Fayzimurodov Faxriddin Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda orqa miya churrasining klinik, nevrologik hamda instrumental tekshiruv ko‘rsatkichlari va optimallashtirilgan davosi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4578.
Ilmiy rahbar: Gaybiev Akmaljon Axmadjonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuxrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Raxmatova Sanobar Nizamovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bolalarda operatsiyadan oldingi va keyingi tug‘ma orqa miya churralarining asosiy klinik va instrumental belgilarini o‘rganish hamda reabilitatsion davolash va profilaktika usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinergik tarzda foliy kislotasi tanqisligi, onaning metabolik holati (semizlik, qandli diabet), yoshning 28 dan oshishi, genetik moyillik va farmakologik omillar asosida nerv naychasining embrional rivojlanishida ta’sir ko‘rsatishi tug‘ma orqa miya churrasining shakllanishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor GMFCS va PEDI natijalari bilan taqqoslanadigan chegara qiymatlarini o‘rnatish asosida funksional buzilish va reabilitatsiya xarajatlariga nisbatan yuqori prognostik qiymatni (AUC ≥0,80) ko‘rsatgan og‘irlikni baholashning integral ko‘p domenli shkalasi (8 domen, 0-4 ball) ishlab chiqilgan;
olingan ma’lumotlar asosida neyroxirurgik, ortopedik, urodinamik va nevrologik modullarni miqdoriy chegaralar va "qizil bayroqlar" tizimi bilan birlashtirgan, “rule based” ogohlantirish ko‘rinishida kasallikning elektron tarixiga kiritish imkoniyatini ta’minlaydigan “spina bifida” bilan og‘rigan bolalarni olib borishning blokli klinik-diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan;
ilk bor “tethered cord” sindromi va skoliozning rivojlanishida (ρ=0,59-0,68; p{0}15 ml, ΔP >18 mm simob ustuni, qon tomir devorining yaqqol vaskulyarizatsiyasi) raqamli neyroreabilitatsiyaning shaxsiylashtirilgan monitoringi asoratlarni erta noinvaziv skrining qilish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gastroduodenal yaralardan qon ketish residivlarini prognozlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.07.2025 y. 22/33-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: sinergik tarzda foliy kislotasi tanqisligi, onaning metabolik holati (semizlik, qandli diabet), yoshning 28 dan oshishi, genetik moyillik va farmakologik omillar asosida nerv naychasining embrional rivojlanishida ta’sir ko‘rsatishi tug‘ma orqa miya churrasining shakllanishiga olib kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 67-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.02.2025 y. 69-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma orqa miya churrasining (TOMCh) shakllanishida onalarida folat kislotasi etishmovchiligi 81,3 % holatda aniqlangan, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich atigi 31,3 % tashkil etgan. Qo‘shimcha xavf omillari sifatida onaning yoshi 28 yoshdan oshgan hollarda, semizlik mavjudligida (ikkalasi ham taxminan 50% holatda), qandli diabet kuzatilganida (nazoratga nisbatan 5 baravar ko‘p), shuningdek valproat kislotasini qabul qilgan ayollarda (xavf 3,5 baravar ortgan) TOMCh rivojlanish ehtimoli sezilarli darajada yuqori bo‘lgani aniqlandi. Oilaviy moyillik ham muhim etiologik komponent sifatida qayd etildi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma orqa miya churrasining erta yopilishini boshdan kechirgan bolalar kogortasini kompleks klinik-instrumental tekshirishlarni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 10-15 kun uchun 2564780 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 856740 so‘m sarflanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkich 4456200 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: ushbu natija foliy kislotasi etishmovchiligi, metabolik xolatlar, yoshi, farmakologik odatlar va genetik moyillik asab naychasi yopilishidagi muhim patogenetik omil ekanligini yana bir bor isbotladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor GMFCS va PEDI natijalari bilan taqqoslanadigan chegara qiymatlarini o‘rnatish asosida funksional buzilish va reabilitatsiya xarajatlariga nisbatan yuqori prognostik qiymatni (AUC ≥0,80) ko‘rsatgan og‘irlikni baholashning integral ko‘p domenli shkalasi (8 domen, 0-4 ball) ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 67-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.02.2025 y. 69-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: standart dasturga nisbatan GMFCS, WPPSI, PEDI va PedsQL ko‘rsatkichlarini yaxshilashda sezilarli ustunlik ko‘rsatildi (Xedjes samarasi 0,80-1,15). Iqtisodiy samaradorligi: funksional buzilish va reabilitatsiya davrida bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1546500 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: nuqsonning erta plastikasidan so‘ng GMFCS IV–V og‘ir motor darajalarining ulushi 50,1% dan 38,6% gacha kamaydi (χ2 = 17,08; p = 0,002), MAS bo‘yicha o‘rtacha spastiklik esa 0,69 ballga pasaydi (p< 0,001). Nuqsonning erta plastikasidan so‘ng GMFCS IV–V og‘ir motor darajalarining ulushi 50,1% dan 38,6% gacha kamaydi (χ2 = 17,08; p = 0,002), MAS bo‘yicha o‘rtacha spastiklik esa 0,69 ballga pasaydi (p< 0,001). Funksional mustaqillik oshdi: WeeFIM +15,5 foiz punktiga; PEDI-CAT (harakatchanlik) +13,9 logit-ballga (ikkalasi ham p< 0,001). Neyrosonografiya gidrotsefaliya regressiyasini ko‘rsatdi (Evans indeksi -0,04; p< 0,001), biroq 39,6% bolalarda shuntlash tizimiga bog‘liqlik saqlanib qoldi.
uchinchi ilmiy yangilik: olingan ma’lumotlar asosida neyroxirurgik, ortopedik, urodinamik va nevrologik modullarni miqdoriy chegaralar va "qizil bayroqlar" tizimi bilan birlashtirgan, “rule based” ogohlantirish ko‘rinishida kasallikning elektron tarixiga kiritish imkoniyatini ta’minlaydigan “spina bifida” bilan og‘rigan bolalarni olib borishning blokli klinik-diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 67-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.02.2025 y. 69-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: "Reabilitatsiya salohiyati" (RS) deb nomlangan yangi indeks joriy etildi. Bu 9 omilli 0-100% shkaladan iborat bo‘lib, reabilitatsiya tadbirlarining hajmi va davomiyligini bashorat qilish hamda turli mutaxassislar ma’lumotlarini bemorning yagona raqamli xaritasiga birlashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nevrologik modullarni miqdoriy chegaralar va "qizil bayroqlar" tizimi bilan birlashtirgan, “rule based” ogohlantirish ko‘rinishida kasallikning elektron tarixiga kiritish imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 256400 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3856400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: xaltacha ichi bosimi (ΔP) va xaltacha hajmi MR-patologiyaning og‘irlik darajasi bilan kuchli bog‘liqlikni ko‘rsatadi: ΔP ↔ tethered cord ρ = 0,68; hajm ↔ syringomyelia ρ = 0,58; ↔ skolioz ρ = 0,59 (p< 0,01). Xalta turi - asosiy integral prediktor hisoblanadi: mielomeningotsele holatida asoratlarning umumiy MR-balli 3,7 ± 1,1 ni tashkil etadi (shakllar orasida eng yuqori), bu esa kuchaytirilgan dinamik MR-nazoratni talab qiladi. Ishlab chiqilgan 5 parametrli UZ-skrining (hajm + ΔP + vaskulyarizatsiya + devor qalinligi + parenxima mavjudligi) klinik belgilar paydo bo‘lishidan oldin profilaktik detetiring ko‘rsatilgan bolalarni oldindan aniqlash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor “tethered cord” sindromi va skoliozning rivojlanishida (ρ=0,59-0,68; p{0}15 ml, ΔP >18 mm simob ustuni, qon tomir devorining yaqqol vaskulyarizatsiyasi) raqamli neyroreabilitatsiyaning kompleks iqtisodiy baholash maqsadida shaxsiylashtirilgan monitoring va asoratlarni erta skrining qilish uchun noinvaziv va iqtisodiy jihatdan ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2025 y. 67-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.02.2025 y. 69-I/CH-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Usulni keng qo‘llash imkoniyati ko‘rsatildi: BOS-terapiya protokoli mavjud davolash jismoniy tarbiyasi zallari uchun moslashtirildi; xodimlarni o‘qitish 24 soatdan oshmaydi; bir mutaxassis bir vaqtning o‘zida ikki nafargacha bolani nazorat qila oladi. Bu esa texnologiyani mintaqaviy darajada amaliy joriy etish va kengaytirishni asoslaydi. Iqtisodiy samaradorligi: raqamli neyroreabilitatsiyaning kompleks iqtisodiy baholash maqsadida shaxsiylashtirilgan monitoring asossida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 11456800 so‘mni (1 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: 4-7 yoshli guruhda kinematik BOS-terapiya + RP algoritmi qo‘llanilganda GMFCS ko‘rsatkichi 0,7 punktga, WPPSI 10,5 punktga, PEDI 20,4 punktga oshdi. Nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 5,4 punktni tashkil etdi (barcha holatlarda p< 0,001). Shuningdek, CBCL ko‘rsatkichi 15,3 punktga pasaydi.