, takroriy so‘zlar, morfologik sathda egalik va kelishik qo‘shimchalari takrori, egalik qo‘shimchali so‘z shaklining ko‘plik qo‘shimchasini olib takrorlashi, birlikdagi otning ko‘plik shaklida takror qo‘llanishi orqali konnotativ ma’nolar hosil qilinganligi she’riy matn orqali dalillandi;
Eshqobil Shukur she’rlarining konnotativ ma’nolarini tadqiq etish sintaktik sathda quyidagicha tasniflandi: gaplar - atov gaplar, so‘roq gaplar, gap bo‘laklari – ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, undalma va kirish so‘zlarni takror holda qo‘llash ushbu bo‘laklarni aktuallashtirishga, subektiv munosabatni kuchaytirishga hamda ta’sirchanlikni ta’minlashga xizmat qilganligi she’riy matnlar orqali asoslangan;
shoir she’rlarida gaplar, so‘z birikmasi shaklidagi misralar va undalmalar she’rning turli qismlarida aynan takrorlanib, matn bandlari o‘rtasida mantiqiy-semantik aloqani ta’minlashi va uning yaxlitligini ta’minlovchi vosita vazifasini bajarganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eshqobil Shukur she’rlarining lingvopragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Eshqobil Shukur she’rlari misolida badiiy matnlarda konnotatsiya ifodalashda takrorning ahamiyati asoslanib, fonetik birliklar takrori orqali konnotatsiyaning ifodalanishi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanildi. (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 24-martdagi 142/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitildi.
Konnotatsiyaning mohiyati, uning emotivlik va baho munosabati kategoriyalariga munosabati, tilshunoslikda konnotatsiya va takror hodisalarining o‘rganilishi, takrorning matn qismlarini bog‘lovchi va uning qismlarini yaxlitlovchi vazifasi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional soʻz yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanildi. (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 24-martdagi 143/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha materiallari ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitildi.
Tadqiqotda ilgari surilgan tilning ekspressivlik xususiyatini o‘zida namoyon etib, badiiy matnga o‘ziga xos poetik ruh beruvchi poetik konnotatsiya va uning hosil qilinishi hamda uning badiiy matn ta’sir kuchini, ohangdorligini ta’minlashdagi ahamiyati, shuningdek, takrorning konnotatsiya ifodalash bilan bir qatorda matn qismlarini bog‘lovchi, uning yaxlitligini ta’minlovchi vazifasi yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan suratga olingan “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan ( O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2025-yil 13-iyundagi 15-33/428-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ssenariysi mazmunan boyitilgan, ilmiy asoslanganligi hamda ommobopligi ta’minlangan.