Shin Lyudmila Yur’evnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning geodinamik aktiv hududlari er osti suvlarida karbonat angidrid gazidagi anomal namoyon bo‘lishini FVV faoliyatiga tadbiq etish”, 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi, 21.02.24 - Fuqarolar himoyasi. Favqulodda holatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish vositalari va usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6316.
Ilmiy rahbarlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor;  Jo‘raev Sobir Mirzaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash (IK) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi huzuridagi DSc.31/2025.27.12.GM.05.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibragimov Aziz Sabirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sabirov Erkaboy Erkinbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: “O‘zbekgidrogeologiya” Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning geodinamik faol hududlarida er osti suvlarida karbonat angidrid gazi shakllanishining xususiyatlarini aniqlash, kuchli zilzilalarni o‘rta muddatli bashoratlash usulini ishlab chiqish hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning seysmik faol hududlarida paleozoy, yura, bo‘r, paleogen,  neogen va to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida karbonat angidrid (CO2) gazining hajmiy miqdor konsentrasiyalari yuqori bo‘lgan suvli qatlamlar aniqlangan;
kuzatuv punktlarida er osti suvlari tarkibida erigan karbonat angidrid (CO2) gazining hajmiy miqdori o'zgarishiga ta'sir etuvchi asosiy tabiiy omillar aniqlangan;
karbonat angidrid gazi (CO2) ning anomal variatsiyalari holatlarning 72 % ida seysmik hodisalardan oldin namoyon bo‘lishi aniqlangan, q > 0,5 qiymatida karbonat angidrid gazi (CO2) zilzilalar uchun informativ darakchi ekanligi asoslangan;
kuchli zilzilalarni o‘rta muddatli bashoratlash uchun qo‘llaniladigan regression korrelyasion tahlil asosida M = 1,17lgR + 3,5 o‘zaro bog‘liqli ifoda olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning geodinamik faol hududlari er osti suvlarida karbonat angidrid gazidagi anomal namoyon bo‘lishining ilmiy natijalari asosida:
paleozoy, yura, bo‘r, paleogen, neogen va to‘rtlamchi davr yotqiziqlarining suvli suvli qatlamlarida aniqlangan erigan karbonat angidrid (CO2) gazini tadqiq qilish natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazining ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi FV boshqarmasining 27.12.2023 yildagi 2/1/29-3820-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlarida karbonat angidrid gazi (CO₂) anomaliyalarini uning fon qiymatlaridan farqlash imkonini bergan;
karbonat angidrid gazi (CO2) ning zilzilaning foydali darakchisi sifatida aniqlangan informativlik ko‘rsatkichi (q > 0,5) hamda M = 1,17lgR + 3,5 bog‘liqligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Bosh boshqarmasining 27.12.2024 yildagi 04/1260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuchli zilzilalarni o‘rta muddatli bashoratlashda karbonat angidrid gazidan darakchi sifatida foydalanishni asoslash imkonini berdi;
O‘zbekistonning geodinamik faol hududlarida er osti suvlarining chuqur gorizontlarida karbonat angidrid gazi miqdorining anomal namoyon bo‘lishlari bo‘yicha yaratilgan ilmiy-uslubiy ma’lumotlar bazasi hamda O‘zbekistonning seysmik hududlaridagi suv punktlarida karbonat angidrid gazi (CO2) miqdorining taqsimlanish sxematik xaritasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazining ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi FV boshqarmasining 27.12.2023 yildagi 2/1/29-3820-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geodinamik jarayonlarni bashoratlash va hududlarning seysmik xavfliligini baholash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish