Aripova Nigora Baxadirxodjaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda etishtiriladigan Ginkgo biloba (Ginkgo biloba L.) o‘simligini farmakognostik o‘rganish hamda uning asosidagi dori vositalarini standartlash», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Far33.
Ilmiy maslahatchi: Komilov Xojiasror Ma’sudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.25.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullabekova Viloyatxon Nurillabekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Botirov Erkin Xojiakbarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tashpulatova Aziza Dilshodovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida introduksiya shartlari asosida etishtirilgan Ginkgo biloba L. dorivor o‘simligini farmakognostik aniqlash, uning asosida nootrop dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni olish hamda standartlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasi florasida introduksiya shartlari asosida o‘stirilayotgan Ginkgo biloba L. dorivor o‘simligini tarkibidagi asosiy biologik faol moddalari va ularning miqdorlari aniqlangan;
introduksiya shartlari asosida o‘stirilgan Ginkgo biloba L. o‘simligini yadro magnit-rezonans spektroskopiyasi yordamida terpenlakton (ginkgolid S) va flavonoidlar (bilobetin, ginketin, izoginketin, apigenin, lyuteolin) ajratib olingan. 
Ginkgo biloba L. quruq ekstrakti tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalari – flavonoidlar, terpenlaktonlar va polisaxaridlar, oshlovchi moddalar, aminokislotalar, element tarkiblari aniqlangan;
ilk bor nootrop va tinchlantiruvchi ta’sirga ega, import o‘rnini bosuvchi, mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyolari asosida «Ginkgo-unos», «Ginkgo-tetra» mono va murakkab kapsulalarini mo‘’tadil tarkibi hamda olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Ginkgo-unos» va «Ginkgo-tetra» dori vositalarini asosiy ta’sir etuvchi moddalarining kimyoviy tarkibi aniqlanib, miqdoriy tahlil usullari asosida standartlangan;
«Ginkgo-tetra» kapsulalarining sifatini nazorat qilish, standartlash uchun validatsiya me’yorlari ishlab chiqilgan, saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddatlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda etishtiriladigan ginkgo biloba (Ginkgo biloba L.) o‘simligini farmakognostik aniqlash hamda uning asosidagi dori vositalarini standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda etishtirilgan «Ginkgo biloba L. barglariga O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika maxsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi tomonidan korxona farmakopeya maqolasi tasdiqlangan (KFM 42 Uz-5462-2024). Natijada, nootrop ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarini yaratish imkonini bergan;
Ginkgo biloba L. dorivor o‘simligi asosida olingan quruq ekstrakt farmatsevtik substansiyasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika maxsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-5463-2024). Natijada, tibbiyotda nootrop ta’sirga ega dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalari ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
«Lesitin-Ginkgo» biologik faol qo‘shimcha uchun texnik shartlar (Ts 27265399-50:2023) va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zR SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 27265399-02:2023). Natijada, maxalliy farmatsevtika sanoati uchun Ginkgo biloba L. quruq ekstrakti asosida «Lesitin-ginkgo» kapsulalari ishlab chiqilgan;
o‘tkazilgan toksikologik sinovlar natijasida «Lesitin-ginkgo» biologik faol qo‘shimchaning zaharli emasligi hamda samaradorligi (O‘zR Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining 2023 yil 16 avgustdagi xulosalari) isbotlanib, ular ishlab chiqarilishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi SSVning  001865-son ruxsatnomalari). Natijada, miya faoliyatini yaxshilaydigan xavfsiz biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish