Maksudov Olimjon Rixsiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Etilasetat ishlab chiqarish reaksion-rektifikatsiya kolonnasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5255.
Ilmiy rahbar: Zaripov Oripjon Olimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridag DSc.03/2025.27.12.T.42.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor; Isomidinov Azizjon Salomidinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: matematik modellashtirish va optimallashtirish yo‘li bilan reaksion-rektifikatsiyalash usulidan foydalanib etilasetat mahsulotini ajratib olish jarayonini takomillashtirish va samaradorligi yuqori bo‘lgan sodda texnologik tizimlarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud jarayon konstruksiyasining tahlillari asosida etilasetat sintezi uchun ikkita kolonnali soddalashtirilgan jarayonning eksperimental-statistik modeli asoslangan va ratsional qiymatlari isbotlangan;
reaksion-rektifikatsiyalash kolonnasida mahsulot hosil bo‘lishi dinamikasi va eterifikatsiya jarayoni rejimi maqbullashtirilib, kirish xom-ashyolarii uchun samarali molyar nisbatlar miqdori asoslangan;
ko‘p pog‘onali usuldan foydalanib, reaksion distillyasiya jarayoni va qurilmasi aniqlanib, matematik model yordamida reaskiya zonasida kechayotgan va tarelkalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan apparatdagi jarayon ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
reaksion-rektifikatsiyalash kolonnasi tarelkalari konstruksiyasi va joylashtirish usulini mahsulotning harakat yo‘nalishi va suyuqliklarning bug‘lanishi aerodinamikasiga ta’siri asoslangan;
reaksiya zonasi bosqichlari va kirish tarelkalari joylashuvini tanlashni optimallashtirish orqali reaksiya konversiyasini oshirish imkoniyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xomashyoni berish va issiqlik -massa almashinish parametrlari yaxshilangan reaksion rektifikatsiyaga asoslangan etilasetat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
reaksion-rektifikatsion jarayon bo‘yicha etilasetat ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘onaazot» AJning «2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘onaazot» AJning 2025 yil 06 martidagi 10/555-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya sarqini 7 % ga kamaytishi, etilasetat hosil bo‘lish unumini 96,5 % gacha oshirish imkonini beradi;
rektifikatsiyalash va qayta tiklash kolonnasidan iborat kombinatsiyalashgan etilasetat ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘onaazot» AJning «2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘onaazot» AJning 2025 yil 06 martidagi 10/555-son ma’lumotnomasi). Natijada, etilasetat ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirish orqali etilasetat tozaligini 99,0 % gacha oshirish, mahsulot tan narxini 12 % gacha kamaytirish imkonini beradi.