Raxmonova Gulxayoxon Avazbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Onkogematologik kasalliklarni davolashda tizimli farmatsevtik yordamni modellashtirish», 15.00.03 - Farmatsevtika ishini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Far104.
Ilmiy rahbar: Umarova Shaxnoz Ziyatovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Xilola Gayratovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Zaynutdinov Xikmatilla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi onkogematologik kasalliklarda qo‘llaniladigan dori vositalarni marketing va farmakoiqtisodiy tahlillari asosida ehtiyojni prognoz qilish va tizimli farmatsevtik yordam modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onkogematologik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga farmatsevtik yordamni maqbullashtirish bo‘yicha model` va ushbu modelni amalga oshirishni tashkiliy-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilgan;
ilk bor surunkali mieloleykoz kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining klinik va iqtisodiy samaradorligi tizimli va meta-tahlil usullari asosida aniqlangan;
farmakoiqtisodiy modellashtirish asosida surunkali mieloleykoz kasalligini davolashda qo‘llaniladigan target terapiya (imatinib) dori vositasining iqtisodiy samaradorligi interferon al`fa dori vositasining iqtisodiy samaradorligiga nisbatan ustun ekanligi aniqlangan va imatinib dori vositasini asosiy dori vositalari ro‘yxatiga qo‘shish zarurati asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida onkogematologik kasalliklarini kasallanish darajasi prognoz qilingan va ushbu kasalliklarda qo‘llaniladigan target dori vositalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Onkogematologik kasalliklarni davolashda tizimli farmatsevtik yordamni modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali mieloleykoz kasalligida qo‘llaniladigan dori vositalarning iqtisodiy samaradorligini baxolash» uslubiy tavsiyanomasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 noyabrdagi 28-sonli xulosasi) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 y. 30 iyundagi 8-d va 7-d-sonli buyruqlar) va Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan shaxar 1-shifoxonasiga joriy qilingan(2025 y. 5 iyuldagi 88 va 89-sonli buyruqlar). Natijada, surunkali mieloleykoz kasalligida qo‘llaniladigan dori vositalarining iqtisodiy tadqiqotini amalga oshirish va shu asosida iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
«Onkogematologiya amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalarini ehtiyojini aniqlash» uslubiy tavsiyanomasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 noyabrdagi 28-sonli xulosasi). Natijada, onkogematologik kasalliklarni tarqalishini oldindan prognoz qilish va shu asosida dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash imkonini bergan.