Salimova Nafisa Chori qizining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja  beriladigan fan tarmog‘i): “Safro-Gep quruq ekstraktining farmakologik xususiyatini o‘rganish”, 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Far129.
Ilmiy rahbar: Sultanova Ra’no Xakimovna, farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.25.01.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Munira Juraqulovna, biologiya fanlari doktori, professor; Saydalieva Feruza Avazxanovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: "Farmasevtika maxsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qushqo‘nmas mevasi (fructus silybi mariani), makkajo‘xori popugi (Zeae maydis styli cum stigmatis) va qalampir yalpiz barglari (folia Menthae piperitae) asosida olingan Safro-Gep quruq ekstraktining gepatoprotektor xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Safro-Gep quruq ekstraktining tetraxlormetanli va paratsetamolli o‘tkir toksik gepatit modellaridagi farmakologik ta’siri Legalon («Legalon» kapsulalari 140 mg, «MEDA Pharma GmbH & Co.KG» Germaniyada ishlab chiqarilgan «Madaus GmbH») bilan solishtirilgan holda samarali ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
quruq ekstraktining tetraxlormetanli va etanolli o‘rta muddatli toksik gepatit modelida samaradorligi aniqlanib, tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan Legalon preparatidan kam emasligi asoslangan;
qushqo‘nmas mevasi (fructus silybi mariani), makkajo‘xori popugi (Zeae maydis styli cum stigmatis) va qalampir yalpiz barglari (folia Menthae piperitae) asosida olingan Safro-Gep quruq ekstraktining o‘t haydovchi ta’siri aniqlangan;
quruq ekstraktining bezararligi-o‘tkir zaharliligi, allergiyaga qarshi, mahalliy qitiqlovchi ta’siri va surunkali zaharliligi aniqlanib, terapevtik dozalarda organizmning muhim hayotiy a’zolariga bezarar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Safro-Gep quruq ekstraktining farmakologik xususiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gepatoprotektiv va xoleretik ta’sirga ega qattiq dori shaklidagi vosita»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeli patenti olingan (№FAP 02150, 2022-yil 2-mart). Natijada, qushqo‘nmas mevalari, makkajo‘xori popugi va qalampir yalpiz barglaridan olingan quruq ekstraktlar aralashmasi asosida jigar faoliyatini rag‘batlantiruvchi kapsula olish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida qushqo‘nmas mevalari, makkajo‘xori popugi va qalampiryalpiz barglaridan olingan quruq ekstraktlar fitokombinatsiyasining spesifik farmakologik faolligi hamda bezararligi isbotlangan va yakunlovchi hisobot olingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 15-oktyabrdagi 8n-3/280-son xati asosida «MED STANDART» MChJ IM da 2023 yil 23  fevralda tasdiqlangan). Natijada, yuqori samaradorlikka ega ishonchli gepatoprotektor va safro haydovchi faollikka ega bezarar vositalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Safro-Gep quruq ekstraktining surunkali zaharliligini o‘rganish va uning gistomorfologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Farmakologiya va fiziologiya kafedrasi (2025-yil 05-iyun, 344-sonli buyrug‘i asosida) hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Farmakologiya va toksikologiya bo‘limiga (2025-yil 11-iyul, 541-sonli buyrug‘i asosida) tatbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 8n-r/692-sonli xulosasi). Natijada, samarali va bezarar gepatoprotektor ta’sirga ega vosita sifatida jigarning turli toksik gepatit turlarida tashxislash va davolash  tizimini takomillashtirish va gepatoprotektor vositalarining arsenalini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish