Jumabaeva Gulnara Usmanbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tog‘ daryolari muallaq oqiziqlarining genetik tahlili va ularni hisoblash usullarini takomillashtirish”, 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.4.PhD/Gr418. 
Ilmiy rahbar: Xikmatov Fazliddin, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Xojamuratova Roza Tajimuratovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi tog‘ daryolari muallaq oqiziqlari oqimini genezisi bo‘yicha tahlil qilish usulini, korrelyasion bog‘lanishlarni ob’ektiv tenglashtirish va normallashtirish usullarini qo‘llash asosida, takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryolar o‘rtacha yillik, mavsumiy va oylik muallaq oqiziqlari sarflari (R, kg/s)ning me’yoriy va ekstremal (maks., min.) ko‘rsatkichlari baholangan; 
daryolar muallaq oqiziqlari oqimi (WRG, 106 t; WRV, 106 m3)ni miqdoriy baholash usullari, ularning iqlimiy omillar bilan ko‘p hadli bog‘lanishlari tenglamalari asosida, takomillashtirilgan;
daryolar muallaq oqiziqlari oqimini genezisi bo‘yicha tahlil qilishning, ob’ektiv tenglashtirish va normallashtirish usullarini qo‘llashga asoslangan, yangi varianti ishlab chiqilgan;
daryolar suvi loyqaligining ular havzalarining o‘rtacha balandliklariga bog‘liq holda miqdoriy o‘zgarishlari baholangan va daryolar suvi loyqaligining raqamli xaritasi tuzilgan;
daryolar havzalarining turli balandlik zonalari yuzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishining miqdoriy ko‘rsatkichlari (MR, t/km2 yil; hR, mm; he, m/yil) aniqlangan va ularning raqamli xaritalari GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘ daryolari muallaq oqiziqlarining genezisi bo‘yicha tahlili va ularni hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
daryolar yillik, mavsumiy va oylik muallaq oqiziqlari sarflari (R, kg/s)ning me’yoriy va ekstremal (maksimal, minimal) qiymatlarini aniqlashtirilgan natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv inshootlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 7 fevraldagi 02/19-544-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv inshootlarini loyihalash ishlari aniqligini oshirish va ularni samarali ekspluatatsiya qilishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan; 
daryolar muallaq oqiziqlarini miqdoriy baholashning, ularning iqlimiy omillar bilan ko‘phadli bog‘lanishlari asosida, takomillashtirilgan usullari O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishi jadalligini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 7 fevraldagi 02/19-544-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlari kosalarining daryolarning loyqa oqiziqlari bilan to‘lib borish jadalligini tezkor va yanada aniq baholash  imkoniyatlari yaratilgan;
daryolar muallaq oqiziqlarini genezisi bo‘yicha tahlil qilishning korreliyasion bog‘lanishlarning ob’ektiv tenglashtirish va normallashtirish usullarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan, yangi variantidan «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi (DIIChK)da “O‘zbekiston milliy atlasi” ning “Er usti suvlari” bo‘limi mavzuli raqamli xaritalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 martdagi 08-02385-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlarini loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishi jadalligini baholash aniqligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
daryolar suvi loyqaligining ular havzalarining o‘rtacha balandliklariga bog‘liq holda o‘zgarishlarini baholash natijalaridan «Kartografiya» DIIChKda “O‘zbekiston milliy atlasi”ning “Daryolar suvining loyqaligi. M 1:5000000” raqamli xaritasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 martdagi 08-02385-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi tog‘ daryolari suvi sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri - loyqalikni tezkor aniqlash imkoniyati yaratilgan;
daryolar havzalari yuzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalaridan «Kartografiya» DIIChKda “O‘zbekiston milliy atlasi”ning «Daryolar havzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishi: Chirchiq daryosi havzasi. M 1:950000; Ohangaron daryosi havzasi. M 1:550000; Surxondaryo va Sherobod daryolari havzalari. M 1:1000000” raqamli xaritalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 martdagi 08-02385-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish va ularni ekspluatatsiya qilish ishlari samaradorligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish